El sog‘ligi — yurt boyligi

Qo’rquv

Hayotimizda ko‘p uchraydigan atamalardan biri «Fobiya» ya’ni «Qo‘rquv» haqida nimalar bilasiz! Bu dardga o‘zi bilmagan holda mubtalo bo‘lganlar oramizda anchani tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra qo‘rquvning kam uchraydigan turlaridan biri klaustrofobiyaning o‘zidan dunyo aholisining 6-7% aziyat chekishmoqda. Bundan tashqari qo‘rquvning kanserofobiya – saratonga chalinishdan, aerofobiya – samolyotda uchishdan, atomosofobiya – yadroviy portlashdan, astrapofobiya – chaqmoqdan, anemofobiya – yelvizakdan, lepidopterofobiya – kapalaklardan , antofobiya – gullardan, hatto o‘z fikrlaridan qo‘rqadiganlar – allodoksafobiya kabi turlari ham bor.

Fobiyani davolash

Fobiyalarni davolashda bemor bilan suhbat – psixoanaliz o‘tkazilib, shu jarayonda qo‘rquvga olib kelgan omil aniqlanadi va uni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘riladi. Qo‘rquv patologik bo‘lmasa, ya’ni sog‘lik bilan biror jiddiy muammoni keltirib chiqarmasa, nevrotik qo‘rquv deb ataladi va uni davolash birmuncha oson. Ruhiy xastalarda uchraydigan patologik qo‘rquv ham tuzaladi, bunda bemorga tinchlantiruvchi, moslashtiruvchi preparatlar beriladi. Dorilardan naf bo‘lmasa, suhbat va gipnoz yordamida fobiyani yo‘qotishga harakat qilinadi.

Biror fobiyaga chalingan odamning o‘z holatini idrok eta bilishi, tushunishi juda muhim. Ana shundagina bu holat tezroq bartaraf etiladi. Aks holda muolaja anchaga cho‘zilishi mumkin.Bolalarni tarbiya qilaman deb, qattiq tanqid qilish va qat’iy nazorat ostiga olish ham fobiyaga sababchi bo‘ladi.

Fobiyalar yoshga ham bog‘liq bo‘ladi. Kuzatuvlarda aniqlanishicha, yoshi kattalarda ko‘pincha o‘lim, jarohat, kasallik va yolg‘izlikdan qo‘rqishadi. Yoshlarda esa ilon, balandlik, momaqaldiroqdan qo‘rqish ko‘proq tarqalgan.

[box type=»info» align=»aligncenter» ]Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramiz aholisining har to‘rtinchi yoki beshinchisi biror ruhiy buzilishga uchragan.[/box]

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Изоҳлар

  1. AruznaM

    11 oyli bolam samalyot shofqinidan, shamoldan soch moshinkasidan qurqadi bu xafli yoki kasalik emasmi.

  2. Madina

    Men torch infeksyasiga chlinganman buning uchun qanday ovqatlanishim kerak

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *