2.4
(9)

Tashqi nafas tizimining gaz almashinuvini me’yorda (to‘qimalarga kislorod yetkazib berib, karbonat angidrid gazini chiqarish) ta’minlab bera olmasligi holatidir.

Nafas yetishmovchiligi gumon qilinganda, vrach uning o‘tkir yoki surunkaligini tashxislashi, keyin sababini aniqlashi, so‘ngra esa davolashi lozim. Nafas yetishmovchiligi shunday tez rivojlanishi mumkinki, dastlabki tekshiruvda arterial qon gazlari o‘zgarmasligi mumkin. Nafas yetishmovchiligining klinik ko‘rinishi asosiy kasallik yoki gipoksiya va giperkapniya belgilaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Surunkali nafas yetishmovchiligi

Belgilar sekin-asta ko‘payib borishi, ba’zan surunkali asab-mushak yoki o‘pka kasalligi sababli tashqi nafasning ikki funksiyasi — ventilyatsiya va o‘pka ichi gazlar almashinuvining buzilishi natijasida nafas yetishmovchiligining quyidagi shakllari rivojlanadi:

Gipoksemik nafas yetishmovchiligi

Sabablari:

  • O‘pka kasalliklari;
  • kislorod yetkazib berishning kamayishi, yurak qon otib berishining kamayishi;
  • o‘pkadan tashqari kasalliklar — kamqonlik, is gazi, sianidlar bilan zaharlanish, sepsis.

Belgilari:

  • Ozib ketish;
  • chap qorincha yetishmovchiligi;
  • o‘pka gipertenziyasi;
  • sianoz;
  • eritrotsitoz.

Giperkapnik nafas yetishmovchiligi

Sabablari:

  • Markaziy nerv tizimining o‘tkir kasalliklari;
  • surunkali markaziy gipoventilyatsiya, masalan, gipotireoz, uyqudagi apnoe;
  • toksinlar — botulizm, qoqshol, zaharli hayvonlar chaqishi;
  • asab-mushak kasalliklari — miasteniya, miopatiyalar, polimiozit va boshqalar.

Bunda ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, arterial qon gazlari, puls-oksimetriya, EKG, nurli tashxislash, somnografiya, kompyuterli tomografiyasi kabi tekshiruvlar amalga oshiriladi.

Nafas yetishmovchiligini davolash maqsadida bemorda kislorodoterapiya, O‘SOK qo‘zg‘alishini davolash, o‘pkani noinvaziv sun’iy ventilyatsiyasini o‘tkazish kabi amaliyotlar bajariladi.

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Pulmoksoldir.

Pulmoksol bu – 30 mg/5 ml 150 ml sirop va bolalar uchun 15 mg/5 ml 150 ml sirop (o’lchov stakani bilan birgalikda)

Har 5 ml sirop tarkibi:

Faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, sorbitol (70%), qulupnay essensiyasi, deionizatsiya qilingan suv.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yotoq yara

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/pulmoksol

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Rinoksil, Suprima bronxo, Ambroksol, Linkas va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.