Qalqonsimon bez yallig‘lanishi haqida ma’lumot bersangiz

Savol:  Qalqonsimon bez yallig‘lanishi haqida ma’lumot kerak edi. Shu haqda ma’lumot bersangiz?

Javob: Qalqonsimon bez ko‘pincha autoimmun yallig‘lanadi. Organizmning immun hujayralari o‘z hujayralarini tanimay qoladi va unga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Bezning normal tuzilishini sekin-asta buza boshlaydi. Bu jarayonlar dastlabki yillarda belgisiz kechishi mumkin. Lekin jarayon surunkali kechadi. Kasallikning rivojlanishida irsiy moyillikning ahamiyati katta. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq kasallanishi aniqlangan. Va 20-50 yosh oralig‘ida ko‘proq uchraydi. Ba’zan bolalar va qariyalar ham kasallanishi mumkin. Organizmdagi yuqumli kasalliklar, radiatsiya, ekologik o‘zgarishlar shundoq ham nuqsonli bo‘lgan immune hujayralariga turtki berib yuboradi. Organizmga tushayotgan ortiqcha yod ham bu kasallik rivojini ta’minlab beradi. Kasallikni o‘z navbatida bir qancha turlari ham bor. Shunga ko‘ra klinik belgilari ham farqlanadi. Bez kattalashishi yoki kichiklashib borishi mumkin. Ayrim hollarda normal ko‘rinishda bo‘lib yashirin kechadi. Bemorlarning shikoyatlari bo‘yni qisilayotganidan, hansirash, yutishni qiyinlashuvi va bo‘yindagi og‘riqlardan bo‘ladi. Bez kattalashgan hollarda gormonlar ko‘p ishlab chiqariladi. Natijada bemorlar yurakning tez urishidan, ko‘p terlash, qon bosimining oshayotganligidan shikoyat qilishadi. Bezlarning kichrayishida esa gormonlar miqdori kamaya boradi. Bemorlarda holsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, xotira pasayishi, tez charchash kuzatiladi.Bunda tashqari qalqonsimon bezning autoimmune yallig‘lanishi boshqa autoimmune kasallikning bir qismi ham bo‘lishi mumkin. Ularga Shegren sindromi, qizil yugurigi, revmatoid artrit, pesnitsioz anemiya kabilar kiradi. Davolashda bemorda kuzatilayotgan o‘zgarishlar, yondosh kasalliklar va boshqa belgilar inobatga olingan holatda kompleks davo o‘tqaziladi.

© Avitsenna.uz

© Dnk.uz

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*