El sog‘ligi — yurt boyligi

Qalampir qay jihatdan foydali?

Qalampir — ituzumdoshlarga mansub chala buta, buta yoki ko‘p yillik oʻtsimon o‘simliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik o‘rmonnlarida uchraydi. Issiqsevar o‘simlik.

qizil qalampir

Pixabay.com | Avitsenna.uz

Yurak va qon-tomirlari himoyalaydi

Xitoy olimlari ta’kidlashicha, qizil qalampir ichidagi kapsaitsin va uni kapsaitsinoidlari yurak va qon-tomir kasalliklari oldini oladi.

Gonkong Hitoy Univenrsitetida (Chinese University of Hong Kong) hayvonlarda o‘tqazilgan tekshiruvlarda kapsaitsin organizmdagi “yomon” xolesterinni kamayishiga yordam beradi va aterosklerotik pilakchalarni kichaytiradi.

Undan tashqari, qizil qalampirdagi moddalar qon-tomirlarini spazmga olib keluvchi siklooksigenaza-2 genini aktivligini kamaytiradi, va buni natijasida bosh miya, yurak va boshqa organlarga qon ta’minlanishi yaxshilanadi.

Semirishni oldini oladi

Yuqori kaloriyali ovqat ortiqcha kilogrammlarni to‘planishiga olib keladi, o‘tkir esa, agar olimlarga ishonsak, vazn kamaytiradi. Laborator tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, kapsaitsin organizmni kamroq ovqatlanishiga va yog‘ to‘qimasini erishiga olib keladi.
Buni mexanizmini bilish uchun Daegu National University olimlari laborator kalamushlarda eksperiment o‘tqazishdi. Hayvonlarga yog‘ga boy ovqatni berishdi va ularni 2 guruhga bo‘lishdi: birinchisiga kapsaitsin berishdi, ikkinchisiga — yo‘q.

Tekshiruv ohirida “achchiq”ni iste’mol qilganlar 8% ga vazn tashlashdi. Olimlar kapsaitsin ta’sirida yog‘ to‘qimasida yog‘ni eritadigan kamida 20 oqsilni miqdori o‘zgarganini aniqlashdi.

Shamollashni davolashda yordam beradi

Noallergik rinit degan kasallik bor. Burun bitishi har xil sabablar bilan kelib chiqishi mumkin — klimat, parfyumeriya, havo. Ko‘pchilik odamlarda noallergik rinitni keltirib chiqaruvchi sababni topish ildojisi bo‘lmay qoladi, bu kasallikni davolash ham kam effektiv.

shamollash davosi

SovetClub | Avitsenna.uz

Sinsinnati Universiteti olimlari (University of Cincinnati, AQSH) ta’kidlashlaricha, yangi dorilarni kapsaitsin asosida ishlab chiqarish mumkin. Klinik eksperimentda bir guruh kasallarga platsebo bilan sprey berishdi, ikkinchi guruhga — kapsaitsin bilan.

“Qalampirli” spreyni ishlatganlar 1 daqiqadan kamroq vaqtda nafas olish yengillashganini aniqlashdi. Lekin kapsaitsinli sprey shunchalik achchiqki uni faqat anestetik bilan birga ishlatish mumkin.

Ichak saratonidan himoyalaydi

Ichak shilliq qavati hujayralarida epitelial o‘sish faktori reseptori — EGFR bor. Normada u shilliq qavatni har 4-6 kunda yangilanishiga olib keladi. Agar EGFR juda ham aktiv bo‘lib ketsa, hujayralar “tomi ketadi” va bu saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ichaklarda yana bitta reseptor bor — TPRV1. U EGFR ta’sirida aktivlashadi va bu reseptor aktivligini kamaytiradi. Kalfiorniyalik olimlar kapsaitsin TRPV1ni aktivlashtirib EGFRni ortiqcha aktivligini bosishini va shu bilan ichak saratonini rivojlanishini xavfini kamayishini aniqlashdi. Bu lekin hali qayta tekshiruvga loyiq.

Jigarni himoyalaydi

Jigarning har xil kasalliklari (hammasi emas) jigarni fibroziga — normal jigar hujayralarini o‘rniga biriktiruvchi to‘qima o‘sib ketishiga olib keladi. Bu jarayonda yulduzchali hujayralar muhim amiyatga ega. 2015 yil izlanishlari kapsaitsin jigarni fibrozdan himoyalashini isbotlashdi.

Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi

GooglePhoto | Avitsenna.uz

Eksperimentlarda olimlar sichqonlarni o‘t yo‘llarini bog‘lab jigar uchun eng toksik moddalardan biri — to‘rt xlorli uglerodni qiritishdi. Bir vaqtda kapsaitsin ham berishdi. “Qalampir terapiyasi” jigarni shikastlanishini to‘htatishda yordam berdi.

Hayotni uzaytiradi

2017 yil yanvar oyida Vermont shtati Universiteti olimlari (University of Vermont, AQSH) ohirgi 23 yildagi 16 million amerikanliklarni ovqatlanish tuzilishini va uzoqligini baholashdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qizil qalampir iste’molchilari 12% kamroq vafot etishadi, 13%ga ularda kutilmagan o‘lim havfi kamroq. Buni sababi aniq nimadan ekanligini olimlar hozircha aytisholmayapti. Tahmin bo‘yicha, kapsaitsin organizmdagi “yomon” xolesterinni kamayishiga yordam beradi va aterosklerotik pilakchalarni kichaytiradi va bu von-tomirlarga pozitiv ta’sir qiladi.

Vitamin C bilan oziqalantiradi

Qaysi mahsulotlardan C vitaminini olishadi? Birinchi bo‘lib hayolga limon keladi, lekin aslida limonda vitamin C uncha ko‘p emas.

Siz hayron qolarsiz, lekin C vitamini chili qalampirida xam yuor — 100 grammida 118 mg askorbin kislotasi (C vitamin) bor. Lekin, ko‘p miqdorda achchiq qalampirni yeyish, albatta, juda mushkul.

Ko‘krak bezi saratonini davolashga yordam beradi

Biz TRPV1 reseptorini ichak saratoni to‘g‘risida gap ketganida aytib o‘tgan edik. 2016 yili Boxumdagi Rur universiteti (Ruhr-Universität Bochum, Germaniya) kapsaitsinning ko‘krak bezi saratonidagi rolini o‘rganib chiqishdi.

Eksperiment uchun uchta negativ o‘smalar turi tanlangan edi — ularni davolash juda qiyin va prognozi yomon. Olimlar TRPV1 reseptorni kapsaitsin yordamida 9 holatda aktivlashtirishdi.

Natijada o‘sma hujayralari sekinroq bo‘lina boshlashdi, ximiodorilar ta’sirida ko‘proq nobud bo‘lishdi, metastazlash hususiyati kamaydi. Qizil qalampir ko‘p holatldarda foydali, lekin uni ko‘p iste’mol qilisham yaxshi emas. Kasalliklarda dorilar o‘rnini bosa olmaydi. Oshqozini xasta bemorlar esa qadampirdan ehtiyot bo‘lishlari kerak.

© «Med-info.uz» nashri.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *