El sog‘ligi — yurt boyligi

2016—2017 o‘quv yili uchun o‘rtacha o‘tish ballari e’lon qilindi

DTM saytida oliy ta’lim muassasalariga 2016-2017 o‘quv yilida talabalikka qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov va o‘tish ballari to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilindi.

Unda 57 ta oliy ta’lim muassasasi hamda ularning 10 ta filiali, 2 ta fakulteti va 1 ta bo‘limida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ta’lim yo‘nalishlari kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida qabul rejasi, abituriyentlar soni, tanlov (1 o‘ringa to‘g‘ri kelgan abituriyentlar soni), yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish bali va o‘rtacha o‘tish bali keltirilgan.

O'tish ballari 2016-2017

O‘rtacha o‘tish bali

Muayyan yo‘nalishda davlat granti (yoki to‘lov-shartnoma) bo‘yicha talabalikka qabul qilingan barcha abituriyentlar to‘plagan ballarning o‘rtachasi demakdir.

O‘tish bali

Muayyan ta’lim yo‘nalishida belgilangan qabul kvotasi doirasida davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha eng quyi chegarasidagi qiymatidir.

Diqqat!
Imtihon natijalari e’lon qilindi.

Maqola «Abituriyent-2017» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha ynagiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

Сохранить

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *