Qon guruhlari

1901 yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907 yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko‘ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Ularning xulosasiga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi.

qon guruhlari

  • I guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglyutinin α va β bo‘ladi.
  • II guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin β bo‘ladi.
  • III guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin α bo‘ladi.
  • IV guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglyutinin α va β bo‘ladi.
  • V guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo‘lib, plazmada agglyutinin umuman bo‘lmaydi.

Dunyodagi ko‘p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko‘rsatdiki, qoni I guruh bo‘lgan odamlar aholining o‘rtacha 40% ini, II guruh-39% ini, III guruh-15% ini va IV guruh-6% ini tashkil etadi.

1940 yili K. Landshteyner va Viner qonning eritrotsitlarida agglyutinogen A va B dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rezus omil (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85% odamlar qonida bo‘ladi va ular rezus musbat qonli odam deb ataladi, 15% odamlarning qonida bu omil bo‘lmaydi. Ular rezus manfiy qonli odam deb ataladi.

Rezus musbat qon rezus manfiy qonli odamga quyilsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya ro‘y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan rezus musbat qoniga qarshi antitelalar (organizmga yot moddaga qarshi hosil bo‘lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo‘lgan oqsil zarrachalari) hosil bo‘ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro‘y beradi.

Qon guruhlari va rezus omil nasldan-naslga o‘tadi. Agar erkakning qoni rezus musbat bo‘lib, ayolning qoni rezus manfiy bo‘lsa, bino bo‘lgan homilaga (bolaga) qon onadan o‘tsa, uning qoni rezus manfiy bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Donor va uning huquqlari

Aksincha, rezus musbat qon bolaga otadan o‘tsa, uning qoni ham otasinikiga o‘xshab rezus musbat bo‘ladi. Natijada ona va bolaning qoni bir-biriga to‘g‘ri kelmaganligi uchun bunday bola gemolotik kasallik bilan tug‘iladi. Uning terisi va ko‘zlari sariq, jigar va talog‘i kattalashgan, qorni shishgan, tug‘ilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoli og‘ir bo‘ladi. Davolash uchun bolaga qon quyib, qoni almashtiriladi.

qon guruhlari

Qon guruhi Inson boshqa qon guruh egalariga qon bera oladi Inson boshqa qon guruh egalaridan qon olishga ega
I > I,II,III,IV I
II > II,IV I,II
III > III,IV I,III
IV > IV I,II,III,IV

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close