Nosning zararlari va tashlash uchun tavsiyalar

Muhtaram insonlar, biz siz bilan bugun nos haqida biroz mushohada qilmoqchimiz. Kishi o‘zi uchun nima foyda yoki zararligini bilganda o‘sha narsaning muxlisi bo‘lishi yoki undan darhol tiyilishi kerak bo‘ladi. Negaki, bu tadbir aqlli kishining sifatidir. Nos ko‘pincha bizning Markaziy Osiyoda uchraydigan xumor vositasidir. Nos kichik do‘maloqlangan va kukun holatda bo‘ladi. Uning tarkibiga nos tamaki, o‘simlik yog‘i, ohak, o‘simlik kuli, suv va boshqalar kiradi. Tarkibidagi moddalarning ta’siri inson salomatligi uchun zararlidir. Zaharliligi jihatidan tamaki tayyorlash uchun ishlatiladigan tamaki bilan nos tayyorlash uchun ishlatiladigan tamakining tarkibi bir-biriga yaqin hisoblanadi. Zaharliligi bilan bular bir-biridan ko‘pam qolishmaydi. Endi esa nos keltiradigan zararlarni birma bir sanasak.

Nosning zararlari:

  • Yurak, o‘pka, jigar va buyraklar va qon aylanish sistemasi uchun zararli darajasi yuqori.
  • Jigar va qovurg‘a oralarida og‘riqni paydo qiladi.
  • Tishlarni yemiradi.
  • Og‘iz, til, qizilo‘ngach va me’dada uchraydigan rak kasalliklarining aksari noskashlar hisoblanadi.
  • Fikrlashni susaytiradi.
  • Aqliy mehnatda erinchoq va ishyoqmaslikni keltiradi.
  • Xotirani o‘tmaslashtiradi. Ko‘p narsalar esida turmaydi.
  • Xumorni paydo qiladi. Xumor tutganda esa noskashlarning fe’l atvori noziklashib boradi.
  • Uyquni kamaytiradi. Noskashning uyqusi haqiqatda kam bo‘ladi.

Bundan tashqari…

  • Tupurilgan nos atrof muhitni iflos qiladi. Ayrim paytlar gilam tagi, uy boshqa turar joylar, ishxonalar ostonasi kabi joylarda tupurilgan nos uchrab turadi.
  • Nos jamiyatga jamoatga o‘ta xunuk holatni keltirib chiqaradi. Og‘zidagi nos bilan pala-partish gapirish yoki gapira olmaslik holatlar paydo bo‘ladi. Bu esa xunuk holatdir.
  • Nos oila byudjeti uchun zarar!
  • Mo‘kkadan ketgan noskashdan badbo‘y-sassiq hid anqiydi!
Nosning bu kabi zararlarini ko‘rib turib esa nos chekadiganlar endi tashlayman, deb qarorlarni qabul qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Nosga o‘rgangan kishi buni tashlashi uchun ma’lum tadbir asosida harakat qilishi lozim. Eng avvalo bu kishi o‘zidan «noskash» degan taxallusni yechib tashlashi talab etiladi. Va yana tashlash uchun esa biz beradigan tavsiyalarga amal qilish yaxshidir.

Nosni tashlash uchun tavsiyalar

  • Irodani ushlash zarur. Buning uchun nafs xohlagan havoyi narsalardan voz kechish. Bu qish paytida yozda pishadigan uzumni yoz kelganigacha kutib yeyishni kutish kabidir. Kishi agar nosni tashlayman deb harakat qilsa, 15 20 kunda bunga erishadi. Irodani bo‘sh qo‘ygan kishi o‘z nafsining quli hisoblanadi. Bu kabi insonlardan jo‘yali natijani olib bo‘lmaydi. Nosni tashlagan va tashlash uchun kurashgan kishilar-yaqinlarimizning hatto yiqilib qolgaliklarida ham bu qarordan qaytmaganliklarini ko‘rganmiz. 15 yil «nos staji»ga ega bo‘lgan kishilar ham nos tashlash baxtiga erishganlar.
  • Xumor tutganda boshqa narsalarga chalg‘ish. Ish bilan chalg‘ish mumkin va yana biror achchiq konfetlar bilan nafsni ovuntirish kerak.
  • Xumor tutganda yuqoridagi barcha zararlarni o‘zimdan daf qilishim kerak va zararlarni paydo qilmasdanoq tashlashim shart deya kishi o‘ziga maqsad qo‘yishi kerak.
  • Nosni ko‘rganda eng jirkanch va iflos narsa ekanligini eslashi va yuz burishi kerak va yana tashlaganlik uchun shukr qilish lozimdir.
  • Sport bilan shug‘ullanish yaxshi. Sport aqlni va tanani tozalaydi, chiniqtiradi va yana turmush tarzini yangilab, salomatlikka yetaklaydi.
  • Qalb xotirijamligini tiklash lozim. Qalbni xotirijamlik ila boshqarish kerak. Yaxshi va huzur bo‘ladigan amal va ishlarni qilish va sof aqida va fikrga ega bo‘lish kerak.

Bo‘lib o‘tgan hikoya

Nos kamyob bo‘lgan zamonlarda ikkita yigit qishloq mullasidan mas’alaga javob so‘ramoq niyatida borishibdi. Imom domla nuroniy va qori kishi edi. Yigitlar avvaliga so‘rashdan iymanishibdi va domla qistayvergach gap boshlashibdi.

— Hojatxonaga nosim tushib ketdi. Nosni olib uni cheksa bo‘ladimi?

Shunda domla:

— Hay, nosning og‘zi ochiq edimi yoki yopiq?

— Yopiq, deyishibdi yigitlar.

Domla esa:

— Yaxshiyamki yopiq ekan, agar ochiq bo‘lganida xojatxonani iflos qilgan bo‘lar edi, o‘zingiz bilasiz, — debdilar.

Yigitlar esa battar uyalganidan bosh egib chiqib ketishgan ekan.

 

Azizlar, biz sizga faqat maslahat va xabarlarni yetkazdik, xulosa esa sizdan, salomat bo‘ling!

© Hadya.uz nashri.

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

 
Yuklanmoqda...

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*