1.5
(2)

Mazkur kitobda, juda ko‘p marta ta’kidlayapmanki, ochlik vaqtida xech narsa yemang, hatto meva va sabzavotlar sharbatlarini xam ichmang, faqat distillangan suv iching. Distillangan suv — bu toza suv bo‘lib, N2O. Bu formulaning mazmuni ikki hissa vodorod va bir hissa kislorod.

Agar siz yomg‘ir suvi yoki distillangan suv ichsangiz, ularning tarkibida hech qanday ma’dan yo‘q. Ular bundan yuz foiz xoli.
Agarda siz sabzavot yoki meva sharbatini ichadigan bo‘lsangiz distillangan suv va plyus yana qaysidir ozuqali narsalarni ham ichgan bo‘lasiz. Ularda erigan xoldagi tabiiy qand, mikroelemsntlar va vitaminlar bor.

Agarda siz ko‘l, daryo yoki boshqa suv havzasidan toza suv ichsangiz, unda erigan minerallar bo‘ladi va hech qachon distillangan suvday bo‘lmaydi. Bunday suvda noorganik moddalar ko‘p bo‘lsa,  qattiq suvlar deyiladi.

Endi ximiyadan ozroq dars o‘tishga ijozat etgaysiz. Moddalar ikki turda bo‘ladi: organik va noorganik moddalar.
Bizning tanamiz o‘n olti xil tirik va qachondir tirik bo‘lgan moddalardan tashkil topgan. Biz tanovvul qiladigan olma yoki meva va sabzavotlar organik moddalar xisoblanadi. Bular daraxt yoki palagidan uzib olinganga qadar tirik, ya’ni yashayotgan edilar. Bu gap xayvonlardan olinadigan go‘sht, sut, pishloq va boshqa ozuqalarga xam taalluqlidir.

Bizning xayotimiz va sog‘lomligimiz uchun organik moddalar zarur. Agarda xech narsa yashamaydigan va o‘smaydigan orolga tushib qolsak, xalok bo‘lishga maxkum bo‘lardik. Chunki shu o‘n olti xil modda xatto oyog‘imiz tagidagi tuproqda mavjud bo‘lganda ham uni vujudimiz shundayicha o‘zlashtirib ololmaydi. Tuproqdagi moddalarni o‘simliklargina o‘zlashtirishi mumkin. Hech qanday inson noorganik jismlardan ozuqa o‘zlashtirib ololmaydi.

Ko‘p yillar oldin Xitoyning ayrim xududlari qurg‘oqchilik va ochlikdan azob chekayotganda, bu yerlarga ekspeditsiya tarkibida borgan   edim.   Ochlikni   bartaraf   etish   uchun   tuproqni   yegan bechoralarni ko‘rdik. Noorganik jism bo‘lgan tuproq ular uchun ozuqa bo‘la olmas edi va natijada ular dahshatli o‘lim bilan halok bo‘lganlarini ko‘rdim.
Ko‘p yillardan beri, qaysidir suv ma’danlarga boy emish degan gap yuradi. Xayronman, gap nima xaqida ketayapti? Axir, noorganik, ya’ni tirik bo‘lmagan moddalar tanamiz uchun faqat yuk bo‘ladi, xolos. Ular inert bo‘lgani bois buyrak va o‘t pufagida tosh xosil bo‘lishi, vena va arterial qon tomirlari va tanamizning boshqa joylarida kislota kristallari to‘planib qolishiga sababchi bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  O‘ta sezgirlik yaxshimi yoki psixogen giperesteziya nima?

Men Virjiniya shtatining ichimlik suvi qattiq bo‘lgan qismida voyaga yetganman. Bu suvlarda noorganik moddalar bo‘lgan natriy, temir va kalsiylar ko‘p. Mening ko‘plab do‘stlar va qarindoshlarim buyrak kasalliklaridan vafot etganlar. Ularning deyarli barchasi barvaqt qarib qolgan edilar, chunki shu noorganik moddalar ularning vena va arteriyalariga to‘plangan, qotirib tashlagan va oqibatda o‘limga olib kelgan. Mening bir tog‘am 48 yoshida mashxur Je Gopkins nomli kasalxonada vafot qildi. Uning arteriyalari noorganik moddalar bilan shu darajada shimilgan ediki, ular xuddi loy quvurlarga o‘xshardi-deyishdi uni o‘limidan so‘ng yorib ko‘rgan vrachlar.

“Distillangan suv o‘lik suv, unda xatto baliq xam yashay olmaydi,” degan so‘zlarni ko‘p eshitgansiz. Albatta, yangi distillangan suvda baliq ko‘p vaqt yashay olmaydi, chunki unda daryo, ko‘l va dengizlardagi singari suv o‘tlari yo‘q.
Keling, bu masalaga boshqa tomondan yondashaylik. Tasavvur qiling, siz Yaponiyaga ketayotgan katta passajir kemadasiz va yo‘lda kema halokatga uchrab, siz bilan bir necha kishi qutqaruvchi qayiqchada bir necha kun ochiq dengizda qolishingizga to‘g‘ri keldi. Sizlar uchun ichimlik suv topishning yagona yo‘li yomgir suvi. Va shu xolatda sizlar “Yomg‘ir suvi distillangan va o‘lik suv, biz buni ichmaymiz”- demaysizlar. Albatta, sizlar, uni ichasizlar va yer yuzidagi yomg‘ir suvinigina ichadigan millionlab odamlardan biriga aylanasizlar. Bermud orollarida yer shu darajada g‘ovakki, yomg‘ir suvi to‘xtovsiz singib ketadi, shuning uchun xam odamlar tomlarining ustini yomg‘ir suvini maxsus idishlarga yig‘ib olish imkonini beradigan qilib yopishganlar.

Iso alayxissallom zamonida hukmdorlik qilgan qudratli imperator Tiberiyaning Kapri orolidagi qasr devorida yomg‘ir suvini yig‘adigan maxsus joy bo‘lgan hozirda, ya’ni oradan 2000 yil o‘tgach ham qurg‘oqchilik bo‘lganda bu suvlardan foydalanayotganliklarini, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, maboda, siz xam borib qolsangiz ko‘rishingiz mumkin.
Bir necha yil muqaddam marxum do‘stim Duglas Ferbenks bilan Polineziya orollarida bir necha oy sayoxat qilishimizga to‘g‘ri kelgan edi. U yerda yomg‘ir suvidan boshqa hech qanday suv ichmagan sog‘lom va go‘zal maxalliy xalqni ko‘rdik. Chunki orollar Tinch okean suvlari bilan o‘rab olingan va sho‘rligi tufayli ichishga yaroqsiz. Orol korall jinslaridan tashkil topgan va g‘ovak bo‘lib, yomg‘ir suvlari yerga juda tez singib ketadi. Shuning uchun bu yerda xam faqat yomg‘ir suvi yoki kokos yong‘og‘i suvidan ichishar ekan. Men bu yerdan boshqa biron joyda bunday chiroyli erkaklar va ayollarni ko‘rmaganman. Bizning yaxtamizda bir necha xakimlar bor edi va ular bu orolning eng keksa kishilarini qatiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bir kardiolog menga, “umrimda bunday sog‘lom chollarni ko‘rmaganman”,- dedi. E’tibor qiling, men qari va yoshi katta deyapman, xaqiqatda, ular necha yoshga kirganini bilishmaydi, hisob xam yo‘q. Ular xech qachon tug‘ilgan kunlarini nishonlashmaydi, chunki yil o‘zgarishini xam bilishmaydi. Bu chollarning xuddi yosh bolalar singari milliy serxarakat o‘yinlarga tushishlarini ko‘rib xayratda qolasiz.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  “Chekishni tashlashning osongina yo‘li” (9-qism)

Bir necha yil muqaddam Marokkodagi Atlas tog‘i va uning etaklarida sayoxatda bo‘ldim. U yerda xam faqat yomg‘ir suvi ichadigan zabardast insonlarni ko‘rdim.
Dunyoning barcha burchaklaridagi dorixonalarida faqat distillangan suvdan dori tayyorlashadi.

Distillangan suv organizmdagi organik moddalarni yuvib ketadi, degan gaplar bo‘lmag‘ur gaplardir. U — o‘lik suv emas. U — odam ichsa bo‘ladigan eng toza suv, distillangan suv xozirgi, taraqqiy topgan zamonamiz odamlarining organizmida to‘planib qolgan toksinlarni eritib, yuvib ketishi uchun yordam beradi va noorganik tosh qoldiqlaridan xam tozalanish imkonini beradi. Sochingizni yuvib ko‘rsangiz, uning yumshoq suvligiga ishonchingiz komil bo‘ladi.
Yer yuzida suv bug‘lanish yo‘li bilan tozalanadi. Suv quyosh yordamida bug‘lanadi, bulutga aylanadi va yomg‘ir xolida, tabiatning buyuk mo‘’jizasi sifatida toza bo‘lib, yerga qaytadi.

Men 50 yillar muqaddam, insoniyat uchun sho‘r dengiz suvidan bug‘lantirib va suyultirib juda ko‘p miqdorda distillangan suv ishlab chiqaradigan katta korxonalar qurishga to‘g‘ri keladi, deb  karomat qilgan edim. Shu aytganlarim amalga oshganini ko‘radigan kunlar xam keldi.

Kubaning Guantanamo orolida joylashgan AQSH ning katta bazasidagi xarbiylar faqat distillangan suv ishlatadilar.
Amerikaning harbiy-dengiz flotida bir necha ming kishilik kemalar bo‘lib, ular extiyojlari uchun ko‘p miqdordagi chuchuk suvni olib yurolmaydilar. Ular, xodimlari uchun dengiz suvidan distillangan suv oladilar.
Mening Xollivuddagi uyimga distillangan suvni 20 litrlik idishlarda olib kelishadi. Biz buni iste’mol uchun ishlatamiz va bunday suv Amerikada barcha katta do‘konlarda bor. Uni bolalar ovqatini tayyorlash va boshqa maqsadlar uchun ishlatishadi. Qattiq suv bolalar terisiga va kir yuvganda qo‘lga qattiq ta’sir qilgani bois, kundalik iste’mol uchun suv yumshatgichlar o‘rnatilgan. Suv yumshatgich suvini ichmang, deb iltimos qilgan bo‘lardim. Menimcha, bu eng yaxshi variant emas. Bir yil distillangan suv ichib ko‘rsangiz, boshqa suvni ichgingiz kelmay qoladi. Ochlanish vaqtida faqat distillangan suv iching.

Sog‘liq — dunyonnng tabiiy xolatidir. Tabiatniig bir bo‘lagi bo‘lganimiz uchun bizning sog‘lom bo‘lishimiz ham tabiiydir. O‘z yumushlari uchun kerak bo‘lganimiz uchun ham, tabiat bor kuchi bilan bizni sog‘lomligimizni ta’minlashga urinadi.Elbert Xabbard

© Pol Bregg
«Ochlik mo’jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz