OIV va sil kasalligi qo‘shilib kelgan holatlar

Odam immunotanqislik virusining aniqlanganligiga hali hech qancha muddat bo‘lganligiga qaramasdan, u butun insoniyat uchun xavf solib, hozirgi kunda butun dunyoni qamrab olganligi barchamizga ayon bo‘lib turibdi.

OIV infeksiyasi bilan zararlangan odamlarning 95 foizi rivojlanayotgan davlatlar hududlarida yashab, shu hududlarda zararlangan shaxslar soni yanada ko‘payib bormoqda. Zararlangan shaxslarning aksariyati katta yoshdagi aholi hisoblanib, bu shundoq ham iqtisodiy ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmagan davlatlarda ishlab chiqaruvchi yoshdagi aholi orasida nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichi oshishiga olib kelmoqdaki, oqibatda davlatning iqtisodiy nochorligini yanada kuchayishiga sabab bo‘lyapti. Asosan, Afrika qit’asi, Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari OIV keng tarqalgan hududlar hisoblanadi.

oiv va sil

OIV bilan zararlangan shaxslarda OIVning klinik bosqichiga, immun tizimining zararlanish darajasiga qarab, turli infeksion kasallik qo‘z-g‘ashlari mumkin. Ammo pnevmokokklar, salpmonellalar va sil miko-bakteriyalari OIVning har qanday klinik bosqichida ham kasallik qo‘zg‘ashlari mumkin. Ushbu infeksiyalardan eng xavflisi va eng katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgani — sil mikobakteriyalaridir.

Ma’lumki, butun dunyoda sil kasalligi muammosi ham eng dolzarb masalalardan hisoblanib, sil kasalligining keng tarqalishi hududi ham yuqorida OIV shaxslari keng tarqalgan hudud bilan bir xil bo‘lib, ushbu ikkala infeksiyaning bir shaxsda birgalikda uchrash hollari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. OIV bilan zararlangan shaxslarning 1\3 qismi sil bilan zararlanganligi aniqlangan. OIV bilan zararlangan shaxslar sonini kamaytirish choralari ko‘rilmasa, ular orasida sil bemorlari soni ham shunchalik tez ko‘payadi va ularning sil tayoqchalari ajratuvchilari aholi orasida keng tarqalishiga sabab bo‘ladilar. Shu tariqa OIV sil bilan qo‘shilib kelishi epidemiologik vaziyatni izdan chiqishiga, ishlab chiqaruvchi yoshdagi shaxslar orasida nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishiga olib keladi.

OIV bilan zararlangan shaxslarning asosiy qismi sildan o‘lishiga olib keladi. Sil kasalligi SD-4 limfotsitlarning 300 mkl. dan past hollarida rivojlanishi kuzatiladi. Bu immun tizimining ancha chuqur kuchsizlanganligini bildirib, ushbu holga tushguncha boshqa infeksiyalar ham organizmda ancha kuchli patologik o‘zgarishlar keltirib chiqarishga ulgurgan bo‘ladi. Bu esa, endigina aniqlangan sil kasalligini davolash samaradorligini keskin pasaytirib yuboradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Sil kasalligiga chalinganlarga qanday ishlar taqiqlangan?

OIV infeksiyasining erta va yengil immunotanqislik bosqichlarida reaktivatsiya yoki reinfeksiya hisobiga ikkilamchi sil kasalligi rivojlanib, bu oddiy sildan deyarli farq qilmaydi. Ko‘p hollarda o‘pka sili bemorlari sil tayoqchalari ajratuvchilar hisoblanadilar va bakterioskopiyaga asoslangan holda osongina tashxis qo‘yish mumkin. Ammo immun tan-qisligi kuchaygan sari o‘pka va o‘pkadan tashqari a’zolar zararlanishi xuddi birlamchi silga o‘xshash bo‘lib, tashxis qo‘yish birmuncha qiyinlashadi. Silning tarqalgan, og‘ir formalari (miliar, disseminatsiyalangan) uchrashi ko‘payadi.

Immunodepressiya fonida o‘pka silining sil tayoqchalari ajratmaydigan turlari (shu jumladan miliar sil) og‘ir formalari rivojlanishi va uning organizmda boshqa infeksiyalar rivojlanishining klinik belgilari ham qo‘shilib kelishi, sil kasalligiga tashxis qo‘yishni anchagina qiyinlashtirib tashlaydi. SD-4 limfotsitlar soni 100 mkl. va undan pasayganda esa, sil bakterimiyasi rivojlanib, 10-20% OIV bilan zararlangan va gospitalizatsiya qilingan bemorlarda aniq-lanishi mumkin.

Bunday hollarda o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizdan ortishi mumkin. Bir necha yillar mobaynida sil va OIV muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar alohida-alohida, o‘z yo‘llarida mustaqil faoliyat olib bordilar. Ammo keyingi kuzatishlar va tajribalar muammolarni birgalikda hal qilishga majbur ekanliklarini ko‘rsatdi.

© A. Sayfidinov,
Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurash
markazi vrach — infeksionisti.
silning-davosi-bor.uz

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close