El sog‘ligi — yurt boyligi

Qonning ivishi nima?

Qonning ivishi – organinzmning himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo‘qotishdan saqlaydi.

Qonning ivish xossasi o‘zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog‘lig‘iga katta xavf tug‘diradi, chunki organizm ko‘p qon yo‘qotishi mumkin.

qonning ivishi

Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo‘lib, bunda quyidagi omillar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to‘r hosil qiladi va unga qonning shaklli, elementlari, ayniqsa trombositlar ilinib, to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada qon oqishi to‘xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti, Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol o‘ynaydi.

Sog‘lom odamda qon 3 4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biologik modda-antigemofil omil yetarli bo‘lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o‘tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kaltsiy (Ca) ionlari, kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.