Parhez sizga mosmi?

Parhez tutmoqchimisiz? Bundan avval albatta ovqatlanish tartibingiz, turmush sharoiti va surunkali kasalliklaringizni e’tiborga oling.

Ozishdan avval…

Parhezingiz o‘zingiz uchun ham yoqimli va xavfsiz bo‘lishini istasangiz, bir necha qoidalarni nazardan qochirmang:
Tanangizni tonusda ushlab turing. Buning uchun bir necha kunlab sport zalida shug‘ullanish shart emas, istagan jismoniy faollik organizmga foyda keltiradi. Masalan, raqs, velosipedda uchish, kechgi sayr, o‘zingizga yoqadigan biror jismoniy tarbiya usullarini tanlashingiz mumkin.

  • Tez-tez (har 3-3,5 soatda), ammo kam-kamdan yeng, organizmingiz ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘la boradi. Aksincha, organizmni umuman och qoldirsangiz, tana suvsizlana boshlaydi. Shuning uchun parhez tutmoqchi bo‘lsangiz, gazlangan ichimliklar, shirin, unli, uglevodga boy (go‘sht) taomlarning porsiyalarini kamaytiring.
  • Suv iching. Kunlik meyor — 1,5-2 l. Agar kuniga kamida 5 marta oziqlansangiz, har taom iste’moli paytida 1 stakandan va ovqatlanishlar orasida yana 1 stakandan suv iching.
  • «Biriktiruvchi to‘qima»larni qabul qiling! Kletchatka organizmning o‘ziga xos «tozalovchisi» bo‘lib, ozishda eng ko‘p qatnashadigan to‘qimadir. U mevalar, sabzavotlar va yirik tortilgan undan qilingan non tarkibida bo‘ladi. Shuningdek, kletchatkani dorixonalarda ham sotishadi. Kuniga 35 gr. iste’mol qilish kerak.

Eng to‘g‘ri tanlov

Parhez aynan sizga mos tushganini quyidagilar orqali aniqlashingiz mumkin:

  • ochlik hissi vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib, ozroq ovqat yeyish bilan o‘tib ketsa;
  • ishchanligingiz ortsa, kayfiyatingiz ko‘tarilsa, quvvatingizga quvvat qo‘shilsa; mabodo hadeb ovqat yegingiz kelaversa, jizzaki bo‘lib qolsangiz, darmonsizlik, lohaslik qiynasa, demak, tanlangan parhez sizga to‘g‘ri kelmaydi.

Muhim!

Mustaqil ravishda parhez tutish ayniqsa, qand kasali, gipertoniya, ishemik xastaliklar, semirishning 3-darajasi tashxisi qo‘yilgan bemorlarga qat’iyan man etiladi.

Hayot tarzingiz
 
Parhez tutish bo‘yicha tavsiyalar
 
Shirinliklarni yaxshi ko‘rasiz;
har ovqatlanganda ko‘p yeb qo‘yasiz;
oilaviy o‘tirishlar jonu dilingiz;
mahsulotlarning kaloriyasi bilan qiziqmaysiz;
yotoqda shunchaki yotishni yaxshi ko‘rasiz;
fitnes bilan umuman shug‘ullanmaysiz.
Ovqatlanishga chegara qo‘yish sizda qattiq stressni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuning uchun taomnomangizni biroz o‘zgartiring.
Yog‘li ovqatlardan tiyiling, shirin va unli mahsulotlar oyda 2-3 kg. yo‘qotishga yordam beradi.
Ko‘proq sayr qiling, tonggi badantarbiya bilan shug‘ullaning. Asta-sekin yangi turmush tarziga ko‘nikasiz.
Shunda o‘zingizga eng yoqqan parhezga rioya qilishingiz osonlashadi.
 
U yoki bu parhezni tutib ko‘rgansiz;
ko‘p yemaslikka harakat qilasiz;
fitnes-klub yoki basseynga borib turasiz;
doimiy ravishda vazningizni o‘lchaysiz;
faol dam olishni yoqtirasiz;
bir necha kun avval haftalik yo oylik taomnomani tuzasiz;
odatda kechasi ovqatlanmaysiz.
Siz irodali ayolsiz, chiroyli qomatga ega bo‘lish siz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
O‘z ish grafigingizga e’tibor bering-chi: siz yo tushki ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yuborasiz, yo ko‘p taom yeb qo‘yasiz.
Oziq-ovqat sotib olishda diqqatli bo‘ling: yorliqlarini o‘qib, tarkibidagi oqsil, uglevod va quvvatini albatta hisoblang.
 
Siz hamisha qomatingizni nazorat qilasiz;
hozirgi holatingizdan to‘liq rozisiz;
to‘kin-sochin dasturxonlarni xushlamaysiz;
suyaklaringiz va ko‘krak qafasingiz ingichka;
nihoyatda og‘ir-bosiqsiz;
kuniga 4-5 marta, kam-kamdan ovqat tanovvul qilasiz;
suzish va fitnesni yoqtirasiz.
Siz sog‘lom turmush tarzini olib borasiz, vazningiz ham uzoq yillar davomida o‘zgarmas bo‘lib qoladi.
Ammo yosh o‘tishi bilan sizda ortiqcha kilogrammlar muammosi paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
O‘shanda aslo tushkunlikka tushmay, tezgina bu muammoni bartaraf etasiz.
Buning uchun vaqti-vaqti bilan ozish uchun parhez qilinadigan kunlar o‘tkazib turishingiz kerak.

 

«Sug‘diyona» gazetasi.

«Sugdiyona.uz» nashri.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*