Prostatit — davolasi bo‘ladigan dard

Ayrim insonlarda prostataning tug‘ma o‘smay qolganligi yoki nimjonlanib qolishi jinsiy qobiliyatda aks etishi mumkin.
Lekin, prostata bezidagi asab tolalarining uchlari va asab tugunlari uning ba’zan unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan patologik o‘zgarishlarga ham sezgirligini ta’minlaydi. Hatto surunkali ich qotishi yoki bavosil kasalligi prostata bezida vaqtinchalik jinsiy noqobillik tug‘dirishi mumkin. Keksalikda jinsiy bezlar faoliyati susayganda prostata bezining faoliyati ham pasayadi. Uning yopishqoq to‘qimasi qisman biriktiruvchi to‘qima bilan aralashib qoladi. Ellik yoshdan oshgada ba’zan uretra atrofi bezlari
o‘sib ketadi. Bu bezlar, ma’lumki, prostataga taqalib turadi. Natijada prostatada shishga o‘xshash bezarar hosila (adenoma) paydo bo‘ladi. Adenoma jom, ya’ni qovuqdagi ulanish apparatini siqib, uning normal faoliyatini buzadi. Bunda siydik chiqarish qiyinlashadi. Adenoma to‘g‘ri ichakni qisib qo‘yishi oqibatida esa, keksalarda ich qotishi yuzaga keladi.
Prostata bezi faoliyatining buzilishi ulg‘aymagan kishilarda ham kuzatiladi. Buning boisi bavosil kasalligi, jinsiy yaqinlikdan tiyilib yurish, zahar tang‘iganda tutib yurish odatda, surunkali qabziyat, oz harakatli turmush tarzi, ovqatlanishdagi betartiblik va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishdir.

Prostatit bu – prostata bezining yallig‘lanishidan kelib chiquvchi kasallik bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 73-90 foiz erkak aynan shu xastalikdan aziyat chekadi.
Prostatit kasalligi bezga:

  • siydik pufagi;
  • siydik yo‘li;
  • to‘g‘ri ichak;
  • qon tomirlari va kichik tozning limfa tomirlari orqali infeksiya
    tushish yo‘li bilan paydo bo‘ladi.

Prostata bezining yallig‘lanishi o‘tkir shamollash kasalliklari belgilari
bilan kechadi. Bunda bemorning tana harorati 38-39 darajagacha ko‘tarilishi,
hojat chiqarayotganda orqa teshikda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Aksariyat hollarda kasallik surunkali ravishda kechgani uchun erkaklarni hech
narsa bezovta qilmaydi. Bunday paytda bemorda yuqoridagi belgilar
kuzatilishi, ba’zan esa umuman og‘riq sezilmasligi mumkin:

  • tana harorati 37 darajagacha ko‘tarilishi;
  • tez-tez hojatga borish, borganda tomchilab siydik kelishi
    (dizuriya);
  • og‘riq bilan qiynalib siyish;
  • qovuq bo‘shlig‘i oralig‘ida og‘riqlar paydo bo‘lishi.
  • Prostata bezi ishlab chiqargan suyuqlik qonga so‘rilmagani uchun ushbu
    kasallik bilan og‘rigan erkaklarda ereksiya buzilishi kuzatiladi.
    Surunkali prostatitdan aziyat chekayotgan erkaklarda asablar tarangligi,
    ko‘ngil to‘lmaslik, sal narsaga ”tutab“ ketish holatlari ko‘p uchraydi. Shuning
    uchun bunday bemorlarni davolovchi shifokor nafaqat tajribali urolog, balki
    yaxshi ruhshunos bo‘lishi darkor.

KASALLIKNI OLDI OLINMASA…
Agar bemor vaqtida shifokorga murojaat etmasa, keyinchalik
prostata bezida yiringlash paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tana
harorati 39-40 darajagacha ko‘tarilib, siydik yo‘llarida qattiq og‘riq seziladi.
Shuni unutmaslik kerakki, kasallikning
surunkali turi murakkab kechishi bilan xavflidir. Bu
kasallik ko‘p yillar mobaynida inson tanasida
yashirin kechgani bois o‘zini sezdirmaydi. Shuning
uchun ham ko‘p erkaklar o‘zlarida prostata bezi
borligini bilishmaydi. Vaqt o‘tgan sari bezning
yallig‘lanishi hisobiga vaziyat yanada murakkablashib
boraveradi. Erkak organizmida kechayotgan bu jarayon
keyinchalik siydik yo‘liga o‘tib, quyidagi
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • sistit (qovuqning yallig‘lanishi);
  • piyelonefrit (buyrak va buyrak jomchasi
  • shilliq pardasining yuqoridan pastga qon
  • orqali tushuvchi yoki pastdan siydik yo‘lidan yuqoriga ko‘tariluvchi
  • infeksiya orqali yallig‘lanishi);
  •  vezikulit (urug‘ pufakchalarining yallig‘lanishi);
  • epididimoorxit (moyaklar va ularning ortiqlari (pridatkalari)ning yallig‘lanishi).
  • Yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar erkaklarda bepushtlikni keltirib
    chiqaruvchi omilga aylanadi. Tabiiyki, bunday bemorlarning davolanishi qiyin
    kechadi. Eng achinarlisi, o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tish va salomatligini
    mustahkamlashga jiddiy yondoshmagan ba’zi erkaklar bepushtlik dardiga
    chalinishlari mumkin. Shu bois har bir erkak yilda kamida bir marta urolog,
    androlog hamda seksopatolog ko‘rigidan o‘tishga odatlanishi kerak.

PROSTATITNI YANGICHA DAVOLASH USULLARI
Hozirgi kunga kelib, prostatitdan aziyat chekayotgan bemorlar og‘riqsiz va
samarali davolash usullari yordamida shifo topmoqdalar. Buning uchun avval
ularni quyidagi tekshiruvlardan o‘tkazish lozim:

  • kompyuter orqali skaner qilish;
  • uch tomonlama ultratovush tashxisi;
  • Immunofermentli muolaja – PSA (prostata maxsus antigeni).
  • Bemorning yakuniy natijalarini o‘rganib chiqqach, unga prostatit, adenoma,
    ya’ni giperplaziya (bez to‘qimadan vujudga kelgan o‘sma) yoki prostata bezi
    saratoni deb aniq tashxis qo‘yish mumkin.

Ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan bemorlarning tushkunlikka
tushishlariga hojat yo‘q. Chunki olimlar allaqachon bunday bemorlarning
dardiga ham shifo topish usulini ishlab chiqishgan. Prostata bezi saratoni
kasalligini boshlang‘ich davrida davolash ijobiy natija beradi. Lekin xavfli
o‘sma hujayralarining boshlang‘ich o‘chog‘idan boshqa a’zolarga qon yoki lifa
oqimi bilan o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi o‘sma (metastaz)
paydo bo‘lgan bo‘lsa, kasallikni davolash mushkul kechadi. Shuning uchun
erkaklarga vaqti-vaqti bilan shifokor ko‘rigidan o‘tib turishni maslahat
beraman.

© «Darmon» jurnali.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 

29 комментариев

  1. Salom mening qovog’imda shish va biroz og’riq bor bir kunda ko’p hojatga chiqaman lekin hech qanaqa achishish yo’q nima maslahat berasiz

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*