Qabul-2016. DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi

Xabaringiz bor, bugungi kunda 2016/2017 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57 907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida 38 787 nafar miqdorida belgilangan.

Davlat test markazi saytida abituriyentlar uchun maxsus sahifa ishga tushdi. Mazkur sahifada OTMlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning soni real vaqtda nechta bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Qabul-2016 Abituriyent-2016

Sahifadan skrinshot/ Xushnudbek.uz

Shuningdek, ushbu sahifada respublikadagi barcha OTMlarning yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ham ko‘rsatilgan.

Ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 35 932 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha respublika bo‘yicha Andijon davlat universtetiga eng ko‘p, 3871 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Aytib o‘tish joizki, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. Ya’ni 600 ming nafardan ko‘proq abituriyent talabalik baxtiga musharraf bo‘lish uchun o‘z omadini sinab ko‘rishga ahd qilgan edi. Bu bir o‘rin uchun o‘rtacha 10.45 kishi da’vogarlik qilgan deganidir.

© Xushnudbek.uz

Maqola «Abituriyent-2016» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha yangiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AbituriyentUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

 

6 комментариев

  1. шодиёна

    тошкент медицина академияси

  2. Аноним

    Jaxon tilariga ingliz tiliga topwirilgan oquvchi soni hozirgi kungacha

  3. Andijon qishloq xojaligi inistituti

  4. alisher navoiy tarjimonlikda topshirganlar soni nechta iltimos aytivoringlar

  5. TTA-ning yo’nalishlari haqida malumot bersagiz

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*