El sog‘ligi — yurt boyligi

Og‘iz bo‘shlig‘idan noxush hid kelmasin, desangiz…

Ba’zan og‘izdan noxush hid keladi. Buning sababini turlicha izohlaymiz. Kimdir ertalab tishning yuvilmagani uchun desa, yana birov ovqatdan so‘ng shunaqa bo‘ladi, deydi. Aslida, nega og‘izdan noxush hid keladi?
Yaxshi davolanmagan kariyes noxush hidni keltirib chiqaradi. Parodontit va gingivit (milklar qonashi, shishi) kasalliklari ham og‘izdan noxush hid taralishiga olib keladi.

ogiz hidlanishi

Og‘izdan noxush hid kelishining yana bir sababi noto‘g‘ri tayyorlangan tish koronkasi (tishning milkdan chiqib turgan qismi, qoplama tish) bo‘lishi ham mumkin. Koronka va milk orasidagi joyda xiltlar to‘planishi oqibatida hid paydo bo‘ladi. Shuningdek, gastrit, oshqozon-yara kasalliklari, yuqori nafas yo‘llari, tanglay bodomchalarining yallig‘lanishi, faringit kabilar ham sababchi  bo‘ladi.

Og‘iz noxush hidini yo‘qotish usullari

Tishingizni yaxshilab tozalang. Ertalab va yotishdan oldin tozalab, tish cho‘tkasini yuvib tanglay, til va lunjlarning ichki qismini arting. Bu bilan og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalar ko‘payishining oldini olgan bo‘lasiz.

Tarkibida xlorgeksidin moddasi mavjud tish pastalaridan foydalaning. Chunki u antiseptik ta’sirga ega. Moychechak damlamasida og‘izni chayish ham yaxshi natija beradi.

Ovqat qoldiqlari tish orasiga kirib qolib noxush hid taratmasligi uchun ovqatdan keyin tishni tozalang. Bunda ertalab va kechki paytdagi tish tozalashdan farqli ravishda tish pastasisiz, cho‘tkani suvda ho‘llab tozalasa ham bo‘ladi.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Аноним

    Ogzimni yuvganimdan sung yarim yoki bir soat utmasdan hid kela boshlaydi menga maslahat bering nima kilay

  2. Yerdan

    Assalomu aleykum sizlarga bir iltimosim bor tishni xar kuni yuvaman lekin tomog’imdan noxush xid keloradi tanishlarim oshqozondan bo’lishi mumkin diyiwyapti uy sharoitida qandek noxush xid kelishini oldini olsek bo’ladi oldindan raxmat javob uchun olloh rozi bo’lsin

  3. Аноним

    Tiwlarim xar kuni yuvaman lekn milklarim qonashdan tuxtamaydi maslaxat berinla

  4. Аноним

    Asalomualeykum yoshligimdan beri ogzimdan nohush xid keladi bu xid milkimdan emas ichkardan chiqadi 8,yoshli qizimniham ogzidan hid keladi shunga nima qilsam boladi

  5. Azik

    Mulklarim shishib , ogiz solagim qoyiglashib nohush hid kelyabdi tishlarim sargaya boshladi ozim bazida balzam ishlatib turaman har doim yuvib yurolmiman shunga biror oson roq muolaja bering katta raxmat

  6. Аноним

    Milklarim qonab shishib Ketgan yordam bering

  7. Abdulloh

    Salom yoshligimdan beri og’zimdan noxush hid chiqadi.tishlarimi har kuni qoldirmasdan yuvib boraman.hatto 3-4 xil tish pastasiga ham yuvib ko’rdim yordam bermadi.man buni oshqozondan chiqvotti dib o’yleman.iltimos maslahat berib yuborila.

  8. JAM

    MENGA STOMATOLOGLAR TASHXIS QO’YISHGA QIYNALYAPTI TISHLARIMNING HAMMASI QIMIRLAYDI OGZIMDAN NOXUSH HID KELADI ISSIQ SOVUQQA TASIRCHAN VA YANA SHO’R YOKI SHIRIN NARSA YESAM TISHLARIM MENGA AZOB BERA BOSHLAYDI ILTIMOS YORDAM BERING

  9. Mashhura

    Assalom aleykum. Doctorga ucrawdim aytishicha owqozonim shamollagan ekan. Tabiiy qanday mahsulotlarni tavsiya qilasiz.

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.