El sog‘ligi — yurt boyligi

O‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topshira oladimi?

Ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtiradigan yana bir savollardan biri, o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’limni o‘zbek tilida (yoki rus) olgan abituriyent OTMning rus tili guruhiga (yoki o‘zbek) hujjat topshira oladimi yoki yo‘qmi degan savoldir.

Sababi ba’zi OTM qabul komissiyalarida abituriyentlar OTMgacha o‘qigan tilda hujjat topshirishi mumkinligini, tilni o‘zgartirishga haqqi yo‘qligini ta’kidlashayotganligi haqida ma’lum qilishadi. Aslida bu qanchalik to‘g‘ri?

test topshiriladigan fanlar

Hozir shu savolga javob berishga harakat qilamiz. O‘zbekiston RespublikasiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 4-bandiga asosan, O‘zbekistonda test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu nizomda yana quyidagicha qoida bor: Abituriyent test sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.

Yuqoridagi qoidani ba’zan noto‘g‘ri tushunishlariga guvoh bo‘lib qolamiz. Mazkur bandda abituriyent OTMda o‘qiydigan tilda test topshirishi kerakligi aytilgan, balkim OTMgacha bo‘lgan tilda emas. Shuningdek, yuqoridagi Nizomning 12-bandida abituriyent OTM qabul komissiyasiga ariza topshirayotganda quyidagi narsalarni ko‘rsatib o‘tishi kerakligi ta’kidlangan:

  • ta’lim yo‘nalishi;
  • o‘quv tili;
  • shakli.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur banddagi qoidadan ham o‘quv tilini abituriyent o‘zi tanlashi ma’lum bo‘ladi. Nizomning bironta qismida o‘rta va o‘rta-maxsus ta’limni o‘zbek (yoki rus) tillarida o‘qigan abituriyent OTMning rus (yoki o‘zbek) tilidagi yo‘nalishiga hujjat topshira olmasligi haqida taqiq yo‘q. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tilida test sinovlari topshira oladi.

Maqola «Abituriyent-2017» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha ynagiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *