Quruq ko‘z sindromi nima? Uning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

Quruq keratokonyuktivit – “quruq ko‘z sindromi” yoki quruq keratit deb ham nomlanuvchi ko‘z kasalligi bo‘lib, bunda yosh bezlarining funksiyasi pasayishi yoki yoshning tez bug‘lanib ketishi hisobiga ko‘zning qurib qolishidir. Quruq ko‘z sindromi (QKS) aholining 5-6 % qismida uchraydi, ayniqsa menopauzadan keyingi yoshdagi ayollar ko‘proq kasallanadilar.

Quruq ko‘z sindromi belgilari

Quruq ko‘z sindromining tipik simptomiga ko‘zlarning qurib qolishi, achishishi va ko‘zlarda “qum zarralari turgani” kabi noqulaylik sezish kiradi. Belgilarni yana ko‘z qichishishi, tirnalgandagi his va charchaganda kelib chiqadigan ko‘z bilan bog‘liq holatlar kabi deb ta’riflasa ham bo‘ladi. Qo‘shimcha belgilar sifatida og‘riq, qizarish, ko‘zda bosim oshishini ham kiritish mumkin. Odatda ikkala ko‘z ham zararlanadi. Ko‘zda quyuq ajralmalar ajralib to‘planib qolish ham kuzatiladi. Bunga sabab ko‘zning o‘ta qo‘zg‘aluvchanligidir. Noodatiy ko‘rinsada quruq ko‘z sindromida hatto yosh ajralib chiqishi ortib ketishi ham mumkin. Ba’zida ko‘zga yot jismlar tushib qolsa, yosh bezlari kuchli ishlab yosh ajralib chiqishi ko‘payadi, lekin bunday yoshning tarkibida oddiy suv ko‘proq bo‘ladi. Quruq ko‘z sindromida ajralayotgan yoshning tarkibi emotsional holatlarda ajraladigan yoshdan farq qiladi.

Quruq ko‘z sindromi

Ko‘zni yumib ochganda ko‘z olmasi yosh bilan ho‘llanib turiladi, ko‘zni ochib yumishlar soni kamayganda ko‘zning ho‘llanishi buziladi. Bunday holatlar ko‘p kitob o‘qiganda, kompyuter qarshisida uzoq muddat o‘tirganda, uzoq muddat avtomobil boshqarganda yoki televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tirganda kuzatiladi. Belgilar changli, shamolli va tutunli (tamaki mahsulotlari tutunlari ko‘p xonada, baland joylarda, samolyotda), konditsioner ostida ko‘p vaqt o‘tirganda kuchayib ketadi. Belgilar sovuq havoda, yomg‘irli va tumanli vaqtda kamayadi.

Ko‘pchilik quruq ko‘z sindromiga duchor bo‘lgan insonlar ko‘zlarida qo‘zg‘aluvchanlik hissini sezishadi, lekin bunday holat tez o‘tib ketadi. Biroq, kasallik davolanmasa og‘ir ko‘rinishlariga o‘tib ketadi va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi yoki ba’zida umuman yo‘qolishi. Ko‘pchilik quruq ko‘z sindromini simptomatik kasallik deb bilishadi. Tibbiyot sohasida esa quruq ko‘z sindromidan MakMonni va Xoning quruq ko‘z sindromini aniqlash maqsadida foydalaniladilar.

Patofiziologiya

Quruq ko‘z sindromi davom etaversa ko‘z olmasida mayda yoriqchalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zi og‘ir holatlarda shox pardaning qalinlashganligi, uning eroziyasi, keratopatiya, shox pardaning qon bilan ta’minlanishi buziladi, uning biriktiruvchi to‘qima bilan zararlanishi va hatto uning perforatsiyasigacha olib kelishi mumkin.

Quruq ko‘z sindromi​ sabablari

Quruq ko‘z sindromiga olib keluvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Odatda quruq keratokonyuktivitga olib keluvchi omil yosh ishlab chiqarilishining buzilishi yoki yoshning bug‘lanib ketishidir. Yosh ishlab chiqarilishining kamayishi ko‘pincha keksa odamlarda (60 yoshdan oshganlarda) uchraydi, ayniqsa menopauza, klimaks yoshidan keyin ayollarda gormonlar nisbati o‘zgarishi hisobiga yosh bezlar ishida ham kamchiliklar kelib chiqadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ko‘zni lazerli operatsiya qilishning qanday shartlari bor?

Ko‘​z yoshning bug‘lanib ketishiga sabab ko‘zni yumib ochish funksiyasi pasayishidir, bunda ko‘z yosh bilan ho‘llanishga ulgura olmay qoladi.

Quruq ko‘z sindromi davosi

Bundan tashqari idiopatik va tug‘ma alakrimiya (ko‘z yoshining bo‘lmasligi), kseroftalmiya, yosh bezi innervatsiyasi buzilishi kabi holatlar ham quruq ko‘z sindromiga olib keladi. Kam hollarda revmatoid artrit, Vegener granulematozi, sistemali qizil yugurik, Shegren sindromi va autoimmun kasalliklar asoratida ham yosh ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin.

Ayrim turdagi dori preparatlari, jumladan sedative vositalar, izotretionin, diuretiklar, antidepressantlar, qon bosimini tushiruvchi vositalar, burunga tomiziladigan tomchilar va spreylar, beta-adrenoblokatorlar, fenotiazin, atropin va og‘riqsizlantiruvchi narkotik preparatlar (morfin, opiylar) ham ko‘z qurib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘zning o‘sma kasalligi yoki yosh bezlari sarkoidozi, postradiatsion fibroz kasalliklarida yosh bezi ishlab chiqarish funksiyasi pasayganligini sezish mumkin.

Oxirgi yillarda shifokorlar sog‘lom odam ko‘z yoshi va quruq ko‘z sindromiga duchor bo‘lgan insonlarning ko‘z yoshlari tarkibini o‘rganishmoqda. Qayd etilishicha quruq ko‘z sindromida ko‘z yoshi suyuqligining 1000 dan ortiq turdagi oqsillari ichidan lakritin oqsili yetishmaydi yoki ko‘p miqdorda bo‘ladi. Lakritin oqsili quyonlarda o‘tkazilgan tajribada ko‘z yoshi ajralishiga javobgar bo‘lgan oqsil ekanligi aniqlangan.

Qo‘shimcha sabablar

  • Kontakt linzalaridan foydalanadigan insonlarning yarmidan ko‘pi quruq ko‘z sindromiga shikoyat qilishadi;
  • Keksalik davri ham yosh bezlari ishi pasayishiga olib keladi;
  • Termik va kimyoviy kuyishlar yoki epidemik adenovirus holatlari;
  • Izlanishlar ta’kidlashicha, xavf guruhiga qandli diabet bilan kasallanganlar kiradi.

Kontakt linzadan foydalanuvchilarda quruq ko‘z sindromi kelib chiqishini ikki xil holat bilan bog‘lasa bo‘ladi: ko‘z shox pardasi ustida “suzib” yuruvchi yumshoq linzalar ishlab chiqarilgan ko‘z yoshlarini o‘ziga absorbsiya (so‘rib olish) qilib olishi. Oxirgi ilmiy izlanishlar ko‘rsatishicha linzalar shox pardaning nerv sezgirligini pasayishiga olib keladi va buning natijasida yosh ishlab chiqarilishi buziladi. Har qanday turdagi linzalar, ayniqsa qattiq kontakt linzalar nerv oxirlarida sezgi pasayishiga sabab bo‘ladi.

Quruq ko‘z sindromi lazerli keratomilez va boshqa refraktor jarrohlik amaliyotlaridan keyin ham bir necha oy, ba’zida bir umrga qolib ketadigan ko‘zning qurib qolishiga sabab bo‘ladi. bunda shox pardadagi nerv oxirlari zararlanadi va yosh ajralish funksiyasi pasayadi.

Ko‘z jarohatlari yoki ko‘z va qovoqlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolar, jumladan ekzoftalm, yuqori qovoq ptozi kabilar ham quruq keratokonyuktivitga olib kelishi mumkin. bunda qovoqlar kasalliklarida, qovoqlarning ochilib yopilishi buziladi va ko‘z ho‘llanishi kamayadi.

Blefarit va rozatseya natijasida kelib chiqqan ko‘z yoshining lipid qavati anomaliyalari va ko‘z yoshining mutsin qavati anomaliyalari (A vitamin yetishmasligi, traxoma, difteriyali keratokonyuktivit), teri, shilliq qavatning boshqa kasalliklari ham quruq ko‘z sindromi rivojlanishida rol o‘ynaydi.

Quruq ko‘z sindromi​ diagnostikasi

Ko‘zni maxsus lampa yordamida ko‘zdan kechirish.

Quruq ko‘z sindromini odatda simptomlar orqali aniqlab olsa bo‘ladi. Tekshiruvlar ko‘z yoshi miqdorini va tarkibini aniqlashda yordam beradi. Ko‘zning qurib qolishi va har qanday jarohatlarini aniqlashda maxsus lampadan foydalaniladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Uveit - sabablari, belgilari, davolash va profilaktikasi

Shirmer sinamasi yordamida ko‘zni yuvib turuvchi suyuqlik hajmini aniqlab olish mumkin. Bu sinama kasallikning og‘irlik darajasini aniqlashda qo‘l keladi. Bunda 5 daqiqalik tekshiruv o‘tkaziladi (anesteziya bilan yoki anesteziyasiz), filtrlovchi qog‘ozdan foydalaniladi. Ushbu qog‘ozning qalinligi (Vatman № 41) 5 mm va uzunligi 35 mm bo‘ladi. 5 mm dan kam ko‘rsatkichdagi namlanish quruq ko‘z sindromidan dalolat beradi.

Shrimer sinamasi yordamida namlik hajmi aтiqlashning imkoni bo‘lmasa, Shrimer II sinamasi o‘tkaziladi. Bunda burun teshiklari orqali ko‘z yoshi bezi qo‘zg‘atilib, filtrli qog‘oz (Vatman № 41) yordamida yosh ajralib chiqish darajasi o‘rganiladi. Bu sinama uchun 15 mm dan kam namlik quruq ko‘z sindromidan darak beradi.

Ko‘z yoshi tarkibidagi lizotsim oqsili o‘rganiladi. Ushbu oqsil ko‘z yoshi tarkibida, umumiy oqsillarning 20-40 % ini tashkil etishi kerak.

Ko‘z yoshi tarkibida Ap4A molekulasining bo‘lmasligi, ko‘z qurib qolishining turli darajalarida aniqlanadi. Ushbu molekulani bioximik tekshiruvlar natijasida aniqlab olsa bo‘ladi, buning uchun Shrimer usuli bilan ko‘z yoshidan 1-2 tomchi olish kifoya. Ap4A molekulasining ko‘z yoshidagi konsentratsiyasi tekshiriladi va quruq ko‘z sindromi darajasi belgilanadi.

Quruq ko‘z sindromi​ davosi

Quruq ko‘z sindromini davolashda bir qator usullardan foydalansa bo‘ladi. Ularni quyidagicha ta’riflasa bo‘ladi: qo‘zg‘atuvchi faktorni cheklash, ko‘z yoshi ajralib chiqishini stimullash, ko‘zda yosh ushlanib turishini yaxshilash, ya’ni namlikni saqlab turish, qovoqlarni tozalash, ko‘z yallig‘lanish kasalliklarini bartaraf etish.

Ko‘zning qurishi changda, dim havoda va konditsioner havosi ta’sirida kuchayishi mumkin. Bundan tashqari kompyuter qarshisida uzoq muddat o‘tirganda, kitob o‘qiganda, ko‘zlar charchaganda ham ko‘z qurib qoladi. Ushbu holatlarda ko‘zlarni yumib ochishni ko‘paytirish, ko‘zning namlanishini ta’minlab berish zarur.

Noqulay sharoitdan qochish. Changli, quruq va tutunli havoda uzoq vaqt turmaslik, masalan fendan foydalanganda, turli xil isituvchi pechlar qarshisida bo‘lganda, ventilyatorlar shamoli ta’sirida, ayniqsa ular ko‘z tomonga qaratilgan bo‘lsa, ulardan qochish zarur. Issiq va quruq ob havo sharoitida ko‘z oynaklar taqish, kompyuterdan foydalanganda monitorni pastroqqa qaratib qo‘yish, qish mavsumida isitgich pechlardan foydalanganda xona namligi kamaymasligi uchun biror bir idishga suv solib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Suv balansini tiklash. Yengil va og‘ir ko‘z qurishlarida qo‘shimcha ko‘zni namlash muolajalari katta ahamiyat kasb etadi.

ko‘z qurub qolishi

Sun’iy ko‘z yoshidan foydalanish. Autologik zardobdan ko‘zga tomizish maqsadida foydalanish. Autologik zardob tarkibida A vitamin, epidermal o‘sish omili, fibronektin, gepatotsitlarni o‘stiruvchi omillarni saqlaydi, ularning barchasi ko‘zning normal holatini saqlab turish uchun muhim ahamiyat kasb etadi;

Qo‘shimcha muolajalar

Namlovchi mazlardan kun davomida foydalansa ham bo‘ladi, lekin ularning ko‘ruv o‘tkirligiga salbiy ta’siri tufayli uyqudan oldni qo‘llagan yaxshiroq. Bunday mazlar tarkibida oq vazelin, mineral moylar bo‘ladi. uni qo‘llash uchun qovoqlarni pastga tushirgan holda, oz miqdorda (0,25 dyum) ko‘z ichiga surtish kerak, mazlardan foydalanishdan oldin kontakt linzalari olib tashlanishi lozim.

Baliq go‘shti va omega-3-yog‘ kislotalarini iste’mol qilish

Baliq go‘shtini muntazam ravishda iste’mol qilish, organizmga kerakli bo‘lgan modda omega-3-yog‘ kislotalari bilan ta’minlashga olib keladi. Bu modda ko‘zni qurib qolishidan asraydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Makuladistrofiya - ko‘z oldidagi qorong‘ulik

Skleral linzalar

Skleral linzalar katta kontakt linzalari bo‘lib, sklera qavatida joylashtirilib, shox parda uchun yosh zaxirasi vazifasini bajaradi. Quruq ko‘z sindromida, ushbu zaxira yordamida ko‘z shox pardasi namlanib turadi, shox pardadagi nerv oxirlari ta’sirlanishi hisobiga kelib chiqqan og‘riqni bartaraf etadi. Linzalar ko‘zning qurib qolishi natijasida kelib chiqadigan keyingi patologiyalarni oldini oladi, ko‘z mikrojarohatlarini bitishini tezlashtiradi. Skleral linzalar kislorod o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lsa ham ularni, tunda yechib qo‘yish kerak bo‘ladi, linzalarni ko‘zga joylashtirishdan avval dezinfeksiyalash zarur.

Protezlar

PROSE (ko‘z tashqi qavati protezli ekosistemasi) – zamonaviy davo muolajasi, maxsus ishlab chiqarilgan protez yordamida quruq ko‘z sindromini yengillashtirib, shox pardani namlab turadi.

Namlab turuvchi kamera

Namlab turuvchi kamera – bu ko‘zoynak bo‘lib, unda maxsus kamera ko‘z atrofini berkitib turadi va namlik saqlanib qoladi. Namlab turuvchi kameralar oddiy ko‘z bog‘ichi, ko‘zoynak, tungi ko‘z bog‘ichi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. ba’zi turdagi namlab turuvchi kameralar tunda ko‘zni namlashdan tashqari, iliq haroratni ham ta’minlab beradi. Bunday kameralarning ichki tomoni doimo namlanib turadi, xuddi “tuman” qoplangandek ko‘rinadi. Shuning uchun ko‘z o‘tkirligi talab etiladigan holatlarda ulardan foydalanmagan ma’qul, masalan avtomobil boshqarayotganda.

Ko‘z yoshi oqib ketishini bloklash

Har bir ko‘zda ikkita yosh ajratib chiqaruvchi teshiklar bo‘ladi. Ularning biri burun bo‘shlig‘iga, ikkinchisi ko‘z olmasiga ochilgan bo‘ladi. Shu chiqaruv yo‘llarining burunga ochilgan uchini maxsus usullar yordamida berkitib qo‘yilsa, ajralib chiqayotgan ko‘z yoshi burun bo‘shlig‘iga emas, balki ko‘z tomonga oqadi. Shu yo‘l bilan ko‘z namlanib turishi ortadi. Bunda ko‘z yoshi bezining chiqaruv yo‘liga punktual probka qo‘yilishi mumkin, yoki issiqlik va elektr toki yordamida kuydirilishi mumkin. Ko‘z yoshi yo‘llarida chandiq hosil bo‘ladi va u yerdan ko‘z yoshi burun bo‘shlig‘iga oqib chiqmaydi.

Xirurgik aralashuv

Keratokonyuktivitning og‘ir ko‘rinishlarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga to‘g‘ri keladi – tarzarafiya amaliyoti bajariladi. Bunda qovoqlarning ma’lum bir qismi tortib tikib qo‘yiladi va toraytiriladi. Natijada ko‘z tirqishi kichrayadi va ko‘z yoshining bug‘lanib ketishi kamayishiga erishiladi.

Kasallik prognozi

Quruq keratokonyuktivit odatda surunkali muammo. Kasallik prognozi uning og‘irlik darajasidan kelib chiqib baholanadi. Quruq ko‘z sindromi belgilari jiddiy bo‘lib, inson normal hayot faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zida ko‘zlar shunchalik darajada achishadiki, inson hatto ko‘zini ocha olmaydi, uzoq muddat bir joyga tikila olmaydi. Belgilarni kamaytirish uchun namlovchi vositalardan simptomatik davo maqsadida foydalanish talab etiladi.

Profilaktikasi

Quruq ko‘z sindromidan himoya qiluvchi maxsus profilaktika yo‘q. kasallik asoratlari ko‘zni namlovchi vositalardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Ovqatlanish tartibida ko‘z salomatligini tiklovchi mahsulotlardan ko‘proq bo‘lishi ham foyda beradi (A vitaminga boy mahsulotlar).

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close