3.7
(10)

Otit — o‘rta quloqning yallig‘lanishi bo’lib, bu kasallik, xususan, yosh bolalarda uchrab, bir muncha og‘ir kechadi, quloq qattiq og‘riydi, harorat ko‘tariladi, eshitishi ancha pasayadi, miya va uning pardasiga asorat berishi mumkin.

Kasallik sabablari

Bunga ko‘pincha yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: gripp, qizamiq, skarlatina va boshqalar sabab bo‘ladi. Bunda yallig‘lanish jarayoni burun-halqumdan eshitish nayi orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tadi, hosil bo‘lgan yiring, ba’zan quloq pardasini teshib, tashki eshituv yo‘lidan oqib chiqadi. O‘rta quloq yallig‘lanishi paydo bo‘lishida (ayniqsa, bolalarda) adenoidlar, polip, burun to‘sig‘ining qiyshayishi muhim o‘rin tutadi.

Belgilar va davolash

O‘rta quloq o‘tkir yallig‘lanishida bemorning qulog‘i, boshi qattiq og‘riydi va eshitish og‘irlashadi, ayrim hollarda harorat 37-38°C darajaga ko‘tariladi. Davoni shifokor tayinlaydi. O‘rta quloq yallig‘lanishida shifokor tavsiyasi bo‘yicha bozillama qilinadi, u og‘riqni pasaytiradi va nog‘ora bo‘shlig‘idagi yallig‘lanishning surilib ketishiga imkon beradi. Bozillamani quloq suprasiga emas, balki uning yon-atrofiga quyiladi. Buning uchun bir necha qavat dokani suvda yoki teng barobar spirt qo‘shilgan suvda ho‘llab, mato o‘rtasini qirqib, quloq suprasiga kiygiziladi.
Bozillamani har 4 soatda, bolalarda esa terisi kuyib qolmasligi uchun har ikki-uch soatda almashtirib turish lozim. Teng barobar suv qo‘shilgan spirtli va quruq-issiq bozillama navbatma-navbat kuyib turiladi.
O‘rta quloqni davolashda ilitilgan suyuq dorilarni (qaynatilgan) pipetka bilan tashqi yo‘lga qo‘yish yaxshi naf beradi. Buning uchun suyuq dori solingan shishacha 2-3 daqiqa ilik suvga kuyib quyiladi. Bemor sog‘ qulog‘ini bosib, yonboshlab yotadi, quloqqa quyilgan dori 10-15 daqiqa turishi kerak.

Profilaktika uchun

Otitning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, darmondorilarga boy ovqatlar iste’mol qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish lozim.Tamaki chekish va alkogolga ruju qilish nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Bu yallig‘lanish keyinchalik o‘rta quloqqa ham o‘tadi. O‘z vaqtida to‘g‘ri davo qilinsa, bemor butunlay sog‘ayib ketadi. Ba’zan yallig‘lanish asoratlari yuzaga kelishi yoki surunkali otitda, vaqti-vaqti bilan yiring oqib turishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Meningit o‘tqazganlar taqdiri

Diqqat!

Quloqning barcha kasalliklari ham inson hayoti uchun xavfli, ayniqsa, yallig‘lanish va yiring oqishi quloq suyaklarining yemirilishiga olib keladi. Bosh miyaga oqib o‘tishi undan ham xavfliroq. O‘rta quloq yoki ichki quloq bo‘shligidan yiring oqishi quloqning eng og‘ir va xavfli kasalligi hisoblanganligi uchun uni vaqtida davolatib, quloqdan oqayotgan yiringni to‘xtatish lozim. Agarda o‘z vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya to‘qimasi abssessi kabi asoratlar ro‘y berishi mumkin.

 

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o’lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.