O‘zbekistonda qon o‘rnini bosuvchi suyuqlik tarkibi yaratildi

“REKA-MED FARM” O‘zbekiston-Rossiya-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi xodimlari tomonidan qon o‘rnini bosuvchi suyuqlik tarkibi ixtiro qilindi.

Mazkur ixtiro tibbiyot sohasidagi yaratilgan yangiliklardan yana biri bo‘lib, u aniq ifodalangan antioksidant, diuretik va dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadigan, gemodinamika, metabolizm, izdan chiqqan kislotali-asosiy holat va elektrolit almashinuvini tiklashga yordam berdi.

Shuningdek, intoksikatsiyaning har xil turlarida va shok holatlarida maksimal qisqa muddatlarda buyrak funksiyasini, hujayra darajasida energetik almashinuv jarayonlarini tiklashga qodir bo‘lgan polifunksional ta’sir ko‘rsata oladigan osmodiuretik qon o‘rnini bosuvchi tarkibdir.

Hammualliflar — X.Ya.Karimov, L.Shevchenko, Ye.Yu.Staforova va Ye.L.Kuzmichevalarga ushbu ixtiro uchun № IAP 05053 raqamli patent berildi, deb xabar beradi Intellektual mulk agentligining axborot xizmatii ma’lumotlariga tayanib Uz24.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*