Psoriaz kasalligi

Psoriaz so‘zi yunoncha bo‘lib, qichima degan ma’noni anglatadi. Oddiy xalq orasida bu kasallik qo‘­tirli temiratki, qichima deb ham ataladi. Teri kasalliklari ichida to‘p-to‘p yoki sochma ko‘rinishda uchraydigan temiratkilar guruhiga kiruvchi bu kasallik og‘ir va o‘jar dard hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida…

Psoriaz xastaligi  nafaqat teri kasalligi, balki organizmning umumiy kasalligi bo‘lib, ichki a’zolarning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kasallikda asab tizimi, endokrin tizim va jigarda o‘zgarishlar kuzatiladi.

Darvoqe…

Kasallik ob-havoga ham bog‘liq. Yoz oylari ayrim bemorlarda psoriaz o‘choqlari butunlay so‘­rilib ketadi. Ba’zilarida esa quyosh nurlari ta’sirida kasallikning qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Uchinchi guruh bemorlarda bahor va kuz oylarida kasallik qo‘zg‘aladi.

Kasallik qo‘zg‘alishiga sabab bo‘luvchi omillar:

  • Yuqumli kasalliklar (gripp, o‘tkir respirator virusli kasalliklar, suvchechak, yuqumli parotit kasalligi, gepatit kasalligi);
  • Pnevmoniya, piyelonefrit va boshqalar;
  • yiringli otit, surunkali tonzillit, gaymorit, frontit, tishlar kariyesi va boshqalar;
  • kuchli qo‘rquv va haya­jon­lanish;
  • stresslar;
  • ruhiy siqilishlar;
  • ayrim dori vositalari;
  • parhezning buzilishi va b.

Kasallik belgilari

Bunda terida pushti rangdagi, chetlari tekis, yallig‘langan dog‘lar kuzatiladi. Toshmalar boshning sochli qismida ham kuzatilishi mumkin. Dog‘lar atrofidagi teri biroz qizaradi. So‘ngra dog‘ asta-sekin kattalashib boradi. DoQlar bir — biriga qo‘shilishga moyil bo‘ladi. Dog‘lar ko‘pincha simmetrik tarzda joylashib, qo‘l-oyoqlarning tashqi sat­hida uchraydi. Davriy ravishda qatqaloqlar hosil qiladi. Bu dog‘lar ko‘pincha terining ko‘p ishqalanadigan sohalarida kelib chiqadi. Masalan: yuz terisi, jinsiy a’zolar sohasida, tabiiy burmalar atrofida, dumbalar sohasida.

Bu kasallikni keltiruvchi omillar:

Qovurilgan, yog‘li ovqatlar, qazi, kabob, tuxum, sut, qandolatchilik mahsulotlari, do‘kon shirinliklari, qahva, kakao;

Hatto bu mahsulotlar meyorida iste’mol qi­lingan taqdirda ham, ularning kuch-quvvati sarf qilinmay yoki juda kam miqdorda sarf qilinib boradi. Yillar o‘ti­shi bilan badanda bunday kuchli ovqatlarning quvvatlari ko‘payib, qatlamlashib boradi. Bu hol asta-sekin qonni qizdira borib, kasallikni keltirib chiqaradi.

  • nasliy moyillik;
  • ichki a’zolar kasalliklari;
  • iqlimiy sharoitlar;
  • moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari va b.

Kasallik turlari

1. Inson badanining hamma yeriga sochma holda toshib ketuvchi xili.

2. Badanning ayrim joylarida to‘p-to‘p holda bo‘rtib chiqqan shakldagi xili.

Qo‘tirli qichima nas­liy bo‘lishi ham mumkin. Lekin ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kasallik orttirib olinadi. Kasallik ko‘pincha surunkali kechadi va tez-tez qaytalanib turadi. Bolalarda kasallik ko‘pincha qish oylarida qaytalanadi.

Darvoqe…

Qo‘tirli qichima turli yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin. Lekin u ko‘proq 50 yosh­dan o‘t­gandan keyin boshlanadi.

Fakt…

Oxirgi yillarda psoriaz kasalligini davolashda ignaterapiya usuli ham qo‘llanilmoqda.

Kasallik qanday davolanadi?

  • Organizm sezuvchanligini pasaytiradigan dorilar buyuriladi (suprastin, kalsiy glyukonat);
  • Kasallikning og‘ir turlarida gormonal vositalar beriladi (prednizalon);
  • Teriga malham dorilarni surtish tavsiya etiladi (bolalar kremi, oltingugurtdan tayyorlangan malhamlar, salitsilat mal­hami, ixtiolli malhamlar  va b);
  • Vitaminlar. Masalan: tarkibida A, E, PP vitaminlarini saqlovchi kompleks vitaminlar.
  • Tinchlantiruvchi vositalar — novopassit, sedonik va b.

Kasallikning ayrim turlarida tarkibida gormonlarni saqlovchi malhamlar buyuriladi. Oromgohlarda davolanish, dengiz va ko‘llarda cho‘­milish, serovodorodli hovuzlarda davolanish buyuriladi.

«Bekajon gazetasi»ning

Bekajon.com saytidan olindi.

1 ta savol

  1. Кахрамон

    дермовает мази яхши самара бераётган эди лекин сотувга чикмаяпди нима учун

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*