El sog‘ligi — yurt boyligi

Qandli diabet

Qandli qiabet – yosharib borayotgan, jiddiy kasalliklardan biri. Hujayralarimizga turli sabablarga ko’ra insulin yetishmasligi natijasida qonda qandning miqdori surunkali ravishda oshib ketadi. Va kasallik yuzaga keladi. Qandli diabetning bir qancha turlari mavjud:

  1. O’smirlik va o’smirinlik davrida uchrab, bunda me’da osti bezidagi insulin ishlab chiqarishga javobgar bo’lgan B-hujayralar insulin ishlab chiqara olmaydi, natijada kasallik rivojlanadi. Qondagi glyukoza miqdorini kamaytirish maqsadida tibbiyot amaliyotida insulin preparatlari qo’llaniladi.
  2. Bemorlar, asosan, aynan ikkinchi tur bilan xastalanishadi. O’rta yoshdagi ( 35-40 yosh) insonlarning kamharakatligi, semirib ketishi natijasida kelib chiqadi. Bunda B-hujayralar o’z vazifasini me’yorida bajarishadi, lekin ayrim sabablarga ko’ra, ya’ni hujayralarda insulinga nisbatan sezgirlik kamayadi hamda hujayralar tomonidan glyukozaning o’zlashtirilishi kamayadi. Sh sababdan, qandli diabet kelib chiqadi. Shifokorlar bunday holatlarda bemorlar qoni tarkibidagi glyukoza miqdorini kamaytirish maqsadida parhez hamda turli preparatlar – biguanid, sulfanilamidlar iste’mol qilishlarini — jismoniy mashqlar bajarishni, harakatchan turmush tarziga o’tishlarini tavsiya etishadi. Ma’lumot o’rnida, shuni aytishimiz mumkinki, bu tur bemorlarning 80-90%ida kuzatiladi.
  3. Gestatsion diabet – homilador ayollarda homiladorlik davrida qonda glyukoza miqdorining noturg’unligi tufayli xarakterlanadigan xastalikdir. Kasallik deya atayotgan bu tur homiladorlikdan keyin yo’qolib ketadi. Faqat, ma’lum muddat vaqt o’tgach xastalik ayol homilador bo’lmasa ham qaytalanishi mumkin.

Diabetning ilk alomatlari yaqqol sezilarli ravishda namoyon bo’lmaydi (Yashirin davrdan keyin). Masalan, og’iz qurishi, tashnalik, holsizlik, tez-tez peshob ajratish, serjahllik, ozish kabilarni hayotiy oddiy o’zgarishlar deya qarash ehtimoli yuqori. Sh sababdan, bemorlar shifokorlarga murojaat etishmaydi. Va kasallikni og’ir ko’rinishlarga olib kelib qo’yadi. Qandli diabet o’z vaqtida aniqlanmasa va davolanmasa, o’tkir asoratlar yuzaga keladi.

Masalan, qondagi qand miqdori surunkali ravishda yuqori bo’lgan, lekin hech qanday chora ko’rmay yurgan bemorlarni quyidagi asoratlar uzoq muddatga “tinch qo’ymaydi” :

  • Ko’zda – retinopatiya;
  • Buyrakda – nefropatiya;
  • Yirik tomirlarda – yurak ishemiya kasalligi;
  • Miya tomirlarida – qon aylanishi buzilishi;
  • Oyoqda – diabet to’pig’i;angan
  • Holsizlik;
  • O’ta ozib ketish.

Xo’sh, bu kasallik shu qadar xavfli ekan, uning kimlarda uchrash ehtimoli yuqoriroq!

  1. Qorin semirishida. Qorin aylansi:
  • Ayollarda: 80 smdan yuqori bo’lganda;
  • Erkaklarda: 95 smdan yuqori bo’lganda;
  1. Qon bosimi 140/90 mm. simob ustundan yuqori bo’lganda;
  2. Qonda yog’ almashinuvi buzilish bo’lganda;

Xavfli guruhlar:

  1. Yaqin qarindoshlarida kasallik bor bo’lganlar;
  2. 4 kgdan ortiq bola tug’gan ayollar;
  3. Yoshi 45 dan oshganlar;
  4. Kam harakatlilar;
  5. Yurak ishemiyasi va infarkti bilan kasallanganlarda xastalik rivojlanish ehtimoli yuqoriroqdir!

Endi, iddaoga o’tsak, aslida bu kasallikni oldini olish mumkinmi?

-Ha, sog’lom turmush tarziga amal qilib biz qandli diabet kassalligining oldini olishimiz mumkin!

Ya’nikim,

  • Faol jismoniy harakatda bo’lish;
  • To’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish;
  • Tana vaznini me’yorda saqlash;
  • Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
  • Ruhiy tushkunliklarga tushmaslik holatlari qandli diabet kasalligining oldini olishga imkon beruvchi eng asosiy omillardir!

Maqola «Qandli diabet» oyligi munosabati bilan Urazbayev Mansur tomonidan ilmiy adabiyotlar hamda internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

 

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Lola

    assalomu alekum adamla 78 yoshdala ikki yil oldin infarkni otqazdila shu payitgacham saxrlari oshmagandi yaqindan 12-13 bolib oshdi jigar pochka yaxshi ishlmayotgani fermentla yuqoriligi xisobga saxr kep chiqan diyishdi bu jigar pochka saxrga sabab boladimi xozirda Lantus insulinga otdik shu togrimi

  2. Muslima

    Yoshim 42 da tez-tez qornim ochib,og’zim qurivotdi,lekin chanqamiyman. Peshobga tez-tez borvomman.Qon bosimim 140/160 ko’tarilvotdi.Analiz topshirgan edim. Qand miqdori 4/2chiqdi buyragimda og’riqlar bor.Nima maslahat berasiz? Bu qandli diabed alomatlari emasmi?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *