4.3
(19)

Har bir yigit qomati chiroyli bo‘lishini istaydi. Mashq zallariga qatnab, press mushaklarini chiroyli chiqarishga urinadiganlar kam emas. Ammo hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi, kimdir erinchoqligi sabab, boshka birov mashqlarni to‘g‘ri bajara olmaganligi tufayli ko‘zlagan natijasiga erisha olmaydi.

gavda chiqarish

Maqsad. Sizda press mushaklarni rivojlantirish maqsadi kuchli bo‘lishi kerak. Unatmang, natijaga erishish uchun sizdan ko‘p mehnat va uzoq vaqt talab etiladi.

Shifokor ko‘rigi. Jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin shifokor ko‘rigidan o‘ting, chunki ba’zilarga jismoniy zo‘riqish mann etiladi. Aytaylik, yurak xastaligiga chalinganlarga jismoniy yuklamalar salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Tayyorgarlik. Agar jismoniy holatingiz to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, organizmga birdaniga og‘irlik bermaslik uchun avval 2-3 kun yengil mashqlardan boshlang. Yugurish, badantarbiya, yengil toshlarni ko‘taring, bu mashqlarni har kuni bir vaqtda bajaring.

Vaqt. Organizmni jismoniy mashqlarga moslashtirgan bo‘lsangiz, endi press mashqlariga o‘tsak bo‘ladi. Haftasiga 2-3 martta press mashqlari mushaklar o‘sishi uchun kifoya, chunki organizmga dam berish ham kerak. Ularni tez vaqt ichida chiqaraman deb, haftada 7 martta sport zaliga borgan bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Bundan faqat odam charchab, mushaklar qattiq zo‘riqishga uchraydi.

Mashqlarni to‘g‘ri tanlash. Press mushaklari asosan 3 qismga bo‘linadi (yuqori, o‘rta va pastki). Siz tanlagan mashqlar uchalasiga ham foydasi tegishi kerak yoki ularning har biri uchun alohida mashq tanlab olishingizga  to‘g‘ri keladi. Agar press mushagining bir qismi uchun mo‘ljallangan mashq bilan cheklanib qolsangiz, unda mushakning faqat shu qismi rivojlanib, qolganlari sustligicha qolaveradi.

Progressivlik. Mashqlar progressiv holda o‘sib borishi kerak. Birinchi kuni qaysidir mashqni 3 marotaba qilsangiz, ikkinchi kuni 4 marotaba, undan keyingi kuni 5 marotaba va shu ko‘rinishida o‘sib boraveradi. Birinchi kuni 6 marta, boshqa kuni 2 marta va keyin 10 marta ko‘rinishida emas.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homilador ayollar uchun gimnastika

To‘g‘ri ovqatlanish. Agar mashqlarni to‘g‘ri bajarib turib ovqatlanishga ahamiyat bermasangiz, ko‘zlagan natijangizga erisha olmasligingiz aniq. Uglevod va oqsillar biz iste’mol qilgan ovqatlar hazm bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi. Demak, yaxshi mashq bilan birga to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish kerak, aks holda mashq qilasiz-u, mushaklar chiqishi o‘rniga ozib ketaverasiz.

Erinchoqlik. Hech qachon bahonalar topib, o‘zingizni mashqlardan uzib qo‘ymang. Masalan: bugun kech bo‘ldi, bugun charchadim, do‘stlarim bilan uchrashishim kerak demang. Bu maqolani o‘qiyotgan ekansiz, demak, sizda xohish-istak kuchli. Bu esa eng asosiy omillardandir. O‘zingizni «Men buni uddalayman», deb ishontiring. Zero, insonning o‘ziga ishonchi katta kuchdir.

Press uchun mashqlar

Avval badanni qizdirib olish uchun ozgina yugurasiz, badan tarbiya mashqlarini bajarasiz.  Yugurishga joy bo‘lmasa, arg‘imchoqda 5-10 daqiqa sakrasangiz ham bo‘ladi.Tekkis joyga yotasiz. Oyoqlarni yerga tekis qilib uzatasiz, qo‘llar boshning orqasida. Oyoqlaringiz ko‘tarilib ketmasligi uchun yordamchi ularni yerga taqab ushlab turish kerak. Endi gavdangizni to‘g‘ri ko‘tarib, belingizni bukkan holda oyoqlar tomon yo‘naltirasiz (oyoqlar bukilmasligi kerak) va qayta pasga tushasiz. Shu tariqa davom etasiz.

Bu eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ushbu mashqni 20 marta bajarib, har safar 5 tadan qo‘shib ketaverasiz. Shu tariqa 50 tagacha chiqarib olasiz. Tekis joyga yotasiz. Oyoqlarni bukasiz, qo‘llarni boshning orqasiga qo‘yasiz. Endi oyoqlarga gavda bilan egilib, chap qo‘l bilan o‘ng tavonni ushlaysiz, keyingi safar o‘ng qo‘l bilan chap tavonni ushlaysiz. Buni 20 marta takrorlaysiz.

Yotgan holda oyoqlarni birlashtirib, tepaga 45 daraja atrofida ko‘tarasiz va shu holda 20 soniya muallaq ushlab turib, so‘ng tushirasiz. Vaqt o‘tgan sari oyoqlarni ko‘proq ushlab turishga harakat qiling. Otjimaniye qilishning nafaqat qo‘l mushaklari, balki press mushaklariga ham foydasi katta. Uni ham o‘sish tartibida bajarish kerak. Har kuni 5 tadan qo‘shib borib, 50 tagacha chiqarib oling. Ushbu maslahatlarga to‘g‘ri amal qilsangiz, press mushaklaringiz 3 oyda rivojlanadi.