El sog‘ligi — yurt boyligi

Tibbiyot yo‘nalishlari uchun qo‘shimcha kontrakt miqdori qancha?

Avvalroq, 2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori qabul qilingani va unda qo‘shimcha kontraktlarning oshirilgan miqdori tasdiqlangani haqida ma’lumot bergan edik.

qo‘shimcha kontrakt

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt asosida belgilangan kvotadan tashqari oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha ravishda qabul qilish bo‘yicha tartib ishlab chiqdi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun quyidagicha miqdor belgilangan edi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Davlat komissiyasining tartibiga muvofiq, barcha ta’lim sohasi va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4 balldan ortiq ball yetmagan, eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlariga nazar tashlasak, eng qimmat to‘lov huquq yo‘nalishida ekanligini ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha-kontraktda o‘qish istagini bildirganlar birinchi o‘quv yili uchun 25 baravar miqdorida kontrakt to‘lashi lozim bo‘ladi. Bu bugungi kunda 246 mln. 250 ming so‘mni tashkil etmoqda.

ESLATMA: ushbu oshirilgan kontrakt miqdori faqat birinchi yil uchun to‘lanadi. Keyingi yillarda hamma qatori oddiy miqdordagi kontrakt to‘lanadi.

Tibbiyot oliygohlari uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari

 № Shifr Ta’lim sohasi va ta’lim yo‘nalishlari Amalda o‘rnatilgan miqdorga nisbatan oshirilgan to‘lov- kontrakt miqdori (so’m hisobida)
510 000 Sog‘liqni saqlash
 2 5510100 Davolash ishi 176.000.000
 3 5510200 Pediatriya ishi 176.000.000
 4 5510300 Tibbiy profilaktika ishi 176.000.000
 5 5510400 Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) 176.000.000
 6 5510500 Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 176.000.000
 7 5510600 Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) 176.000.000
 8 5510700 Oliy hamshiralik ishi 88.000.000
 9 5510800 Harbiy tibbiyot 176.000.000
 10 5510900 Tibbiy-biologik ish 176.000.000

© Xushnudbek.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.