3.7
(28)

Qanday ozish kerak? Ochlikka qanday barham berish lozim kabi savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Biroq ortiqcha yog‘lardan halos bo‘lish uchun hech qanday ochlikni boshdan kechirish shart emas. Shunchaki, moddalar almashinuvini yaxshilaydigan mahsulotlar iste’mol qilsangiz bas. Quyida bunday mahsulotlar sirasiga qaysilari kirishini Sabo gazetasi talqinida bilib olasiz.

Ozmoqchiman

Ozish uchun yong‘oqlar

Yer yong‘oq — uni bir ovqatlanish orasida iste’mol qilgan ma’qul. U moddalar almashinuvi hamda yog’ kislotalari faoliyatini yaxshilaydi. Xolesterinni kamaytiradi. 100 gr. Yeryong‘oq tarkibida 560 kaloriya mavjud. Shu sababli 10-12 dona yeryong‘oqni yeyish kifoya. Kuniga 50 gr.dan oshmasligi lozim. Biroq, yeryong‘oq allergiya qo‘zg‘atishi mumkinligini ham unutmang.
Bodom — kaliy, fosfor va temirga boy. U o‘zida ko‘pgina yog‘larni saqlasada, u odamni semirtirmaydigan yog‘lar sirasiga kiradi. Xolesterinlar miqdorini meyorlashtirib lipidlarni kamaytiradi. Kuniga 30 gr. Bodom yeyish maqsadga muvofiq.
Yong‘oq — Ko‘p miqdorda protein hamda omega-3 kislotasini o‘z tarkibida yong‘oqlar ham saqlaydi. Ozish istagida bo‘lganlar uchun yong‘oqlar juda foydali. Kuniga 2 dona yong‘oq yeyishlari mumkin.

Ozish uchun mevalar

Olma — Olma ham ozdiruvchi mahsulotlar qatorida mustahkam o‘rin tutadi. Ovqatdan keyin bitta olma yeyilsa yog‘larni organizmga singishi va qondagi qand miqdori ko‘payishining oldini oladi.
Noklarda ham oshqozon faoliyatini yaxshilaydigan toksin va og‘ir metallar mavjud. Nokda olmaga qaraganda ko‘proq fruktoza bor bo‘lib, chiroyli qomat uchun juda muhim.
Anjir — 2-3 dona meva iste’mol qilinganda ochlik hissi bartaraf bo‘ladi, kam kaloriyali meva hisoblanadi.
Ananas— oqsillarni yaxshi parchalab tezda hazm qiladi. Uni ovqatlanishdan oldin yegan ma’qul.
Kivi— arteriyalar faoliyatini yaxshilab, yog‘larni tanada to‘planmasligiga yordam beradi. Organizmni shlaklardan tozalab, xolesterinni kamaytiradi, modddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bir dona kivi C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojni to‘ldiradi.
Qulupnay, malina, smorodina — ular nafaqat qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi, balki hujayralarni yog‘lardan halos etib, ajin tushishining oldini oladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Vazn tashlashning oson yo‘llari

Quruq mevalar

Quruq mevalardan ham ozishda samarali foydalanish mumkin. Ularni ovqatlanish oraliqlarida choy bilan birga iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Bularga o‘rik, xurmo, olma, olxo‘ri kabi mevalarning qoqisi, mayiz kiradi. Eng muhimi bunda me’yorni ushlay bilishdir. Kun davomida 50-150 gr. quritilgan mevalar yeyish mumkin.

Ozish uchun sabzavotlar

Sabzavotli salat — turli sabzavotlar yordamida tayyorlangan salat vitaminlarga boy bo‘lib, uni ozgina o‘simlik moyi va limon sharbati qo‘shib yeyish lozim. Bunday salatlarni ovqatan avval yeyish kerak.
Sabzavotli sho‘rva — karam va boshqa sabzavotlardan tayyorlangan qaynatma sho‘rva ham ozishga yordam beradi. Faqat kartoshkani bunday sho‘rvalarga qo‘shmagan ma’qul.
Karam— vitamin, mikroelementlarga boy. Biroq, kaloriyasi juda kam. U oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Sabzi — sabzi va sabzi sharbati organizmda ortiqcha yog‘lar to‘planishining oldini oladi.
Qo‘ziqorin — xolesterinni kamaytirib, yog‘larni eritadi. Jigar uchun foydali. Parhezhdagilar uchun go‘sht o‘rniga qo‘ziqorin yeyish tavsiya qilinadi.
Ko‘katlar — yog‘lar almashinuvini faollashtirdi . Ularni quritilgan, muzlatilgan hollarda ham foydalanish mumkin.

Oqsillar

Baliq go‘shti — u omega-3 yog‘ kislotalariga ega. U yurak faoliyatini yaxshilash bilan birga ortiqcha yog‘larni erishga yordamlashadi. Qolaversa, ishtahani me’yorlashtiradi. Mutaxasisilar fikriga ko‘ra haftasiga bir marta baliq go‘shti iste’mol qilish kerak ekan.
Guruch — ozish istagida bo‘lganlar uchun ko‘proq istemol qilish tavsiya qilinadi. U organizmni zararli moddalardan tozalaydi, B guruh vitaminlariga juda boy.
Tuxum — U oziqlantiruvchi moddalarga hamda B va C vitaminlariga juda boy. Tuxumni nonushta vaqtida yeyish ortiqcha vaznni ikki barobar tezroq bartaraf etadi. Faqat uni yog‘siz iste’mol qilish kerak.
Sut — foydali xususiyatlarga juda boy bo‘lish barobarida ozishga ham yordam beradi. Biroq faqat sut bilan parhez qilinganda bir haftadan ortiq bu parhezni qo‘lamaslik shart. Yog‘siz qatiq esa mikrofloralarni tiklab, ortiqcha vaznda qutulishga yordam beradi.
Yogurt — Kalsiy – ochlikni va ortiqcha vaznni bartaraf etuvchi mahsulotlarning qirolidir. Kalsiy yordamida organizmga ortiqcha yog‘lar yig‘ilmaydi. U proteinlarga boy bo‘lib, bo‘yni ham o‘stiradi. Qondagi qand miqdorini me’yorida saqlaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ozish uchun nonlar foydalimi?

Shuni unutmangki, har qanday me’yoridan ortiq iste’mol qilingan mahsulotlar tanada ortiqcha vazn to‘planishiga olib keladi.