Ochlik ozishga yordam beradi ( 16-qism )

Ishonarli ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatdagi 69-70 foiz ayol va erkaklar, bolalar ortiqcha vazndan jabrlanadilar. Ortiqcha og‘irlikdagi kishilar kasaldirlar deb jiddiy ta’kidlashadi hakimlar. Ularda surunkali va davolab bo‘lmas kasalliklarga moyillik kuchli bo‘ladi. Semiz kishilar o‘zlarini yaxshi xis qila olmaydilar. Birinchidan, unga doim og‘ir yukni ko‘tarib yurishga to‘g‘ri keladi. Normaga nisbatan o‘n kilogramm og‘irlikdagi kishini ko‘z oldingizga keltiring va endi normal og‘irlikdagi kishiga bir kun ertalabdan kechgacha o‘n kilogramm yukni ko‘tarib yurishni iltimos qiling. Bu kishi tezda charchab qoladi. Normadan ortiq semiz kishi o‘zi bilan katta og‘irlikdagi yukni ko‘tarib yurishga majbur.
Semiz kishilar jismoniy faollikka unchalik intilmaydilar. Birinchi imkoniyat bo‘lgandan bo‘sh stulga borib o‘tiradilar, biror ish qilishga o‘zlarini zo‘rg‘a majbur qiladilar. Semiz kishilardagi ortiqcha yog‘ nafas olish organlarining ishini og‘irlashtirgani uchun xam nafas olishlari qiyin kechadi.

Ortiqcha yuk —   ortiqcha tashvish.

Mana shu ortiqcha yog‘ni oziqlantirish va yaxshi holatda ushlab turish  uchun har bir kub santimetr ortiqcha og‘irlik uchun 11 kilometr (xaddan tashqari katta, lekin fakt) kapillyar kerak bo‘ladi. Mana nima uchun ortiqcha yuk nafas olish apparata va yurakning normal faoliyatiga og‘ir yuk bo‘ladi. Jiddiy asoratlarga olib keluvchi puls va arterial qon bosimi xavfli darajagacha ko‘tarilib ketadi. Sug‘urta kompaniyalarining xisobotlari ko‘rsatishicha, semiz kishilar ko‘p yashamaydilar.
Xozirgi kunda ortiqcha og‘irlikdagi kishilar soni to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. Birinchidan, shuning uchunki, bizning mamlakatimizda umuman meyorsiz ovqatlanishadi. O‘rtacha amerikalik o‘ta ko‘p miqdordagi ovqatni yutadi.
Biz tushlik bilan kechki ovqat oralig‘ida kofe ichishga odatlanib qolganmiz. Radio va televideniyalarimizda xam mana shunday odatlarni ma’qullaydilar. Odamlar doimiy ravishda ko‘p miqdordagi sut, muzqaymok, issiq sosiskalar, saryog‘, qovurilgan kartoshkani iste’mol qiladidar.
Biz mashinalar orasida yashayapmiz. Biz o‘zimizga katta miqdordagi ovqat yukini olamizu, lekin jismoniy mashqlar bilan ularni tushirish, ya’ni ulardan xolos bo‘lish xarakatida bo‘lmaymiz. Avtomobil yurishni siqib chiqardi. Biz o‘tiruvchilar millati bo‘lib qoldik. Bizning bolalarimiz bir necha soatlab maktabda o‘tirishadi. Odamlar juda ko‘plab soat vaqtlarini kinoteatr, konsert, sport tomoshagoxlarida o‘tirib o‘tkazadilar. Mana shu o‘tirib yashash tarzi semiz kishilarning ko‘payishiga olib keladi.
Amerikaliklar salomatligiga putur yetkazayotgan ovqat.

Semiz kishilar doimo parxezda bo‘ladilar. Bu parxez oqsilga boy, uchuvchilar uchun mo‘ljallangan tuxum va pomidor yoki kotlet va ananasdan iborat kam uglevodli ovqatlardir. Gazeta va jurnallar bir — birlari bilan musobaqa-lashganday kishi organizmini vayron etuvchi parxezlar haqida hikoya qiladilar. Shunday suyuq taomli parxezlar borki, ular bir kunda 800 kilokaloriya quvvat beradi. Bu qaymoqli pishloq, moysizlantirilgan sut. Asosan bir xil ozuqadan tashkil topgan va chegaralangan ko‘p miqdordagi parxezlar. Menimcha, odamning normal vaznda bo‘lishini ta’minlayligan tabiiy va ilmiy asoslangan yagona yo‘l ochlikdir. Axir ikki-uch kun och yurganingizdan keyin ishtahangiz yo‘qoladi, uch kundan keyin esa ovqatga qaramay ham qo‘yasiz. Lekin kam quvvatli parhezga o‘tirgan odamlar ochlikni ko‘proq xis etib, undan qattiqrok azoblanadilar.
Nima yeyishingni menga ayt, men senga kimligingni aytib beraman.
Ochlik sizga tuganmas quvvat beradi.
Birinchi yetti-o‘n kunlik ochlikda besh-sakkiz kilogramm vaznini, yo‘qotgan semizlarni ko‘rganman. Shu og‘irlikni yo‘qotish bilan ularda yaxshi kayfiyat, quvvat va bardamlik ko‘paygan.
Albatta, odamlar xar xil bo‘ladi, ko‘pchilik bir kunda 500 grammdan bir kilogrammgacha, lekin ayrimlarining 2 kilogrammgacha ozganligini kuzatganman. Bu yog‘ ko‘proq qayerda to‘planganiga bog‘liq. Agarda yog‘ qorin va sonda to‘plangan bo‘lsa tez ketadi. Kamquvvat ovqatlar bilan parhez qilgan kishilarning o‘zini yomon his qilganini, tez madorsizlangani va noxush ko‘rinishda bo‘lganini ko‘p ko‘rganman. Ular och yurishganda xammasi boshqacha bo‘lgan. Yog‘ yo‘qoladi, tana ortiqcha yukdan xalos bo‘ladi va darrovoq yurak, puls va bosim normaga keladi.
Xullas, agarda sizni semizlik bezovta qilsa, ushbu kitobdagi ochlik dasturiga amal qiling. Siz uni haftada bir marta 24 soatlik ochlikdan boshlaganingiz ma’qul. Men ko‘pchilik semiz kishilarga xaftasiga uch marta 24 soatlik ochlikni tavsiya qilganman. Boshqacha aytganda, bir kun ovqatlanishgach, keyingi kun ochlanishgan. Agarda odam ovqat yegan kunlari orttirgan vaznni och yurgan kunlari yo‘qotadi. Ozish uchun ochlik ajoyib natijalar beradi. Tana tezda yosharadi.
Mening Gollivud kinoyulduzlarini ochlik bilan davolash — ozdirish bo‘yicha katta tajribam bor. Kinokamera nima uchundir odamni odatdagiga nisbatan to‘laroq qilib ko‘rsatadi. Ammo kinoyulduz hushqomat va jozibador bo‘lishi kerak. Old va orqa ko‘rinishidan bekamu ko‘st bo‘lishi aktrisaning taqdirini hal qilishi ham mumkin.
Bir necha yil muqaddam bir kinoyulduz shunday to‘lishib ketdiki, xatto unda katta talant bo‘lsa-da, kinoga tushirishga rozi bo‘lishmadi. U ko‘p muzqaymoq va shirinliklar tanovvul qilar edi. Shartnomadan ajralgach, o‘ta tushkunlikka tushadi va psixiatrga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Psixiatr esa aktrisani menga yuboradi. Men unga ozish va yana sarvqomat bo‘lishi uchun vaqt kerak bo‘ladi, deb tushuntirdim. Bu xonimning ismi xaqiqatda shunday bo‘lmasada, men uni Ledi Betti deb atayman. Ledi Bettida 35 kilo ortiqcha yuk bor edi. Unga yaxshi parhez tayyorladim. Ertalabki mevalar, ovqatlar oralig‘ida ham salatlar va qaynatilgan sabzavotlar tayin etildi. Non, guruch, va kartoshka bekor qilindi. Kechga esa pomidor, qaynatilgan baliq, tuxum yoki
chopilgan go‘sht dimlamasi vaqtincha ruxsat etildi. Albatta, har qanday shirinlik man qilindi.
Betti xonim birinchi ikki xaftada 24 soatdan, uchinchi xaftada esa uch kundan och yurdi. Beshinchi xaftada to‘liq 7 kun davomida och yurdi. Yana ikki xafta o‘tkazib, 21 kunlik ochlandi. Mana shu ochlikning to‘g‘ri ovqatlanish bilan almashinib turishi mo‘’jiza  yaratdi. Uning qomati yana yosh qizlarning qomatiday bo‘lib qoldi. Ko‘zlari chaqnab, terilari yosharib ketdi. Bu xonim mening ish dasturim asosida yashayapti. Ya’ni xaftasiga 36 soatlik ochlanishga odatlangan. Bundan tashqari yiliga 4 marta 7 kundan och yuradi.

Ochlik bu — chaqiriq

Bizning doimiy ovqatlanish odatimiz shunga olib keladiki, ovqatlanishdan to‘xtagan xar qanday kattaroq tanaffusni ochlik deb tushunamiz. Lekin bu ochlik emas. Ochlik — eng qadimiy davolash usuli, lekin aql tanani boshqarmog‘i lozimligini eslatayapman.
Axir, “TANA — NODONDIR”.
Siz och yurganda ovqatlanishga qaytish vaqtini boy bermaslik mantiqiga doimiy amal qilishingiz lozim. Agarda sizning irodangiz mustahkam bo‘lsa, ochlik xayotingizda muxim o‘rin egallaydi. Ortiqcha semizlik bilan o‘zingizni kasal, qari va nochor qilmang. O‘z tanangizning xo‘jayini bo‘ling va semizlikka qarshi kurashing. O‘zingiz uchun dastur ishlab chiqing va semizlikdan bir xaftadayoq qutulaman deb uylamang. Normal og‘irlikka erishish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Agarda o‘zingizni normal xolga keltira olsangiz, sarviqomat va bejirim xolga kelsangiz, o‘zingiz bilan mag‘rurlansangiz arziydi.
Har qanday inson xam chiroyli ko‘ringisi, ko‘tarinki kayfiyatli bo‘lgisi va o‘zi bilan mag‘rurlangisi keladi. Buning uchun mexnat qilish kerak! Ochlik, tiyilish, to‘g‘ri parxez — bular salomatlik uchun to‘lov. O‘z og‘irligingiz, qorningiz, soningiz, qo‘lingiz va o‘zingizni kuzatib yuring. Agarda ozishni istasangiz shu kitobdagi ochlik dasturini diqqat bilan o‘rganing va amal qiling.
Kerakli ochlik muddatini aniqlash uchun xakim bilan maslaxatlashing. Dastur tayyor bo‘lgach, siz o‘zingizni yaxshi natijalarga erishishga ishontirmog‘ingiz lozim. Bu sog‘lomlashtirish jarayonidagi asosiy omildir.
Ozish oson ish emas va ochlikni ham oson yumush demayapman. Faqat ijobiy fikrlash va to‘g‘ri xarakatlar natijasidagina tegishli muvaffaqiyatga erishasiz.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishini tayyorlagan Islom.uz sayti mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

9 комментариев

  1. Аноним

    Ozgandan kiyin terilar osilib qolmaydimi?

  2. yoshim 34 da yuzimdagi ajinlar yoshimga nisbatan kuproq meni tulaligim sababli ozish semirish tez tez yuz bergani tufayli ajinlar paydo bulayapti degan fikrdaman bu tugrimi men ozishni va yuzimdagi ajinlar kamayushini hohlayman maslahat bering

  3. Мадина

    Мени йошим 27да озишим керак йордам беринг олдиндан рахмат

  4. Yowim 27 da un kiloga oziwim kerak qanday ozsam buĺadi?

    • Yogli un mahsulotlari shirinlik va shor mahsulotlarni istemol qilmang kuniga 2litr suv iching unli mahsulitla ayollarn bilagi soni ba qonidagi semizlikka qon tomirlani yog bosishiga sabab boladi shuning uchun isin bolmasa ham yana va yana harakat qilavering yemaslikka

  5. Och yurgan paytlarda suv ichsa . sigaret cheksa bo’laveradimi ?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*