El sog‘ligi — yurt boyligi

Qandli diabetga qarshi…

Xitoyliklarning bir maqoli bor: «Salomatligingni tovog‘ing tagidan qidir». Iste’mol qilayotgan mahsulotlarimiz nafaqat bizga kuch-quvvat bo‘ladi, shu bilan birga, tanamiz salomatligini ham ta’minlaydi. Turli kasalliklardan omon bo‘lishni istasangiz, to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganing.

Qandli diabetga qarshi…

Yosh o‘tgani sari inson o‘z vazni va qondagi qand miqdorini nazorat qilmasa, qandli diabetning II turi yuzaga kelish xavfi ortib boradi.

Bug‘doy mahsulotlari: qora non, suli yormasi va kepakli undan qilingan xamir mahsulotlari sekin hazm bo‘luvchilar sirasiga kiradi. Ular iste’mol qilingach, qondagi qand miqdori unchalik ko‘p ko‘tarilmaydi. Qondagi qand miqdori o‘rtacha bo‘lishi uchun kuniga 200 gr. suli yormasi (ovsyanka) yoki 100 gr. dukkakli mahsulotlar iste’mol qilish zarur. Nonushtaga suli yormasi tanovul qiling, oq non o‘rniga esa kepakli undan tayyorlangan non yeng. Makaron mahsulotlari xarid qilganda uning tarkibida kepakli un borligiga ahamiyat bering.

Dolchin (koritsa): tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, dolchin qondagi qand va yog‘ miqdorini tushiradi. Sog‘lom bo‘lish uchun esa kuniga yarim choy qoshiq dolchin tanovul qilish maqsadga muvofiq. Dolchinni suli yormasi bilan birga yoki mevalar bilan birga, shuningdek, qahva yoki kakaoga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Sirka va limon sharbati: taomlaringizga limon sharbati qo‘shishni odat qiling. Salatlarga esa sirka, limon sharbati, zaytun yog‘i aralashmasi qo‘shing. Bunday salat qondagi qand miqdorini pasaytiradi.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *