Musiqa tinglab ishlash zararmi?

Bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar dars qilishni musiqa tinglash barobarida amalga oshirishga o‘rgangan. Musiqa eshitib ishlash bizga tanish bo‘lib qolgan manzara bo‘lsa-da, uning aqliy faoliyatga qanday ta’sir qilishi haqida har bir kishi o‘ylab qolishi tabiiy.

Olimlar musiqaning ruhiy tushkunlik va xavotirni kamaytirishini allaqachon isbotlashgan. Bundan tashqari, musiqa kayfiyatni ko‘taradi va miyaning bilish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Ammo, mutaxassislar haligacha biz musiqani qay holatda eshitishimizga yetarlicha e’tibor bermagan.

Agar odam aqliy ish bilan shug‘ullanayotgan paytida sevimli musiqasini eshitsa, bu miya ishiga hech qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb yozadi Amerikaning “Applied Cognitive Psychology” jurnali.

Nevrologlar esa musiqaning miya faoliyatiga qanday ta’sir qilishini tekshirish uchun test o‘tkazishdi.

Bir guruh ko‘ngillilarga ma’lum tartibda joylashgan 8 ta undosh harflarni yodlash vazifasi topshirildi. Tajriba chog‘ida ba’zan sokin va ishtirokchilar uchun sevimli taronalar, ba’zan ularga yoqmaydigan taronalar yangradi.

Tajriba yakunida ma’lum bo‘lishicha, fon musiqasi aqliy qobiliyatga umuman yordam bermaydi. Testning eng yaxshi natijalari esa, qatnashchilar topshiriqni jimjitlikda bajargan vaqtida olingan. Xulosa shuki, aqliy mehnat davomida musiqa tinglash, u xoh yoqimli bo‘lsin, xoh yoqimsiz, miyadagi turli jarayonlarga xalaqit beradi.

Mutaxassislarning fikricha, fonda yangrayotgan musiqa miyadan bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishni talab qiladi: ham muammoga e’tibor qaratish, ham tovushli axborotni qayta ishlash. Bu esa bilish funksiyalarining samaradorligini sezilarli ravishda kamaytiradi.

Shunday ekan, agar mehnatingiz zoye ketmasligini va yaxshi sifatda bo‘lishini istasangiz aqliy mehnatni musiqa bilan birga bajarmaslik tavsiya etiladi.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*