3
(23)

Oshqovoq urug‘i davolashda katta ahamiyatga ega. Davolashda qo‘llash uchun 150-200 urug‘idan olamiz. Qovoq urug‘larini gijjalarga qarshi samarali profilaktik vosita sifatida qo‘llashadi.

Ularni xomligicha chaqib yeyish mumkin, lekin uni quyida biz aytganday tayyorlasangiz foydasi oshadi. 150 200 dona urug‘ni qiymalagich yoki kofemolkada maydalab, besh stakan suv quyasiz va 2 soat davomida past olovda parlaysiz. Qaynab ketmasligiga ahamiyat bering. Yarim quyuq qaynatmani marlyadan o‘tkazib, yuqoridagi kerakmas massani qoshiq bilan yigíb olasiz. Hosil bo‘lgan qaynatmani och qoringa ichiladi. 2 soatdan so‘ng esa surgi ichiladi.

Parazitlarni haydash uchun esa uch kun davomida 50 gr qovoq urug‘i bilan nonushta qilsangiz kifoya. Ketidan suyuqlik iching.

Qovoq urug‘laridagi sink adenoma va prostatitda ham yaxshi foyda beradi. Shuning uchun quritilgan urug‘ini chaqish bu kabi muammosi bor erkaklar uchun kerakli. Natija berishi uchun bir kunda 50 ta qovoq urug‘ini 2 oy davomida chaqish kifoyda qiladi.


Avitsenna.uz saytida quyidagi o‘simliklarning ham shifobaxshlik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin: