Yegan oshing zaharmidi

Abu Ali ibn Sino uyqudan oldin yeyilib, oshqozonda turib qolgan ovqat zahri ko‘krak-miya kanali orqali miyaga bug‘lanib o‘tib, uni zaharlaydi, fe’lni tajang qiladi, deb yozadi. Uyqu va oxirgi tanovul o‘rtasida 3 4 soat vaqt o‘tishi lozim. Shu bois kechki paytda yengil hazm bo‘ladigan ovqat iste’mol qilish va yong‘oqlar, qovurmalar, yog‘li go‘sht, tvorog kabilardan saqlangan ma’qul.

Bir ovqat oshqozonda to‘liq hazm bo‘lmasdan yana ovqat yeyish ham zararli.Eng yaxshisi, kuniga 2 mahal ovqatlanishdir.

Ovqatlanish vaqtida chalg‘itadigan, kayfiyatni o‘zgartiradigan ta’sirlardan (televizor,kitob va hokozo) holi bo‘lgan ma’qul.Chunki kayfiyat asosiy tarkibi suvdan iborat bo‘lgan emagingizga ko‘chadi. Asabiylashganda oshqozon mushaklari ham taranglashadi va hazm qiluvchi fermentlar ishlab chiqarilishi susayadi, natijada ovqat uzoq vaqt oshqozonda turib qoladi.

Ovqatlanganda oshqozoningizning choragi bo‘sh qolgani ma’qul. Oshqozon og‘irlik hissini sezguncha to‘yib ovqatlanish uning devorlaridagi qon tomirlar kengayishi hisobiga miyaga qon kamroq etib boradi. Odamda lanjlik paydo bo‘ladi.
Ba’zilar ovqatni qaynoq holda iste’mol qiladi. Bu qizilo‘ngach rakiga sabab bo‘lishi mumkin. Ovqat yozda iliqroq, qishda issiqroq holda tanovul qilingani ma’qul.
Ovqatga ziravorlarni tanlab ishlatish foydali. Ular nafaqat hazm jarayonini yaxshilaydi, balki zararli mikroorganizmlarni yo‘qotish xususiyatiga  ega.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*