El sog‘ligi — yurt boyligi

Oshqozon kasalliklariga sabab qidiramiz

Maktab yoshidagi bolalarda oshqozon kasalliklarini rivojlanishi oson bo‘ladi. Bunga sabab noto‘g‘ri ovqatlanishdir. Ertalab maktabga shoshayotgan bola yaxshilab ovqatlanishga vaqti va sabri bo‘lmaydi, peshinda nonushtaga berilgan pulni bola kompyuter o‘yinlariga yoki shirin kukuruzga ishlatishni afzalroq ko‘radi. Natijada bolaning oshqozoni ishdan chiqishni boshlaydi, fermentlar faoliyati buziladi, oshqozon osti bezi funksiyasi yomonlashadi.

Bolaning ovqatlanish tarzida eng muhimi tartib bo‘lishidir. O‘z vaqtida issiq ovqat va boshqa kerakli mahsulotlardan iste’mol qilish muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari quyidagi mahsulotlar nafaqat bolaning oshqozoni uchun balki butun organizmi va immun tizimi uchun zararli ekanligini bilib qo‘yish kerak.

Zararli mahsulotlar:

  • Kiriyeshka — bu sun’iy non bo‘lakchalarda organizm uchun xavfli kimyoviy moddalar mavjud;
  • Koka-kola, fanta — tarkibidagi kofein bolani uyqusi buzulishiga va asabiy bo‘lib qolishiga olib keladi;
  • Qurt — tuzning haddan tashqari ko‘pligi o‘sayotgan bolaning buyrak tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • Pista — gigiyenik qoidalarga umuman rioya qilinmay sotiladigan mahsulot. Uning ustki qoplami juda kir bo‘lib, bola oshqozonini yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin;
  • Shirin kukuruz — ichida shakarning miqdori juda ko‘p bo‘lgani uchun vaznni nosog‘lom ravishda tez ortishiga olib keladi;
  • Tez tayyorlanadigan lapsha va sho‘rvalar — bola organizmi uchun zararli kimyoviy moddalarga ega;
  • Sho‘r pechenelar — tuzning ko‘pligi bolaning buyragiga og‘irlik qiladi;
  • Saqich — u 30 daqiqadan ko‘p chaynalsa tish emalini yemirish hususiyatiga ega;
  • Chupa-chups — bolaning ishtahasini bo‘g‘adi va tish-jag‘ tizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • Gamburger — ichidagi kotlet tez pishishi uchun tarkibida organizmga zararli kimyoviy moddalar mavjud.

Bolaga yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlardan umuman bermaslik kerak. Afsuski, ayrim bolalar bu mahsulotlarni nonushta o‘rniga iste’mol qiladilar.

Bola ishlatayotgan pulni nazorat qilishni imkoniyati bo‘lmasa, pulni o‘rniga uyda tayyorlangan pirajka, somsa, non bilan pishloq yoki kolbasa kabi ishonarli yeguliklardan qaynagan choy bilan berib yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @DnkUz

loading...

Изоҳлар

  1. Xolbutayev Zoid

    Mening owqozonimda yara bor bu kasallikni oldini oliwning qanday chorasi bor

  2. Abdulatif

    Oshqozon osti bezim funksiyasi buzulgan. Shammolashga qarshi davolandim. Ko’p ishlayman, quvvat bilan ta’minlovchi parhez tavsiya qilishingizni so’rayman.

    • Urazbaev Mansur

      Nonushta:
      Sulidan bo‘tqa, tuxum oqidan tayyorlangan omlet, choy.
      Ikkinchi nonushta:
      Tvorog smetana bilan.
      Tushlik:
      Kuchsiz, go‘shtsiz sabzavot sho‘rvasi, kartoshka pyuresi bilan, qaynatilgan tovuq go‘shti, limon choy.
      Ikkinchi tushlik:
      Dimlangan olma.
      Kechki taom:
      Kartoshkali xunon.
      Kechga:
      Kefir.

      Bu parhez oshqozon osti bezi funksiyasi buzilgan bemorlarga tavsiya etiladi. Ma’lumotlar «Sog’lom ovqatlanish — salomatlik mezoni» kitobidan olindi!

  3. usmanova

    Oshqozonim 2-3 kundan beri ovqatlanganimdan so’ng og’riyapti. Og’riq 2,3 soat dovom etyapti.Tez-tez qornim ochyapti.Bu nimadan bolishi mumkun va qanday qilib davolasa boladi.Javob uchun oldindan rahmat.

  4. Uluģbek

    4,5, kun boldi jiģildonim qaynab kechasi shorsuv keldi i qusildi qattu keyin kechgacha hichnma yemadim 80:30 lada qaynatilgan tuxum yedim faqat novotchoy ichtim kechasi yana qustim keyin origidan uhlomadim tongacha 2,3 kundanberi qattu oru bovotti judayam
    Oriq cap qovirģani yoni oshqozonga yaqin joy pachti nma qisam boladi ?

  5. Uluģbek

    Va bu qusish ladan oldin istemol qilganlarim (energetik napitkasi,3 kunda 4 marotaba ichildi ohirgikuni icholmadim ohirgacha konglim aynidi keyin abetvohti bolib lavash istemol qildim ohirgacha yemadim otmadi va shu bundan oldingi yozganim boldi

  6. jolimbet

    Ish qurildaashiga nima sabab bolishi mumkin?

Fikr bildirish

Sizning email ingiz hech kimga ko‘rsatilmaydi. To‘ldirish zarur bo‘lgan kataklar * bilan ajratilgan