Organizmni tozalashning olti usuli

Har doim ham ovqatlanish ratsionimizni toʻgʻri tashkil etolmaymiz. Ba’zida ishga shoshamiz, ba’zida esa shunchaki unutib qoʻyamiz. Foydali mahsulotlarni tanovul qilish haqida-ku koʻpam oʻylamaymiz. Shunday boʻlsa-da, organizmimizning filtri hisoblangan jigarga oʻzini tozalashda yordamlashishimiz kerak.

Inson organizmi doimo ifloslanib, hayot uchun xavfli elementlar bilan toʻlib boradi. Agar siz, okean qurshovida yashayotgan boʻlmasangiz, bundan qutulishning iloji yoʻq. Lekin hech boʻlmasa, ularni organizmga tushishi kamaytirilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Quyidagi maslahatlarni muntazam bajarish bilan jigar faoliyatini yaxshilanishiga hamda zaharli moddalarni kamaytirishga erishasiz.

Kunni limondan boshlang

Uygʻonishingiz bilan, yarimta limon suvi siqilgan bir piyola iliq suv iching. Bu organizmni kaliy, kalsiy va magniy kabi moddalar bilan oziqlantiradi. Tunda organizmdan toksinlar chiqarib yuboriladi, bu esa, tanani suvsizlantiadi.Shuning uchun eng birinchi boʻlib organizmni suv bilan ta’minlash kerak. Limon jigarda enzim moddasini ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, bu esa ovqat hazm qilishi va yigʻilib qolgan zaharlarni ketgazishga yordam beradi. Vitamin C immunitetni mustahkamlaydi.

Harakatni koʻpaytiring

Umurtqa pogʻonasi elastikligini oshiruvchi har qanday sport mashgʻulotlari, masalan, yoga hazmi taomga va zaharli moddalarni chiqarishga yordam beradi. Doimiy stess ichki organlarda muammolar paydo boʻlishiga olib keladi. Tinchlantiruvchi mashqlar, chuqur nafas olish ichki muskullar va diafragmani yaxshilab, barcha organlarning faoliyatini mustahkamlaydi.

Koʻproq brokkolli iste’mol qiling

Doimiy shamollash yurak, qandli diabet va rak kasalligini keltirib chiqarar ekan. Buni oldini olish uchun esa, tarkibida oltingugurt moddasi boʻlgan mahsulotlarni koʻproq iste’mol qilish kerak. Piyoz, sarimsoq, brokkoli, karam, rangli karam mana shu moddaga boy sabzavotlar hisoblanad. Undan tashqari, ular turli xil zaharli moddalar bilan kurashuvchi antioksidantlarga boy.

Tanani cho‘tka bilan tozalab turing

Haftada bir necha marta dush qabul qilishingizdan oldin yumshoq cho‘tka bilan tazab turing. Bu usul teridagi oʻlik hujayralardan xalos boʻlishga yordam beradi. Teri teshiklarini ochilishi organizmda terlashni yaxshilaydi. Bu jarayon toksinlarni chiqarishni osonlashtiradi.

Oʻtli choylar iching

Momaqaymoq yoki qushqoʻnmas oʻsimliklari jigar faoliyatini me’yorlashtiradi. Qushqoʻnmas oʻsimligi jigar devor qavatlarini mustahkamlab, zaharli moddalarni chiqarib, ularni zararsizlantiradi.

Tuzli hammomlar qabul qiling

20 daqiqa davomida dengiz tuzi qoʻshilgan suvli vanna qabul qiling. Tuz organizmni magniy minerallari bilan boyitadi. Magniy organizmdagi detoksikatsiya jarayonini yaxshilaydi.

Xobbi.uz

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*