Prostata bezi vazifalari

Ayollar organizmi murakkab tuzilgan bo‘lishiga qaramay, erkaklarda
bundan-da nozikroq a’zo mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak. Bu o‘ttiz
yoshdan oshgan erkaklarning asosiy
muammosi hisoblanmish PROSTATA BЕZIdir.

Prostata bezi–mushakli bez a’zo
bo‘lib, qovuq pufagi ostida joylashgan
va unga tarmashib turadi. Bu bez xudi
muftaga o‘xshab, siydik chiqarish
kanalining boshlang‘ich qismini tutib turadi. Uning shakli
kashtan daraxtining mevasiga o‘xshab
ketadi. Katta yoshli kishilarda
prostata bezining diametri 4
santimetr bo‘lgani holda vazni
xavfsiz joyda, ya’ni kichik toz suyagi
markazida, siydik pufagi bo‘yini va
grammni tashkil etadi. Bezning orqa
sirti bevosita to‘g‘ri ichakning
oldingi devoriga yopishib turadi. Shu ichak orqali unga qo‘l bilan teginish
ham mumkin –u yumaloq, qayishqoq jins bo‘lib, bo‘ylamasiga yuza ariqchasi
ham bor.

PROSTATA BEZINING VAZIFALARI QANDAY

Prostata bezi shaffof suyuqlik ajratib chiqaradi, bu suyuqlik normal
ajralib chiqqach, faqat eyakulyatsiya (shahvat chiqishi)vaqtida maniyga aralashadi.
Boshqa vaqtda esa u bezda to‘planib, limfa tarmog‘i va qonga so‘riladi.
Prostata shirasi urug‘ suyuqligiga aralashgach, uning sifatini mutlaqo
o‘zgartirib yuboradi. Chunonchi, urug‘ tashlovchi yo‘l va ortiq dumidan chiqqan urug‘
hujayralari bu vaqtda hali quyuq dirildoq massa bo‘lib, u harakatlanish
imkoniga ega emas, karaxtdir. Faqatgina prostata bezining sekret suyuqligi
qo‘shilishi bilangina u harakatga keladi. Prostata shirasida eyakulyatni
suyuqlashtiruvchi fibrinolizin (streptogeneza) va fibrogineza fermentlari
bo‘ladi. Chuchuk fosfatoza esa (u prostata bezida jinsiy balog‘atga yetish
oqibatida paydo bo‘ladi) maniylarning harakati va hayotchanligiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Prostata bezi urug‘ hujayralarining hosil bo‘lishiga turtki berib, moyak
(moyak bezsimon a’zo bo‘lib, ularda erkak jinsiy gormonlari va hujayralari –
maniylar ishlab chiqariladi) faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Moyak
gormonlari (testosteron) o‘z navbatida prostataning bezsimon epiteliysi
rivojlarishiga yordam beradi va uning sekret ishlab chiqarish faoliyatini  kuchaytiradi. Bichish prostata bezining faoliyat qobiliyatini yo‘qotish bilan
amalga oshiriladi.
Shunday qilib, moyaklar va prostata bezi o‘rtasida yaqin fiziologik aloqa,
ya’ni a’zolarning autoregulyativ faoliyati mavjud. Chunonchi, prostata
shirasining ozgina miqdori spermatogenezga ta’sir qiladi va moyakning
faoliyatini yaxshilaydi, ya’ni prostataning moyakka ta’siri chaparasta
yo‘nalishda bo‘ladi. Moyaklarning sekresiya suyuqligi oshganda esa prostata
bezining shirasi ham ortadi, kamayganda –kamayadi.
Umuman, inson jinsiy hayotida prostata bezining ahamiyati nihoyatda
kattadir. U ishlab chiqaradigan shira hosilalari asab-mushak tarmog‘i va ruhiy
faoliyatni rag‘batlantiradi, qon bosimini ko‘taradi, jinsiy maylni qo‘zg‘atadi,
ereksiya va eyakulyatsiyaga hamkorlik qiladi.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalar bilan ham tanishishingiz mumkin:

2 комментария

  1. Салoм! Умуман сoглoм oдамнинг масалан буйдoк инсoннин жинсий азoси кай даражада фаoл булиши керак Туриши бир хафтада бир туради уйланишга куркаябман маслахат берин врач урoлoгга бoрдим дoри йoзди фoйдаси булмаябди прастатит деган диягнoз куйган ва прастамoл хам ичтим йoшим 27 да хали буйдoкман ахир прастамoл унo 40йoшдан oшканларга эмасми

  2. Erkinjon Dadamni yoshi 76yoshda u to'satdan titroq bosib kasalxonaga tushib qoldi. U siyishi to'xtab,tashqi kateter bilan siyar edi, U yerdagi vrachlar urologka ko'satinglar dedi.Urologka ko'satsak Quvuq soxasidan teshib kateter ulab siydik chiadigan

    Ismim Erkinjon. Dadamni yoshi 76yoshda u to’satdan titroq bosib kasalxonaga tushib qoldi. U siyishi to’xtab,tashqi kateter bilan siyar edi, U yerdagi vrachlar urologka ko’satinglar dedi.Urologka ko’satsak Quvuq soxasidan teshib kateter ulab siydik chiadigan naycha ulab qo’ydi.Ofloksasin,Uropirin bilan davolandi,Antibiotiklar olyapdi.Dadam 29-kun ichida oz-oz tomchilab siyishni boshladi. Qachon siydik yo’li to’liq ochilib katetersiz siya oladi. Javobingiz uchun oldindan raxmat.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*