El sog‘ligi — yurt boyligi

Past qon bosimi bilan kurashish uchun tavsiyalar

Tibbiyot nuqtai nazaridan, insonlarda yuqori va past qon bosimi kuzatiladi. Gipotoniya — ko‘pincha past qon bosimi kuzatiladigan kasallik.

gipotoniya

Biz har kuni o‘zimizni tetik his qilish uchun qahva ichishga odatlanganmiz. Biroq bu kasallikni birgina qahva bilan davolab bo‘lmaydi. Gipotoniyaning klinik ko‘rinishi asosan charchoq hissi, ishlash samaradorligining pasayishi, bosh og‘rig‘i, lanjlik, o‘rindan turganda ko‘z oldining qorong‘ulashishi, uyqu kelishi, ba’zan esa hatto bosh aylanishi bilan kuzatiladi.

Gipotoniya — jiddiy kasallik va bu yerda o‘zboshimchalik bilan davolanib bo‘lmaydi. Murojaat qilinishi kerak bo‘lgan shifokor — kardiolog, u to‘liq tekshiruv o‘tkazib, sababini aniqlaydi va sizning kasalliklar tarixingizdan kelib chiqib, zarur dori vositalarini belgilaydi.

Past qon bosimi bilan kurashish

Past qon bosimi bilan kurashishning bir necha varianti mavjud:

Suv

Gipotoniklar kuniga odatdagidan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishi kerak. Bu ularga qon bosimni me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

Uyqu

Gipotoniklar 9-10 soat uxlashi kerak. Bu vaqt ularga kun davomida sarflagan kuchlarini qayta tiklashga yordam beradi.

Faol hordiq va piyoda sayr qilish

Harakat — bu hayot. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullaning. Eng yaxshi dori — piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar. Bizning barcha harakatlarimiz qon aylanishini yaxshilaydi, u tomirlar bo‘ylab harakatlanib, tanadagi barcha organlarni ishlashga majbur qiladi va natijada umumiy jismoniy holat yaxshilanadi.

Dush

Kontrast dush juda foydali, chunki u qon tomirlar holatini yaxshilaydi. Sovuq suv quyish, sauna, uqalash va h.k. Biroq shuni yodda tutish lozimki, harorat rejimini keskin o‘zgartirish (sovuqdan issiqqa chiqish) mumkin emas. Bu hatto hushni yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.

Ehtiyotkorlik

Past qon bosimi kuzatiladigan kishilar o‘rinlaridan keskin turishlari tavsiya etilmaydi. Keskin qo‘zg‘alish natijasida gipotonik hushini yo‘qotishi mumkin.

Uqalash

Su Jok terapiyaga ko‘ra, quloqlar organizmning eng ta’sirchan nuqtalaridan biridir. Uqalash mashqlarini qo‘lda yoki biror ingichka predmet, masalan, gugurt cho‘pida amalga oshirish mumkin. Gugurt cho‘pi yordamida qulog‘ingizdagi eng og‘riqli nuqtani topib, o‘zingizni yaxshi his qilmaguningizcha uqalayvering. Avval og‘riqli nuqta atrofini (20 soniyacha), keyin esa og‘riqli nuqtalarni bosib uqalanadi.

Bosim kuchi va chastotasini, shuningdek ta’sir nuqtalarini o‘zgartirib turing, ora-orada tanaffus qiling. Agar bosh aylanishi, kuchsizlanish yoki boshqa belgilar namoyon bo‘la boshlasa, uqalash mashqlarini to‘xtating. Qo‘l va oyoqlaringizdagi barmoqlar uchlarini uqalang, ular deyarli butun tana a’zolariga ta’sir o‘tkazadi.

Agar gipotoniyadan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, unutmang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda. O‘zingizga qanday munosabatda bo‘lsangiz, shunday his qilasiz. Shunday ekan, sog‘liq borasida qayg‘urishni orqaga surmang. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling va salomat bo‘ling!

Gipotoniya kasalligini bartaraf qilishda tavsiya etiladigan tabiiy retseptlarni haqida MANA BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

© Kristina Smirnova.
Orthodox.od.ua / Kun.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *