4
(2)

Maqolada biz siz ovqatlanish borasida yo‘l qo‘yadigan qanday xatolar ozish jarayoniga to‘sqinlik qilishi haqida gapiramiz.

ozish xatoliklar

Siz ovqatning muayyan miqdori o‘lchamiga e’tibor bermaysiz

Ko‘pchilik foydali oziq-ovqatlarni cheklanmagan miqdorda yeyish mumkin deb hisoblaydi. Bu katta xato. Hatto yormalar, qora undan qilingan makaronlar yoki shirin mevalar kabi foydali oziq-ovqatlarni ham cheklanmagan miqdorda iste’mol qilish sizning ozish uchun qilayotgan harakatlaringizni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Qanday tuzatish kerak?

Oshxona uchun tarozi sotib oling va iste’mol qilayotgan hamma oziq-ovqatlaringizni o‘lchang.

O‘ramlarda va jadvallarda 100 gramm ishlov berilmagan mahsulotning kaloriyasi ko‘rsatilishini esingizda tuting, xom va pishgan mahsulotlarning og‘irligi esa bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Shuning uchun oziq-ovqatlarni yoki tayyorlashdan oldin o‘lchang, yoki jadvallardan tayyor oziq-ovqatlarning kaloriyasi to‘g‘risida izlab ko‘ring.

Siz qovurilgan taomlarni afzal ko‘rasiz

Qovurish jarayonida foydalaniladigan o‘simlik yog‘i taomning kaloriyasini juda oshirib yuboradi.

Qanday tuzatish kerak?

Boshqacha tayyorlash usulllaridan foydalaning: oziq-ovqatlarni duxovkada pishiring, bug‘da tayyorlang.

Yog‘siz qovurish imkonini beradigan, kuyishga qarshi qoplama o‘rnatilgan tova sotib oling.

Agar qovurishda yog‘ ishlatmoqchi bo‘lsangiz, uni tovaga butilkadan quymang, tova ustini cho‘tkacha bilan biroz moylasangiz yetarli bo‘ladi.

Siz haddan tashqari ko‘p foydali shirinliklar yeysiz

Ko‘pincha konfet va pechenyelarni foydaliroq shirinliklar: yong‘oqlar va quruq mevalarga almashtirishni maslahat berishadi. Ha haqiqatan ham ularda foydali moddalar juda ko‘p, lekin kaloriyasi ham ancha katta.

Qanday tuzatish kerak?

Quruq mevalar va yong‘oqlar qo‘yilgan likoplarni ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.

Foydali shirinliklarni yeyishdan oldin, ularni o‘lchang va kaloriyasini hisoblang.

Ozish haqidagi foydali maqolalarni saytimizninh «OZISH» rukni orqali o‘qib borishingiz mumkin.

Lady.day.az / Daryo.uz