Nega aynan mart oyining 24 sanasi ?

Sil kasalligiga qarshi kurashish va uning oldini olish, samarali davolash bugungi tibbiyot tizimining, qolaversa tibbiyot islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida tatbiq etiladi. Butun dunyo olimlari xavotiriga sabab bo‘layotgan sil kasalligining tarqalishi o‘z-o‘zidan ijtimoiy ahamiyat kasb etib, barcha davlat va hamkor tashkilotlarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Global muammo tusini olgan mazkur kasallik turlari mamlakatimiz tibbiyot mutaxassislarining ham yangicha yondashuv va davolash tizimi asosida ish tutishlarini taqozo etmoqda. Lekin dunyo miqyosida 24 martning – Butunjahon silga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilinishi va bunga oid ilmiy-amaliy tadbirlarning o‘tkazilishi ko‘pchilikning qiziqish va savollariga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, nega aynan mart oyining 24-sanasi shunday nomlandi va buning o‘ziga xos ramziyligi nimada?

Hammaga ma’lumki, sil kasalligi tananing barcha a’zolarida, asosan o‘pka to‘qimalarida o‘ziga xos yallig‘lanish bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Bu tushuncha insoniyatga qadimdan mavjud bo‘lgan. Ya’ni kasallik haqidagi dastlabki ma’lumotlar Gippokrat, Abu Ali ibn Sino singari tibbiyot allomalarining asarlarida uchraganligini ta’kidlash mumkin.

Lekin kasallik qo‘zg‘atuvchi mikobakteriyalar dastlab nemis olimi Robert Kox tomonidan 1882 yil 24 martda aniqlangan edi.

Ushbu bakteriyalar mikroskopda tekshirilganda mikrob donsimon zarrachali ingichka, to‘g‘ri yoki salgina bukilgan tayoqcha – batsilla ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Olimning tibbiyotda yaratgan ixtirolari keyinchalik «sil tayoqlari» yoki «Kox batsillasi» nomi bilan atala boshlagan. Robert Kox bu yangiligi uchun 1905 yilda Nobel mukofoti bilan ham taqdirlanadi. U faoliyati davomida «Agar tarozining ikki pallasidan biriga yuqumli kasalliklar va ikkinchi pallasiga sil xastaligi qo‘yilsa, ikkinchi tomon og‘irlikni bosadi, degan fikrni ilgari suradi. Demak, sil kasalligining oldini olish va davolash ma’lum muddat yoki uzoq vaqtni talab qilar ekan. Shu tariqa tibbiyot tarixida Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan 24 mart – Butunjahon silga qarshi kurashish kuni deb nomlangan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Sil mikroblari bilan barcha a’zo zararlanishi mumkinmi?

© silning-davosi-bor.uz

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close