Peritanit

Peritanit – qorin pardaning yallig‘lanishidir. Bunda biz qorin pardoning anatomik tuzilishiga e’tibor qaratishimiz kerak. Anatomik jihatdan qorin parda ikki qavat, pariyetal va visseral qavatlardan iborat. Pariyetal qavat qorin bo‘shlig‘ini, visseral qavat esa icki a’zolarni qoplagan bo‘ladi. Qoplanish ularni ya’ni ichki a’zolarni tashqi va ichki “mikroblar hujumlaridan” himoya qilish vazifasini bajaradi. Himoya esa ularning suyuqlik ishlab chiqarish va uni qayta so‘rish orqali ta’minlanadi. Agar, bu pardaning ishi yallig‘lanish oqibatida buzilsa, qorin bo‘shlig‘I himoyasiz qoladi.

Kelib chiqish sabablari.

Bu kasallik asosan, ichki a’zolarning yallig‘lanishi oqibatida yuzaga keladi.

  • O‘tkir appenditsit;
  • Oshqozon – ichak yarasi;
  • Pankreatit;
  • Jinsiy a’zolardagi yallig‘lanishlar (ko‘pincha ayollarda)
  • Qorin bo‘shlig‘idagi jarrohlik amaliyotidagi ehtiyotsizlik;
  • Qorin bo’shlig’idan olingan og‘ir jarohatlar;
  • Ehtiyotsizlik bilan o‘tqazilgan abort jarayoni oqibatida peritanit kelib chiqishi mumkin.

Kasallikning ilk davrlari umumiy belgilar, og‘iz qurishi, ich ketishi kuzatiladi. Keyinchalik qorinda mahalliy kuchli, jidab bo‘lmasa og‘riq, qayt qilish, shish hamda taranglik yuzaga keladi. Shu belgilar kuzatilgach bemorga tezda yordam berilmasa, og‘ir asoratlarga hattoki, o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Peritanit kasaligida qorin muskullari tarangligi oshib, qorinni muskullarini “presslangan” holatga keltirib qo‘yadi( Shyotkin-Blyumberg simptomi ). Buni biz qo‘llarimiz orqali qorin devorlarini paypaslash orqali ham bilishimiz mumkin.

Shifokorlar bu kasallikni aniqlashda turli usullardan – auskultatsiya, ultra tovush tekshiruvi (UTT) hamda tomografiya tekshiruv usullaridan foydalanishadi. Bulardan eng samaralisi sifatida tomografiya usuli tavsiya etiladi. Chunki, tekshiruv a‘zolardagi o‘zgarishlarning eng elementar birligini ham aniqlashga imkon beradi.

Yuqorida sanab o‘tilgan kasallik belgilari  kuzatiladigan bo‘lsa, tezda jarrohga murojaat etish zarur. Agar, peritanit hamda shunga o‘xshash jarrohlik amaliyoti talab qilinadigan kasalliklar murojaatchida aniqlanmasa, jarroh tomonida gastroenterologga yo‘naltiriladi.

Jarrohlik amaliyoti talab qilinadigan bo‘lsa, bu ham o‘z navbatida uch davrga bo‘lgan holatda shoshilinch amaliyot olib boriladi.

  1. Amaliyotdan oldingi davr – operatsiyadan oldin hayotiy muhim a‘zolar faoliyatida hech qanday kamchilik va nuqsonlar yo‘qligi so‘rov shaklidagi tekshiruvdan o‘tqaziladi.
  2. Amaliyot davri – yallig‘lanish tarqalayotgan asosiy manba aniqlanadi va u yo‘qotiladi. Qorin bo‘shlig‘I tozalanadi, yuviladi. Bo‘shliq ma’lum muddat ( Yallig‘lanish hajmiga qarab ) drenajlanadi.
  3. Amaliyotdan keyingi davr – bemorda jarohlikdan keyin hosil bo‘lgan choklarning tozaligiga hamda uning taomnomasi shifokor tavsiya etgan taonomaga mos kelayotganiga asosiy e’tibor qaratiladi.

Ma‘lumot o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, choklarga ular bitib ketguncha suv tegishi mumkin emas. Peritanit jarrohligidan keyin 75-90% hollarda chandiqlar yuzaga keladi. Lekin, buning 10% idagina chandiq kasalligi hosil bo‘lishi mumkin. Chandiqning kichik bo‘lishi bemor kasallikning boshlang‘ich davrida murojaat etishi hamda shifokor mahoratiga bog‘liq!

Bundan tashqari, chandiq hajmiga amaliyotdan keyingi davrda bemor ovqatlanish qoidalariga to‘g’ri rioya qilishi ham bog‘liq.

Peritanit kasalligini “boshidan o‘tqazgan” bemorlar  gaz hosil qiluvchi mahsulotlar – dukkaklilar, mosh, no‘xot, loviya, yeryong‘oq kabi mahsulotlarni, anor, nok, xurmo singari mevalarni iste’mol qilish mumkin emas.

Ularga asosan sabzi, olma soklarini ichish tavsiya etiladi. Mevalarni masalan, olmani bug‘ holatda pishirib iste’mol qilish mumkin.

Bundan tashqari, sut va sut mahsulotlari, sut, qatiq, suzma, yogurt kabilarni bemor 2-3 kundanmboshlab bema’lol iste’mol qilishlari mumkin!

 

Diqqat, yuqoridagi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat eting. Peritonit kasalligi hayot uchun xavfli, tezlik bilan yordam berish kerak bo‘lgan kasalliklar toifasidandir!

1 ta savol

  1. Peritant kasalligidan so’ng operatsiya qinindi xozirda qorinda dam bor

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*