3.3
(3)

Boshlovchilarga, birinchi navbatda, qanday maslahat bersa bo‘ladi? Albatta, och yurish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kuzatuvida ochlikning davomiyligini birdaniga o‘n kundan oshirmaslikii maslaxat bergan bo‘lardim.
Ochlik — tanani tozalashning ilmiy usuli bo‘lib, bu ish ilmiy yo‘sinda bajarilmog‘i lozim. Mening nazarimda, ochlikni uzoq muddat, deylik 21-35 kun davom ettirgan bugungi kunda o‘zini sog‘lomman deb xisoblaydigan odamlarning 60-70 foizi, kasal kishilarning esa, 85-90 foizi tanada to‘planib qolgan zaxarlarni yuvib tashlashda o‘lib ketishlari mumkin.
Uzoq muddatli ochlik mutaxassis kuzatuvida o‘tkazilmog‘i lozim, chunki u qachon och yurishni tugatish lozimligini yaxshiroq biladi. Mutaxassis buyrak qanday qilib zaxarlarni chiqarayotganini kuzatib boradi. U peshobni bir kunda bir necha marta kuzatadi, agarda zaxar buyrakka og‘irlik tushadigan darajada xaddan tashqari ko‘p chiqayotgan bo‘lsa, ochlikni tezda to‘xtatmoq lozim bo‘ladi.

Shunday qilib, eng yuqori toifadagi mutaxassis xam sizga: “Siz 30 yoki 40 kun och yurishingiz kerak”,- deya olmaydi. Men taxminan 21-25 kunga mo‘ljallagan ochlikni odamlar qanday o‘tkazishlarini ko‘p kuzatganman. Dastlabki olti kundan keyin tanadan shunchalar ko‘p toksin moddalar ajralib chiqa boshlaydiki, tezda ochlikni to‘xtatishga majbur bo‘lardim. Keyin ochlanuvchi tabiiy parxezga o‘tkazilar va bir necha kundan keyin yana urinib ko‘rilardi. Lekin zaxar yana juda ko‘p miqdorda ajralib chiqa boshlasa, ochlikni yana to‘xtatishga to‘g‘ri kelardi.

Men mutaxassis bo‘lmagan kishilarning ochlik qanchalik ko‘p davom etsa, ichki tozalanish shunchalar yaxshi bo‘ladi, deyishganini eshitganman. Men bunga ishonmayman, chunki xozirgi o‘ta madaniylashgan odam juda nochor. Tabiat yaratiqlarining birortasi oziqlanish tartiblarini insonchalik buzmaydi, birorta yaratiq insondek palapartish ovqatlanmaydi.
Meni to‘g‘ri tushunishlarini istayman: odam tabiat qonunlarn bilan xisoblashmay, yashay olmaydi. Inson tortilish qonunini buza oladimi? Inson 25-qavatdan sakrab omon qola oladimi? Albatta, yo‘q. Bu qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, tabiatning oziqlanish qonunlari xam shunday. Xa, insonni qayta ishlangan, jonsiz va o‘lik ozuqalar iste’mol qiliщ kerakligiga ishontirish mumkin. Inson tashviqotlarga ishonuvchan, ayniqsa, salomatlik va uzoq-umr ko‘rish masalasida. Kasallik esa qimmat turadi.
Vrachlar, embekalar, kasalxonalar, dorilar va operatsiyalarga bir dunyo pulni kim sarflaydi? Biz!
Dunyodagi barcha millatlarga nisbatan hayotini saqlab qolishga kim eng ko‘p pul sarflaydi? Biz!
Xalqimizning joniga o‘larday tekkan bo‘lsa xam, kasalliklarga qarshi kurashuvchi ko‘pdan-ko‘p fondlarni kim tashkil qilyapti? Biz!

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Fobiya va qo‘rquv – bitta kasallikmi?

Dunyodagi hamma mamlakatlardan ko‘proq dam olish uylari, sayoxatlar, shifoxonalar qurgan kim ? Biz!
Har xil shifo beruvchi vositalarni targ‘ibot qiluvchi jurnal, gazeta, tele va radio eshittirishlarga kim ko‘p mablag‘ sarflaydi? Biz!.
Haddan tashqari ko‘p aspirin va og‘riq qoldiradigan dorini kim ichadi? Biz !

Biz bolalar uchun maxsus aspirin yaratdik, sababi xatto shuginalar xam og‘riq qoldiradigan doriga muxtoj. Mening fikrimcha, aspirin, xar qanday xolida, har qanday shaklida, toza yoki boshqa narsalar bilan qo‘shilgan xolda xam xavfli doridir. Uni ko‘p iste’mol qilgan kishilar o‘zlarini xatarga qo‘yadilar.

Mutaxassis kuzatuvisiz uzoq vaqt och yurishga qarshi ekanligimning yana bir sababini aytmoqchiman. O‘rtacha odam nafaqat ovqatlangani yoki xavo va suvning ximiyaviy chiqitlar va tuz bilan ifloslanishi tufayli toksin moddalari bilan zaxarlanadi, balki, uning to‘qimalarida uzoq vaqt davomida qabul qilgan dori-darmon qoldiqlari bilan xam shunday xolat yuz beradi. Shuning uchun uzoq muddatli och yurish nazariy jixatdan yaxshi, amalda esa, yo‘q.
Mening tajribamda uzoq muddatli och yurishning xam samaralilari bo‘lgan bo‘lsa-da, qisqa kursli ochlikda eng ko‘p muvafaqiyatga erishganim edim.

Haftasiga 24-36 soatlik ochlik tanani yaxshi tozalanishini kuzatganman. Bu jarayonda xar qanday nonushtadan tiyilmoq lozim. Yangi xo‘l mevalar «bundan mustasno, chunki men ular ovqat emas, balki ozgina darmon deb xisoblayman. Uzoq umr ko‘rish va sog‘lom yurishni istagan odam tabiiy ovqatlardan iste’mol qilish dasturiga amal qilgan xolda bir necha oy davomida o‘zini 3-4 kunlik ochlikka xam tayyorlashi mumkin. Haftada bir kun yoki 36 soatlik, shuningdek, bir necha 3-4 kunlik och yurish to‘rt oy davom etgach, kishi yetgi kunlik ochlikka xam tayyor bo‘ladi. Shu vaqt ichida badandagi ko‘p miqdorda toksin moddalari chiqib ketgan bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Uchinchi hakim - toza suv ( 23-qism )

Olti oylik tozalanishdan keyin yetti kunlik ochlik uncha qiyin bo‘lmaydi. Birinchi yetti kunlik ochlik ajoyib natijalar beradi. Chunki tozalanish tamomila xayratga soladigan darajada samarali bo‘ladi. Yana bir necha oydan keyin odam o‘n kunlik ochlikka tayyor bo‘ladi va bu esa tanadagi har bir to‘qimaning o‘ta tozalanishiga olib keladi.

Ochlanish tajribasi

Ichki tozalanishning qulay va mantiqli dasturi tufayli siz shunaqangi yangi quvonchga to‘lasizki, ochlanish xayotingizning zarur bir bo‘lagiga aylanib qoladi. Kunlar o‘tib, tana va ruxiyatingizdagi sirli yangilanishdan va sizni yanada mukammal qilayotgan yangi hayot yo‘liga tushganingizdan roxatlanasiz.

Qancha och yurish lozim?

— Ko‘pchilik kishilar qisqa umrlarinnng katta qismini o‘zlarini parchalashga sarflaydilar. Xolbuki, umrlarini o‘zgacha hayot tarziga bag‘ishlasalar yaxshi bo‘lardi. Xammayam o‘rnini to‘ldirish qonuniga bo‘ysungani singari, siz sarflagan kuchingizga yarasha mukofotingizni xam olasiz. Salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun mening sarf qilgan barcha xarakatlarim, o‘zini oqlagan xarakatlardir. Men xayotda nima izlagan bo‘lsam o‘shani topganman.

Ochlanishni qancha tez o‘tkazib tursangiz, shuncha uzoq och yura olasiz

O‘n kunlik ochlik bilan cheklanib qolishingizni xoxlamayman. Lekin oralig‘i uch oy bo‘lgan oltita o‘n kunlik ochlikni o‘tkazmay turib, o‘n kundan ortiq muddatga och yurishni maslaxat bermagan bo‘lardim. Shundan so‘ng, 15 kun bemalol och yurishingiz mumkin. Bunday ochlik bnlan vujudingizni a’lo darajada tozalashingiz mumkin. Endi nima qilishnn siz yaxshi bilasiz. Agarda keyin 21 yoki 30 kun och yurmoqchi bo‘lsangiz, uni qanday o‘tkazishni ham bilasnz.

Menga kelsak, xaftasiga 24-36 soatlik va bir yilda to‘rt marta 7-10 kunlik  ochlanish yetarli. Men xaftasiga  12 marta ovqatlanaman, ayrim vaqtlarda undan xam kam, chunki chinakamiga ochqamasam, ovqatlanmayman.

Och yurish — bu ilm ekanligini yana bir bor ta’kidlashga ijozat etgaysiz. Ochlikdan faqat mo‘jiza izlab uzoq muddatga och yuraman deb, o‘zingizni majburlamang. Tajribali mutaxassis maslaxatiga amal qiling. Mutaxassis esa sizga qisqa muddatli ochlik ko‘prok foyda berishini ta’kidlaydi.
Haftalik 24-36 soatlik, oylik 3-4 kunlik, choraklik 7-10 kunlik ochlanishlar, sizga undan xam ko‘proq muddatga ochlanish uchun tajriba beradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Siz qaysi temperament egasi?

Agarda zaruriyat bo‘lmasa, men uzoq muddatli ochlik tarafdori bo‘la olmayman. Uzoq ochlikda mutaxassis kuzatuvi mutlaqo shart. Dunyo bo‘yicha mening minglab shogirdlarim shu kitobda berilgan dasturga amal qilishmoqda. Ular dasturdan qoniqadilar va erishgan ajoyib natijalaridan mamnunlar.

© Pol Bregg
«Ochlik mo’jizasi» kitobi. 3-qism.
Ziyouz.uz