3.1
(7)

Pomidor terimizni vitaminga to‘yintiradi, uning rangini tiniqlashtiradi, ajinlarni tekislaydi. Chiroyli bo‘lishni xohlasangiz, har kuni 10-15 daqiqaga pomidordan niqob qilishga erinmang.

Shifokor konsultatsiyasi

Muolajalar

pomidordan niqoblar

Yog‘li g‘alvirak terida yuzingizga pomidor bo‘laklarini yoki pomidor sharbatiga namlangan salfetkani 15-20 daqiqaga qo‘ying.

Yog‘li terining yaltirashini yo‘qotish uchun pomidorli muzdan foydalansa bo‘ladi: 3 osh qoshiq pomidor sharbatini 1 choy qoshiq petrushka suvi bilan aralashtirib, qolipchalarga quying va muzlagichga joylang. Yuz terisiga artib turasiz.

Quruq teri uchun quyidagicha niqob tayyorlash mumkin: qirg‘ichdan chiqarilgan pomidorni oz miqdordagi kraxmal bilan aralashtirib, bir necha tomchi o‘simlik yog‘ini tomizing. Ushbu niqobni yuzda 20 daqiqa ushlab turish lozim.

Har qanday yuz terisi uchun tvorog-pomidorli niqob to‘g‘ri keladi: 2 osh qoshiq yangi tvorog, bir osh qoshiq sut, bir choy qoshiq kungaboqar yog‘i, to‘g‘ralgan pomidorni aralashtirib, tuz seping. Hosil bo‘lgan bo‘tqani 15-20 daqiqaga yuzingizga surtasiz. Niqobni iliq suvda yuvgach, sovuq suvda chaying.

O‘qishga tavsiya etamiz: Terining turiga qarab yuzni parvarishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?