El sog‘ligi — yurt boyligi

Qabul-2017. DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi

Xabaringiz bor, bugungi kunda 2017/2018 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 66586 nafar miqdorida belgilangan.

Davlat test markazi saytida abituriyentlar uchun maxsus sahifa ishga tushdi. Mazkur sahifada OTMlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning soni real vaqtda nechta bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Qabul-2016 Abituriyent-2016

Sahifadan skrinshot/ Xushnudbek.uz

Shuningdek, ushbu sahifada respublikadagi barcha OTMlarning yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ham ko‘rsatilgan.

Ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 729947   nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha respublika bo‘yicha tibbiyot oliygohlari ichida Andijon tibbiyot institutiga eng ko‘p, 10666 nafar (1/20.51) abituriyent hujjat topshirgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga esa eng kam hujjat topshirilgan. Ya’ni, 2017 nafar (1/10.09). Quyidagi jadval orqali hozirgi vaqtgacha tibbiyot oliygohlariga topshirgan abituriyentlar miqdori haqida ma’lumot olishingiz mumkin. (15.07.2017/ 21:14 holatiga ko‘ra.)

Eslatama: Respublika bo‘yicha tibbiyot oliygohlari uchun «Maqsadli qabul» amalga oshirilmoqda!

Diqqat!
Imtihon natijalari e’lon qilindi.

Tibbiy oliygoh nomi Qabul qilinadiganlar soni Hujjat topshirganlar soni Nisbat
Andijon tibbiyot instituti 520 10667 20.53
Buxoro tibbiyot instituti 260 2641 10.16
Samarqand tibbiyot instituti 530 7490 14.13
Toshkent tibbiyot akademiyasi 550 9346 16.99
Toshkent davlat stomotologiya instituti 250 2660 10.64
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti 450 4400 9.78
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 200 2017 10.09
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali  285 2640 9.26
Toshkent farmatsevtika instituti 400 2516 6.29

 

Tibbiyot oliygohlariga topshirgan abituriyentlar soni haqida to‘liq ma’lumot:

Qabul-2017: Andijon tibbiyot instituti

Qabul-2017: Buxoro tibbiyot instituti

Qabul-2017: Samarqand tibbiyot instituti

Qabul-2017: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Qabul-2017: Toshkent tibbiyot pediatriya instituti

Qabul-2017: Toshkent davlat stomatologiya instituti

Qabul-2017: Toshkent farmatsevtika instituti

Qabul-2017: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Qabul-2017: Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali

Maqola «Abituriyent-2017» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha ynagiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. шодиёна

    тошкент медицина академияси

  2. Аноним

    Jaxon tilariga ingliz tiliga topwirilgan oquvchi soni hozirgi kungacha

  3. lochinbek

    Andijon qishloq xojaligi inistituti

  4. FroDo

    alisher navoiy tarjimonlikda topshirganlar soni nechta iltimos aytivoringlar

  5. Abdumalik

    TTA-ning yo’nalishlari haqida malumot bersagiz

  6. Murodbek

    http://qabul2016.dtm.uz:2016/site_reports.php?act=site2&uncd=326
    Bu manzilga kirib bo’mayabdi ku.
    Xozir qayerga qancha odam topshiganini qanday bilamiz.

  7. Sherxon

    farmaseftika institutga nechta topshirganini etib yuboringlar iltimos

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *