El sog‘ligi — yurt boyligi

Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»

A’lochi bolalar – bu ota-onalarning cheksiz quvonchi, taqlid na’munasi, sinf va maktabning faxri hisoblanadi.

Bolalar borki, a’lo baholar ular uchun birdan-bir maqsad emas va vaqti-vaqti bilan o‘z mag‘lubiyatlarini ham tan olishadi. Aksincha, shunday bolalar ham borki, ular qayerda o‘qimasin – maktabdami, institutdami, ular o‘zlari ko‘tarilgan yuksak pog‘onalardan qulash vahimasi bilan yuradi, eng kichkina omadsizliklarni ham og‘riqli qabul qilishadi, o‘z sog‘ligini bahosi bilan yuqori marralarga erishishga harakat qilishadi. Bunday bolalarni – perfeksionistlar deb ham atalib, fransuzcha perfection – mukammallik so‘zidan olingan.

Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»

Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»

O‘z oldiga «hamma narsa a’lo bo‘lishi kerak» kabi maqsadlarni qo‘yib, ularga amalga oshirish uchun uyqusizlik, asab buzilishlari, ishtahasizlik kabi shikoyatlarni orttirib olishadi. Ular kichkina tanbehlarni ham keskin qabul qilishib, ularni omma oldida ajratib maqtab ko‘rsatishmasa arazlab, xafa bo‘lishadi. Bunday hollarda bola maktab baholariga bog‘lanib qoladi, muloqot va o‘yinlardan bosh tortadi, natijada esa o‘z tengqurlari bilan munosabat yuritishi esdan chiqarishadi.

Hayotda esa omad doim ham yor bo‘lavermaydi. Vaqti-vaqti bilan muvaffaqiyatsizliklarga duch kelish mumkin. «A’lochi» bolalar sindromi esa ularning katta hayotiga ham ta’sir etadi, ya’ni ularning yetishgan maqsadlari, ishidagilar, atrofdagilar, boshliqlaridan qoniqmaydilar. Bunday odamlar g‘alabaga, har qanday baho bilan bo‘lsa ham muvaffaqiyatga erishishga odatlanishadi. Kichik xatolarni ular og‘riqli qabul qilishadi, ularning dunyoqarashi bo‘yicha «barcha narsa» yoki «xech nima» shioriga tayanishadi.

A’lochi sindromi quyidagi holatlarda ham kelib chiqadi

  • Ota-onalar o‘zlari omadsizlikka uchragan sohalarda farzandlari birinchi bo‘lishini xohlashadi. Bu bilan ular o‘z muvaffaqiyatsizliklari uchun o‘ch olgan isoblaydilar.
  • Ko‘p hollarda bolalar a’lo baholari bilan ota-onasi muhabbatini qozonishni istashadi.
  • Birinchilardan bo‘lish istagi, o‘z-o‘ziga past baho berish natijasida paydo bo‘ladi.
  • O‘ziga ishonish, o‘ziga bo‘lgan ijobiy baho, faollik va tashabbuskorlik, baxt uchun katta ahamiyatga ega.

Perfeksionizmdan qanday qutulish mumkin

  • Bolaga baholar bilan u faqat maktab hayotida emas har doim va har yerda to‘qnash kelishi kerakligi haqida uqtirish kerak. Baholar doim ham odamning o‘zi haqida fikrni baholamasligi, kayfiyatni belgilab bermasligi haqida tayinlash lozim. O‘z oldiga qo‘yilgan maqsad bu – tabiat tomonidan berilgan iste’dodni ochishdan iborat. Baholar esa qo‘shimcha bir bo‘g‘in xolos. Ular bolani o‘ziga bo‘lgan munosabatini pasaytirmasligi lozim.
  • Bolangizga uni shu holicha, uning maktabdagi omadlari, kundaligidagi baholaridan qat’iy nazar qadrlashingizni va sevishingizni ta’kidlash lozim. Agar bola uni shunchaki yaxshi ko‘rishini bilsa, unga yashash va omadli bo‘lish ancha osonlashadi. Albatta bolangizni muvaffaqiyatlarini maqtab turing. Yaxshi o‘qish uning o‘zi uchun kerakligini uqtiring.
  • Bolani kundalik grafigini ziq qilib tuzmang: maktab darslari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, sport to‘garagi va ingliz tili kurslari orasida bolani tinchlanishi, biroz hayolini jamlashi va toza havoda o‘rtoqlari bilan o‘ynashiga vaqt qoldiring. Aks holda asabiy, tushkun kayfiyatli bolani tarbiyalaysiz. Bu bolangizning hayoti, uning yoshligi qaytib kelmaydi. Hayotdan qoniqmaganlik hissi esa bir umr qolishi mumkin.
  • Bola o‘ziga ishonmagan, harakatlaridan qoniqmaydigan, tavakkal va xato qilishdan qo‘rqadigan bo‘lib o‘smasligi uchun uni o‘zgalarning bahosidan mustaqil holda tarbiyalang.

Bolalardan «yuqori muvafaqiyatlar» talab qilishdan oldin bolaning imkoniyatlari, temperamenti, axborotlarni o‘zlashtirishni individual tezligini hisobga olish kerak.

© Gepamed.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *