Qon topshirish jarayoni qanday kechadi?
Qon topshirish jarayoni Qon topshirish markazlari va Hududiy Qon yig‘ish bo‘linmalarida 6 ta bosqichda amalga oshadi.
Markazga kelgandan qon topshirib ketguningizgacha 1 soat vaqtingizni ajratishingiz kerak bo‘ladi.
Mundarija
Birinchi bosqich
Tibbiy so‘rovnomani to‘ldirish
Qon topshirish hududiga kelgan har bir donorga so‘rovnoma berilib, uni to‘ldirish so‘raladi. Bu so‘rovnomadagi savollar Donor va Bemor havfsizligini ta’minlovchi muhim bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
- Sog‘lig‘ingiz holati, isitma, gripp, so‘ngi qabul qilingan dorilar, yurak hastaliklari, surunkali kasalliklar, jarrohlik muolajalari va boshqalar;
- Hayotingizda yuz bergan va sog‘lig‘ingiz uchun havf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan voqealar: sayohat, jimsiy juftlik, giyohvand moddalar iste’mol qilish va boshqalar;
Ikkinchi bosqich
Anketa ochish
Bu bosqichda barcha ma’lumotlar ro‘yhatga tushirilib, anketa saqlanadi. Aynan o‘sha paytda Donorga maxsus raqam beriladi va bu raqam qon qopchasi yuzasiga qo‘yiladi. Keyinchalik ushbu raqam idishdagi qon sizga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Uchinchi bosqich
Shifokor va Donor bilan bo‘ladigan suhbat
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, har bir Donor Shifokor bilan suhbatdan o‘tadi. Bu suhbat Donorning qon topshirishi o‘zining va u qonni qabul qiluvchi bemorning sog‘lig‘iga havf tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Shifokor bilan donor o‘rtasidagi suhbat shaxsiy tibbiy sir sifatida saqlanadi.
Beshinchi bosqish
Qon olish
450 ml qonni olish uchun 12 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Hamda shu vaqt ichida probirkada test va tekshirish uchun oz miqdordagi qon ham olinadi. Olingan qon orqali donorning qon guruhi va qonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasallilar – OITS, Gepatit B, C, zahm aniqlanadi.
Qon olish qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan maxsus xonada amalga oshiriladi.
Oltinchi bosqich
Dam olish va ovqatlanish
Qon topshirganingizdan keyin, siz bir necha daqiqa davomida hamshira kuzatuvi ostida bo‘lasiz. Jo‘nab ketishdan oldin markaz tomonidan sizga nonushta beriladi.
Donor jo‘nab ketgandan so‘ng, olingan qon maxsus joyda saqlanadi. Tekshirish va test amalga oshiriladi. Agar tekshirish jarayonida qandaydir salbiy natijalar chiqsa, Donor qisqa muddat ichida qon olishi muolajasini amalga oshirgan Shifokor tomonidan markazga chaqiriladi:
Qon topshirish anonimik va beg‘araz tarzda amalga oshadi. Hech qanday ma’lumot Respublika OITS yoki boshqa shifoxonalarga jo‘natilmaydi.