Organlar transplantatsiyasi tarixiga bir nazar!

Yurak tranplantatsiyasi

Birinchi yurak transplantatsiyasi bundan 40 yil oldin – 1967 yil 3 dekabrda o‘tqazilgan. Jarroh Kristian Barnard operatsiyani janubiy afrikadagi Keyptaun shahrining Groote Schuur gospitalida bajargan. Bemor Luis Vashkanskiy, donor esa yo‘l-harakat hodisa oqibatida bosh miyasi qaytalanmaydigan darajada zararlangan qiz Deniz Darvall bo‘lgan. Operatsiya 9 soat davom etgan, bemor esa operatsiyadan so‘ng 18 kun yashagan va oxiri zotiljam kasalligidan vafot etgan. Shunga qaramasdan, yuragi ohirgi soniyalargacha urib turgan.

Buyrak tranplantatsiyasi

Doktor Djozef Myurrey birinchi marta buyrak transplantatsiyasini 1954 yil 23 dekabrda Peter Bent Brigham nomli Boston gospitalida amalga oshirgan. Bemor bo‘lib og‘ir kasal 23-yoshli Richard Gerrik bo‘lgan, buyrakni esa uning egizak-akasi Ronald bo‘lgan. Opersiya muvaffaqiyatli kechgan, Richard yana 8 yil yashagan. Kuchli antidepressantlarni ishlatish kerak bo‘lmagan, chunki buyrak bir xil genli yaqin qarindoshdan olingan.

buyrak transplantatsiyasi

Muguz parda tranplantatsiyasi

1907 yil 7 dekabr kuni oftalmolog Eduard Zirm dunyoda birinchi bor muguz parda (rogovitsa)ni Aluis Glodarga amalga oshirgan. Aluis qurulishda ishlardi va ish joyida ohakdan ikkala ko‘zini zararlagan. Donor bo‘lib 11-yoshli Karl Brauer bo‘lgan. Uni ko‘ziga metallik o‘rnini bosuvchilar o‘rnatilib, muguz parda ehtiyotkorlik bilan ko‘chirish uchun olingan. Aytmoqchi, bu operatsiya metodikasi hozirgachon deyarli o‘zgarmagan.

Jigar tranplantatsiyasi

Birinchi jigar transplantatsiyasi doktor Tomas Starlz tomonidan Denverda Kolorado Universitetida (AQSH) 1963 yili amalga oshirilgan. Ming afsuski, bemor operatsiyadan bir necha kundan so‘ng vafot etgan. 4 yildan so‘ng yana Starlz tomonidan shunday operatsiya bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, bemor bir yildan ortiq yashagan. Ikkala transplantatsiya qilingan organlar hozirda Kolorado universiteti tibbiyet ilmiy markazida Tomas Starlz transplantologiya asoschisi haq-xurmati uchun saqlanadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Gidrotsefaliya qanday kasallik?

O‘pka tranplantatsiyasi

O‘pka transplantatsiyasi birinchi marta Missisipi Universitetida doktor Djeyms D. Xardi tomonidan 1963 yil 11 iyunda bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatiz yakunlangan, bemor 18 kundan keyin jigar yetishmovchiligidan vafot etgan. O‘pka donori operatsiyadan ozgina vaqt oldin miokard infarktidan o‘lgan edi. Birinchi muvaffaqiyatli operatsiya esa Toronto Universitetida doktor Djoel Kuper tomonidan bajarilgan.

opka transplantatsiyasi 1

Oshqozon osti bezi tranplantatsiyasi

Oshqozon osti bezi transplantatsiyasi birinchi bor Minneapolis shtati Minnesota Universitetida doktorlar Richard Lillexei va Vilyam Kellilar tomonidan 1966 yili amalga oshirilgan. Donor organ 28-yoshlik ayolga o‘tqazilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lsada, afsuski bemor 3 oydan so‘ng o‘pka arteriyasi emboliyasidan vafot etgan.

Qo‘l tranplantatsiyasi

Birinchi bor to‘liq odam qo‘li 1998 yili 23 sentyabrda Fransiyaning Lion shahrida doktorlar Irl Evan va Jan-Mishel Dubernardlar tomonidan bajarilgan. Bemor yangi zelandiyalik Klint Xallam bo‘lgan, operatsiya 14 soat davom etgan. Operatsiyadan so‘ng Xallam tavsiya etilgan immunodepressant dorilarni qabul qilishdan bosh tortgan va 3 yildan so‘ng qo‘l ajralib chiqqan va bemor hoxishi bilan amputatsiya qilingan.

Yuz tranplantatsiyasi

Yuz transplantatsiyasi birinchi bor 2005 yil 27 noyabrda amalga oshirilgan. Ularni doktorlar Jan-Mishel Dubernard va Bernard Davashellar Fransiyaning Amiyens shahrida bajarishgan. Bemor bo‘lib yuzini itlar tishlab tashlagan Izabel Dinoir bo‘lgan. Burun sohasidagi teri fragmentini miyasi o‘lgan bemordan olishgan. Amaliyot muvaffaqiyatli tugagan, bemor operatsiyadan keyingi bosh periodda oz-moz qiyinchiliklarga uchragan holos.

Tuxumdon tranplantatsiyasi

Tuxumdon transplantatsiyasi birinchi bor 2007 yili qilingan. Uni doktor Sherman Silber Sent Luis tibbiyet markazi, Missurida amalga oshirgan. U Doroti Tillini o‘ng tuhumdonmnm uning opasi Syuzanna Batcherga o‘tqazgan. Ikkala opa-singilga operatsiya vaqtida 38 yosh edi, operatsiya 4 soat davom etgan, ayollar qornida esa atigi 1 santimetrlik chandiqqina qolgan holos. Genetik bir-hillik tufayli Syuzannaga immunodepressantlar qabul qilish kerak bo‘lmadi. Eng qiziqarlisi – Syuzanna 1 yildan so‘ng qiz farzand tug‘di, operatsiyadan oldin esa tuxumdonlar disfunksiyasi sababli bepusht edi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yurak haqida qiziqarli faktlar

© Med-info.uz nashri

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close