Ozish uchun yozgi diyeta

Har birimiz yozgi ta’tilni dam olishni oylab, intizorlik bilan kutamiz. Qayerga borishimiz va bo‘sh vaqtimizni qanday o‘tkazishimizga qaramay, yaxshi diyeta qilaylik.

Diyetaning asosiy shartlari

  • Oz biroq tez-tez ovqatlanish;
  • Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish;
  • Sabzavot va mevalar vitaminlarning eng zo‘r manbai;
  • Yengil diyetalar qoidalariga amal qilish

Oz biroq tez-tez ovqatlanish

Agarda biz kechki ovqatni ko‘p iste’mol qilsak, ovqat oshqozonda qolib, qorin shishadi, zarda bo‘lib, og‘irlik hissi paydo bo‘ladi. Shuning uchun har 3-4 soatda 4-5 mahal kichik taomlar iste’mol qilganimiz ma’qul.

Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish

Quruq havo, shabboda, yozgi yuqori harorat va doimiy quyosh ta’siri tanamizni odatdan ko‘ra tez suvsizlantiradi. Suv inson tanasining asosiy tarkibidir. Tanamizdagi barcha jarayonlar suv bilan bog‘liq. Shuning uchun iloji boricha ko‘p suyuqlik ichishimiz lozim. Bu hazm qilishni tezlashtiradi va tanamizga zararli moddalardan halos bo‘lishga yordam beradi. Suv tana hujayralarining asosiy elementidir. Suvsizlik natijasi teri qurishi, ajin tushishi va g‘azab orqali nomoyon bo‘ladi. Yoz paytlarida biz kuniga kamida 2,5 litr suv ichishni unutmasligimiz lozim.

Kichik porsiyalar

To‘g‘ri taomlarni to‘g‘ri vaqtlarda iste’mol qilish orqali, siz tanangizni kerakli energiya miqdori bilan ta’milaysiz, hamda ichaklar harakatini yaxshilaysiz. Oz miqdorda ovqat iste’mol qilganimizda oshqozon yaxshi ishlaydi va u o‘sha zamon hazm qiladi.

Sabzavot va mevalar – vitaminlarning eng zo‘r manbai

Agarda biz quyoshda ko‘p vaqt o‘tkazsak terimiz rangi yaxshilanadi biroq sog‘lig‘imiz yomonlashishi mumkin. Ushbu muammoning ta’siri, quyosh ta’siriga uchragan joylarda, teri qarishi, dog‘ tushishi, tomirlar o‘zgarishida ko‘rinishi mumkin. Biz terimizni quyosh ta’siridan samarali himoyalaydigan to‘g‘ri kosmetik vositalardan (kamida faktor 15) foydalanishimiz lozim. Bundan tashqari biz iloji boricha ko‘p miqdorda yangi sabzavot va mevalarni iste’mol qilishimiz kerak. Birinchi navbatda biz A, C yoki E kabi vitamin va antioksidantlarga boylarini tanlashimiz lozim. Ular quyoshni tanamizga ta’siri natijasi erkin radikallar bilan kurashadi.

Quyidagilar yuqorida keltirilgan vitaminlarning eng yaxshi manbai:

A: (beta karotin): sariq, to‘q sariq yoki yashil rangli meva va sabzavotlar – sabzilar, oshqovoq, no‘xatlar, loviya shodalari, brokkoli, o‘riklar, shaftolilar, qovunlar;
C: namatak, reza mevalar, sitrus mevalar, bulg‘orilar, pomidorlar, petrushka, karam, kartoshkalar, yer qalampir;
E: o‘simlik yog‘lari, novdalari va urug‘lari (ayniqsa bug‘doy), bargli sabzavotlar: petrushka, ismaloq, latuk salati va jo‘xori.

Jismoniy faoliyat haqida unutmang

Dengiz bo‘yiga yoki tog‘ga ketayotib o‘zingiz bilan velosiped olib keting va uni sohilda yotish o‘rniga ishlating. Ertalabki yugurishdan so‘ng siz kun bo‘yi faolroq bo‘lasiz. Biz suzishni, suzishni va … yana suzishni tavsiya etamiz. Bu tanangiz uchun juda muhim, ayniqsa umurtqa uchun, bundan tashqari buni biz yil davomida kutganmiz!

Diyetani yengil tuting

Yozning uzun kunlari energiyani saqlab turish juda qiyin. Hazm qilish jarayoni sekinroq kechadi va tanani ko‘p yuklamaslik uchun, uzoq vaqt davomida oshqozonda qolib ketadigan og‘ir ovqatlardan chetlaning. Biz ozuqaga boy yengil mahsulotlarni tanlashni tavsiya qilamiz.

Yengil diyetaning asoslari

  • Og‘ir yog‘li taomlardan (yog‘li taomlar, sovuq go‘shtlar, souslar) bosh torting;
  • qovurilgan ovqatlarni ayniqsa yaxshilab qovurilganlarni tanlamang – yaxshisi pishirilgan, parlangan, dimlangan, o‘rab pishirilgan taomlarni tanlang;
  • yog‘li og‘ir sho‘rvalar yoki qovurdoqlardan qoching;
  • ko‘p miqdorda ziravorlarni ishlatmang.

Menyu

Nonushta: nonushta yormasi sut bilan, keks piyozli pishloq, yaxna limon choy.

Ikkinchi nonushta:  Meva salati.
Tushlik: pomidor sousida pishirilgan tovuq, pishirilgan ismaloq, sabzi-olma sharbati, limon va muzli suv.
Tushlikdan keyingi ovqat: ayron o‘rmon mevalari bilan.
Kechki ovqat: 3 burda non, yumshoq qilib qaynatilgan tuxum, o‘rik, choy.

  • Mavzuga aloqador eng mashhur maqola: Tez va oson ozish

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*