Poliartrit — boʻgʻimlar yalligʻlanishi

Poliartrit — bir yoki bir necha boʻgʻimlarning bir vaqtda yoki ketma-ket yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik (infeksion nospetsifik — revmatoid Poliartrit) tarzida paydo boʻladi, shuningdek, revmatizm, sepsis, podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy beradi.

Poliartrit turlari:

  • Revmatoid poliartrit.
  • Kristall (tuzli) poliartrit.
  • Infeksion poliartrit.

Kasallikning turiga, organizmning reaksiyasiga, jarayonning ogʻir-yengilligiga koʻra, zardobli, yiringli, nekrotik poliartrit farq qilinadi. Oʻtkir va surunkali boʻladi.
Oʻtkir poliartrit — 2 ga boʻlinadi: Birinchisi revmatik poliartrit — bunda boʻgʻimlarning yalligʻlanishi koʻpincha zardobli, fibrinli boʻlib, yalligʻlanish bir boʻgʻimdan ikkinchi boʻgʻimga oʻtadi va mayda boʻgʻimlarga tarqaladi. Ikkinchisi epidemik poliartrit— bunda bemor isitmalaydi, quvvatsizlanadi, boʻgʻimlar ogʻriydi, shishadi, terisi qizaradi, oyoq-qoʻl barmoklariga suv chechakdagiga oʻxshash toshmalar toshadi, harakati chegaralanadi.

Surunkali poliartrit — organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, ichki sekretsiya bezlari funksiyasining oʻzgarishi, murtaklarning yalligʻlanishi sabab boʻladi.

Rеvmatik poliartrit

Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli yalligʻlanish kasalligi boʻlib, surunkali jadallashuvchi eroziyali-destruktivli poliartrit bilan ifodalanadi.
Rеvmatik poliartritda ogʻriklar oʻziga xos koʻrinishda boʻladi: bunda yirik boʻgʻimlar jarohatlanib, asimmеtrik xaraktеrda boʻladi, ogʻriqlar «koʻchib yuruvchi» ko‘rinishni olib, jarayon bo‘g‘imlarda navbatma-navbat ko‘chib yuradi. Og‘riq yangi bo‘g‘imga ko‘chganda dastlabki bo‘g‘imdagi og‘riqlar kamayib harakat tiklanadi

Klinik ko‘rinishi

Kasallikning boshlanishi har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha u asta-sekin, sust-prolongirlangan, lekin o‘tkir yoki yarim o‘tkir ko‘rinishida rivojlanadi. Xastalikning klinik ko‘rinishida muhim o‘rinni bo‘gim sindromi — 85 foizgacha, qolgan 15 foizni bo‘gimdan tashqari (visserial) turi tashkil qiladi. Visserial turining ilk ko‘rinishi qon tomirlar zararlanishining tarqashiga — (shikastlangan a’zo vaskulitiga) bog’liq. Xastalik boshlanishini qo‘zg‘atuvchi omillar: gripp, angina, yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi, asabiy taranglashish, sovqotish, bo‘gimning lat yeyishi, dori moddalari, homiladorlik va tug‘ish.

Bo‘gim sindromi

Xastalik boshlanishidagi asosiy belgi — poliartralgiya — yallig‘lanishsiz og‘riq — simmetrik joylashgan mayda (ko‘proq bilak, kaft-panja va falangalararo) bo‘gimlar shikastlanishi (50%), qisman yirik bo‘g‘imlar (25%) va monoartrit (25%) vujudga keladi. Og‘riq ertalab va kunning birinchi yarmida kuchliroq bo‘ladi, kechga borib kamayadi. Og‘rik shikastlangan bo‘gimlarda o‘zgarmas, doimiy bo‘lib, kasallik rivojlangan sari sekin-asta kuchayib boradi.
Bo‘gimlarda harakatning tangligi (siqiqligi), ayniqsa ertalab yoki davomli harakatsizlikdan so‘ng, revmatoid artritining eng ilk va turg‘un belgilaridan biridir. Bo‘g‘imlarda harakat juda qiyinchilik bilan bajariladi. Bu belgi bo‘gim atrofidagi to‘qimalar (periartikulyar) shishi, hamda qonda endogen glyukokortikoidlar miqdorining kamligi bilan tushuntiriladi.

Kristall (tuzli) poliartrit

Moddalar almashinuvi buzulishi natijasida bug’imlarda har xil kristall tuzlar to’planishi bilan xarakterlanadi.

Infeksion poliartrit

Revmatizm, sepsis, podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy beradi.

Bilollbek.

3 комментария

  1. Аноним

    poliartiridga qarshi qanday dori vositasi qullanilsa buladi javobingiz uchun oldindan rahmat

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*