Ochlikni qanday tugallash kerak ( 11-qism )

Yetti kunlik ochlik davrida oshqozon va ichaklaringiz kichrayib qoladi. Ochlikni to‘xtatish lozim bo‘lgan vaqt kelganda qo‘yidagilarni bajaring: Ochlikning yettinchi kuni taxminan kech soat beshlarda to‘rt-beshta pomidorning po‘stlog‘ini archilang, to‘g‘rang va qaynoq suvga tashlang va suvni tezda olovdan oling. Sovuting va ishtaxa bo‘lganda yeng. Sakkizinchi kuni ertalabga qirilgan sabzi va karamdan salat, ularga bir apelsinning yarmini siqib suvini aralashtiring, buni va keyin kichikroq likopda dimlangan ko‘katlarni tanovvul qilish mumkin. Ko‘kat bilan bug‘doy nonidan ikki bo‘lak yeyish mumkin. Kuni bilan xoxlagancha distillangan suv ichish mumkin.
Tushlikka qirilgan sabzi, kesilgan karam va ustiga apelsin sharbati sepilgan salat yeyish mumkin. Salatdan keyin sabzavotlik ikki ovqat qaynatilgan barra karam, oshqovoq sabzi yoki ko‘k loviya, bunga ikki bo‘lak qoq nonni qo‘shsa bo‘ladi. Bunday taomda umuman yog‘ bo‘lmaydi.
To‘qqizinchi kuni ertalabga xar qanday mevani, masalan, olma, nok, xurmo, uzum, yeyish mumkin. Buning ustiga ikki qoshiq undirilgan bug‘doyni bir osh qoshiq asal aralashtirib shirin qilib yesa ma’qul bo‘ladi. Tushlikka qirilgan karam, sabzi va selderdan tayyorlangan salatni yeyish va bitta sabzavotli issiq salat va bir bo‘lak qoq non yetarli bo‘ladi. Kechlikda salatning barglilaridan va pomidor xamda ikkita sabzavotli ovqat. O‘ninchi kundan boshlab shu kitob so‘ngida keltirilgan taomnoma asosida ovqatlanish mumkin.

O‘n kunlik ochlikni qanday tugallash kerak.   

Yetti va o‘n kunlik ochlik o‘rtasida farq kam. O‘ninchi kuni soat beshlarda bir necha dona pomidor yeng va keyin esa yuqorida aytilgan grafikka amal qiling. O‘zingiz xoxlagandan ko‘p yemang.
Yetti kundan o‘n kungacha ovqat yemadingiz va shu davrda ishtaxangiz xam yo‘qolganini esingizdan chiqarmang. Sizning ovqat yeya boshlaganingiz tezda quvvatga kirib ketishingizni anglatmaydi. Tana detoksikatsiya dasturidan shimilish dasturiga o‘tishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Ichakning bo‘shanishidan xotirjam bo‘ling.

Tana yana ovqatga o‘rganishi uchun bir-ikki kun kerak bo‘ladi, shuning uchun maboda ichak ovqatni qabul qilishga tezda moslasha olmasa bezovta bo‘lmang. Ko‘pincha, ochlik yakunlangach, birinchi ovqatlanishdan keyinoq xojatga chiqiladi. Lekin bu xar bir kishida xar xil bo‘ladi va shuning uchun xam barchaga bir xil mezon qo‘yib bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, tabiatga nisbatan bardoshli bo‘lasiz va ichakni uning xoxishiga qarshi ishlashga majbur etmaysiz. Tabiat ichakni o‘z shaxsiy sanitar va antiseptik tizimi bilan ta’minlagan va bu tizim kerakli vaqtda tabiiy xarakatga keladi. Yegan ovqatingiz ichakning peristaltik imkoniyatini, ya’ni ularning qisqarib cho‘zilib to‘lqinsimon xarakat qilish qobiliyatini oshiradi.
Agarda bu yerda ovqat masalasida keltirilgan tavsiyalarga to‘lik amal qilsangiz sog‘lom va muntazam ishlaydigan ochlik tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lasiz.

Ovqat hazm  qilishning eng mukammal dasturi.

Barcha kerakli narsalarni o‘z ichiga olgan parxezda yashab quyidagi tartibga amal qilaman. Birinchi bo‘shanish ertalab uyqudan uyg‘ongandan keyin bo‘ladi. Tanani bir necha marta aylanayotganday harakatlantirish to‘liq bo‘shanish imkonini beradi. Yuqorida aytganimdek, salomatlnk uchun foydali deb xisoblaganim bois xam men ertalab nonushta qilmayman. Uyqudan bir necha soat o‘tgach, yangi mevalardan bir bo‘lak ananas, banan, apelsin yoki bir nechta o‘rik tanovvul qilaman. Bir nechta olxo‘ri yeyishim mumkin.
Taxminan yana biror soatlardan keyin bugun xisobidan birinchi marta ovqatlanishga o‘tiraman va sabzavotlardan sabzi, karam, va ko‘katlardan tayyorlangan salatni yeyishdan boshlayman. Bular ovqat hazm qilish yo‘lining yaxshi qo‘zgatuvchilari bo‘lib xizmat qiladi.
Men o‘zim uchun eng avvalo salat yeyishni odat qilib olganman. Tanamni tabiiy ovqatlarni kabul kilishga o‘rgatishim lozim deb xisoblayman. Ko‘plar suyuq ovkatdan yoki go‘sht va non yeyishdan boshlashadi. Menimcha, bu unchalik to‘g‘ri emas, axir xom taomlar qo‘zg‘atuvchilarga boy bo‘lib, ular ovqat hazm qiluvchi suyuqlik ajratib chiqishini qo‘zg‘aydi. Bu ozuqaning to‘laroq parchalanishi uchun yaxshi muxit bo‘ladi. Shuning uchun xam xar qanday ovqatlanishni yangi sabzavot yeyishdan boshlashni qatiy maslaxat beraman va bir necha yil shu tariqa ovqatlanganingizdan keyin tanangiz boshqacha ovqatlanishni xoxlamay xam qoladi. Natijada, siz o‘z ovqatingizning umumiy xajmining 60 foizi sabzavot va meva bo‘lishiga erishasiz.
Ona tabiat tomonidan siz uchun tayyorlangan sabzavot va mevalar — tirik ozuqalar bo‘lib, quyosh energiyasini o‘zida jamlagan va xayotiy quvvatga boydir.
Xozirgi zamon sivilizatsiyalashgan kishilari bundan 5-6 ming yil oldin yashagan ajdodlari singari yashay olmaydilar deb o‘ylayman. Shuning uchun xam sizning ozuqangiz 100 foiz sabzavot va meva bo‘lsin demoqchi emasman. Mana shuning uchun xam eng ma’qul parxez 60 foiz sabzavot va meva, 20 foiz oqsilli taom deb xisoblayman. Bu oqsil go‘sht, baliq, tuxum, tabiiy pishloq yoki yong‘ok va pista xolida bo‘lishi xam mumkin. Pivo achitqisi va undirilgan bug‘doy xam oqsil o‘rnini qoplashi mumkin.
Keyingi 20 foiz ozuqa o‘z navbatida uch qismga bo‘linadi. Uchdan biri — tabiiy kraxmal bo‘lib, bular: non, guruch va dukkaklilardan olinadi. Keyingi uchdan biri — tabiiy qand bo‘lib, U quruq meva, asal va sharbatlardan olinadi. Oxirgi uchdan biri -unchalik to‘yinmagan tabiiy yog‘lar bo‘lib u pista, zaytun, soya va boshqalardan olinadi.
Tabiiy kraxmal, qand va yog‘ — yuqori darajada konsentratsiyalashgan, ya’ni kuchaytirilgan ozuqa bo‘lib, ularni kam miqdorda iste’mol qilgan ma’qul.

Go‘shtxo‘rlikka qarshi

Ovqatlanish bo‘yicha mutaxasis bo‘lganimga ellik yil bo‘lgan bo‘lsa, shu davrda etxo‘rlar va vegeterianlar (etemaslar) o‘rtasida qattiq munozara bo‘lib kelayotganiga guvoxman. Ikkala tomon xam ilmiy asoslangan fikrlari bilan o‘z nuqtai nazarilarini o‘tkazishga xarakat qiladilar. Men u yoki bu tomon uchun tashviqot qilmoqchi emasman. Bu mavzuda yuzlab kitoblar yozilgan. Ozuqa masalasida gap ketganda “xech qachon” degan so‘zdan foydalanmaslikni ma’qul ko‘raman.
Tarkibida yangi sabzavot va mevalar ko‘p bo‘lgan parxez ushlab va ochlik dasturiga amal qilib kelganligim tufayli vujudim shu darajada sezgir bo‘lib ketganki, xar safar nima yeyishim kerakligi xaqida  bexato xabar beradi. Mana shu o‘tgan yillar davomida men go‘sht va baliq yeyishdan chiqib ketdim, mening taomlarim asosan yangi va qaynatilgan sabzavot va mevalar, yongoq, pista, undirilgan bug‘doy va xakozolar.
Lekin tanam menga ba’zan ozroq go‘sht yoki baliq, ozgina tabiiy pishloq yoki yangi tuxum iste’mol qilishim lozimligini xam aytadi. Boshqacha qilib aytganda, mening vujudimda ozuqani tiklash instinkti taraqqiy topdi. Shunday xam bo‘ladiki, men 4-5 yil go‘sht yoki baliq yemayman. Lekin vaqti kelib tanam bir bo‘lak go‘sht yoki baliq yeyishim lozimligi xaqida  “telegramma” yuborib qoladi. Bunday ichki ovoz menga yaxshi yordam bermoqda.
Hayot tarzimga ko‘ra men asosan etemasman. Men yuzlab cho‘chqa va qoramollari bo‘lgan ferma egasi farzandi edim va shu yerda qanchalab mollar so‘yilardi. Lekin o‘ldirish men uchun o‘ta noxush xolat edi. Biron narsani xayotdan maxrum etishni istamaganligim uchun xam ovchilik va baliqchilik bilan xech qachon shug‘ullanmaganman. Men juda qoloq bo‘lgan mamlakatlarga 12 marta ekspeditsiyalar tashkil etganman va u yerlarda et yemaydigan sog‘lom, baquvvat maxalliy vegeterianlarni ko‘rdim. Boshqa tomondan go‘sht iste’mol qiladigan va salomatligi bilan maqtana oladigan ko‘plab xalqlarni xam ko‘rdim.
Shuning uchun xam etemaslik masalasida munozora ketadigan bo‘lsa, bosiqlik bilan yondashishni ma’qul ko‘raman. O‘z tanamizni tozalab va takomillashtira borib, u yoki bu ozuqa extiyojiga nozik sezgini rivojlantira boramiz.

Qat’iy parxez tanani barcha tashqi ko‘ngilsizliklarga
 qarshi qurollantiradi. Shuning uchun u issiq, sovuq va
charchoqqa tezda berilmaydi.
Benjamin Franklin.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishin tayyorlagan Islom.uz sayti mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*