Men har yili to’rt marta yetti-o’n kundan och yuraman ( 10-qism )

Men o‘zimning ochlik bilan davolash dasturimga ishonaman. Menda, bizning oilamizda, do‘stlarimda va dunyoning turli chekkalaridagi shogirdlarim xayotida dasturimning samarali ekani isbotlandi. Mening dasturim xaftasiga bir martadan tashqari yiliga to‘rt marta katta muddat och yurishni o‘z ichiga oladi.
Yilning boshida yetti-o‘n kunlik ochlikning menga qulay bo‘lgan vaqtlarini belgilayman. Nima uchun men yetti-o‘n kun deyapman? Ayrim vaqtlarda yetti kungina och yurishimning sababi shundaki, ana shu muddatda tanam to‘liq tozalanganini sezaman.
Ochlik bilan juda ko‘p yillardan beri shug‘ullanaman va shuning uchun xam tanamga uning ta’sirini juda nozik xis qilaman. Qandaydir bir ichki ovoz ochlikni tugatish kerakligini aytadi.
Shunday qilib, ochlikni men yanvarning boshiga belgilayman. Bir xil vaqtlarda u 7, 8, 9 yoki 10 kun davom etadi, keyingi och yurishim erta ko‘klamga to‘g‘ri keladi va doimo 10 kun davom etadi, chunki kishdan keyin o‘z uyimni chinniday tozalashim kerak. Ayrim vaqtlarda xavosi aynigan auditoriya va zallarda ma’ruza o‘qishimga to‘g‘ri keladi. Afsuski, ko‘pchilik xavosi toza, salqin va shamollatilgan joyda o‘tira olmaydi. Shuning uchun xam xozirgi tamaddunli zamona bolalariga ma’qul bo‘lgan bunday dim xonalarda o‘zimga zarar bo‘lsa-da ma’ruza o‘qishga majbur bulaman.

Olloh o‘z yaratiqlariga nur va havo berdi,
Osmon tagida suv berdi,Ammo odamlar
dim gorlarga bekinib olib
O‘zlarini halok etadilar.
Oliver Uendell Xolms

Mening kuzatishimcha, ochlik tanani shu darajada tozalab va uning barcha tizimini faollashtirib yuborganligidan badandagi termoregulyator tizimi nixoyatda samarali ishlay boshlaydi. Masalan, yanvarda kunduzi 27, kechasi 16 daraja issik bo‘lgan Kaliforniyadagi uyimdan samolyotda 25-35 darajada sovuq bo‘lgan O‘rta G‘arbda joylashgan Minnesota shtatidagi Minneapolis shaxriga yoki Kanadaning Toroncho shaxriga borishim mumkin. Muntazam ochlanish va to‘g‘ri ovqatlanishim tufayli havoning bunday keskin o‘zgarishi va qattiq sovuqlarga mening organizmim tez moslasha oladi. Noqulay ob-xavo sharoitlariga, ayrim vaqtlarda, shu yerning maxalliy xalqidan xam bardoshliroq bo‘laman.
Ochlik tufayli tanadan toksin moddalarni xaydash va xayotiy quvvatni tiklash bilan iqlim sharoitiga yengil moslashish badanning ochlik tufayli namoyon etgan mo‘’jizalaridan biridir. Avval aytganimdek, ayrim vaqtlarda shunday sovuq iqlimli joylarda ma’ruza o‘qish uchun mo‘ljallangan auditoriyalar keragidan ortiq isitilgan va shamollatilmagan bo‘ladi. Xavosi tinglovchilar nafasi tufayli karbonat angidrid gazi bilan to‘lgan bo‘ladi. Menga mana nima uchun ko‘klamgi 10 kunlik ochlik zarur. O‘ch kun davomida tanamni qish davrida to‘planib qolgan toksin va zararli moddalardan tozalayman.
Uchinchi ochlanish davrim yoz o‘rtalari iyul yoki avgust oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Yoz kunlari to‘g‘ridan to‘g‘ri paykallardan keltirilgan sabzavot va mevalarni ko‘plab yeganim uchun xam ochlik juda yengil o‘tadi. Boshqa barcha ochliklarimga nisbatan bunisidan ko‘proq xuzurlanaman. Bu davrda odatdagidek aqlan va jismonan faollikda bo‘laman.
Mening kuzgi ochligim oktyabr yoki noyabrnnng oxiriga to‘g‘ri keladi. Yuqorida aytganimdek, ochliklardan samara ko‘paya boradi. Bir yilda jami 75 kun och yurib, ovqatni hazm qilish tizimimga qanday katta fiziologik dam berayotganimni tasavvur qiling. Buyrak, o‘t pufagi va garmonal tizim dam oladi. Oshqozon tagi beziga berilgan fiziologik xordiq tufayli uning insulin ajratishi yanada yaxshilanadi. Bu oshqozonga xam taalluqli bo‘lib, ochlikdan so‘ng ovqatni hazm qilishga yordam beradigan shiralarni ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak ko‘proq paydo bo‘ladi. Og‘izda totli ta’mni sezasiz va nafas olishingiz tozaroq bo‘ladi. Qancha ko‘p och yursangiz, sizdan shunchalik kam xid chiqadi.

Ta’m  va hid haqida.

Bir necha yil oldin Nyu-Yorkdan Kaliforniyaga kelgan kishining ochlik dasturini kuzatdim. Undan daxshatli qo‘lansa xid kelar, ayniqsa oyoq, qo‘l, xatto olaqon ichidan chiqayotgan sassiqqa chidab bo‘lmasdi. Bu qo‘lansa xidning sababi u kishining uzoq vaqt yuvinmaganligida emas. U bir kunda 3-4 marta issiq vannaga tushar, dezodorantlarning barcha turidan foydalanar, lekin bu daxshatli qulansa xiddan xalos bo‘la olmagan ekan. U o‘zining odamlarga qo‘shilolmaydigan raddi ma’raka ekanidan asabiy holatga tushib qolgan edi. Buning ustiga u galitoz kasaliga xam mubtalo edi va u nafas chiqargandagi qo‘lansa xid xo‘kizni xam o‘ldirsa ajab emas. U foydalangan og‘iz chayqashlar, yalpizli tabletkalar, rezina saqichlarning birontasi natija bermadi.
Ochlik oldidan bu odam bilan suxbatlashib bildimki, u chog‘i kelmaydigan ish bilan shug‘ullanganidan, oiladagi qiyinchilik va moliyaviy yetishmovchiliklardan xoldan toygan. Agarda inson qattiq charchab, asosiy quvvatni sarflab qo‘ysa va xayotiy kuchini yo‘qotsa, ajratish muchalari o‘z ishini samarali bajara olmaydi.
Unga o‘zini bu xolatga keltirish uchun bir necha yillar sarflaganini va ochlik xamda sog‘lom xayot tarzi yordamida axvolni o‘nglash uchun ham vaqt kerakligini aytdim. U ziyoli va mantiqli fikr yuritadigan odam bo‘lib, mendan o‘zidagi tozalanish jarayonini nazorat qilishimni so‘radi. Biz 36 soatlik ochlikdan ish boshladik. Ochliklar oralig‘ida uning og‘ir va go‘sht va tozalangan uglevod bilan tiqishtirilgan ratsioniga yangi meva va sabzavotlarni kun sayin ko‘paytirib boraverdim. Menimcha, noto‘g‘ri ovqatlaniщdan tabiiy yemakka o‘rganish o‘rtasida o‘tish davri bo‘lmog‘i lozim. Inson tanasini yomon odatlarni tezda o‘zgartirishga majbur etib bo‘lmaydi. Bunday o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan amalga oshirilmog‘i lozim. U ilgari kuniga uch maxal go‘shtli ovqatlar iste’mol qilgan bo‘lsa, endi bir maxal yer edi. Oq nonni qoq non bilan almashtirdi.
Bir qancha vaqtdan keyin men uni yetti kunlik ochlikka o‘tkazdim. Birinchi uch kun og‘ir kechdi, chunki organizm to‘planib qolgan zaxarli moddalardan faol tozalanmoqda edi. To‘rtinchi kun qayd qilgisi kelib yurdi. Beshinchi kun uning badaniga qizamiq toshdi. Uning nafasi va badanidan chiqayotgan qo‘lansa xidga chidab bo‘lmasdi. Xar-xar zamonda uning yoniga borish uchun protivogaz kiysammi deb ham o‘ylardim. Har kuni ertalab uning peshobini taxlil uchun olib qo‘yardim. Tegishli yozuvni qilib, og‘zini yaxshilab berkitib, sovutish va tindirish uchun salqin joyga qo‘yardim. Bir necha xaftadan keyin shunday qora, bo‘tana peshob inson tanasidan chiqqaniga ishonging kelmaydi.
Shu ochlanishdan keyin notabiiy ovqatlarning yana bir qismini olib tashlab, o‘rniga yangi sabzavot va mevalarni qo‘shdim va yana bir necha kundan keyin 10 kunlik ochlik tayin qildim. Bu safargi ochlik ancha yengil kechdi, lekin toksinlar haliyam ajralib chiqayotgan edi. Bular latent, ya’ni yashirin, bilinmaydigan zaxarlar bo‘lib, tana xujayralariga o‘rnashib oladilar. Ko‘p ko‘ngilsizliklar olib kelishi mumkin bo‘lgan bu to‘plangan o‘lik materiallarni joyidan siljitish uchun katta ochlanish dasturi va ishqorli ovqatlar lozim bo‘ladi. Masalan, suhbat va ma’ruzalarimda menga shunday deyishadi. “Mister Bregg, sizning nazariyalaringizni juda xurmat qilaman, lekin sog‘lom insonman. Ko‘nglim tusagan narsani yeyman, kofeni xoxlaganimcha ichaman, normal kishidek ovqatlanaman”. Ular sog‘lom va kuchli ekanliklarini isbotlashga urinadilar. Lekin men ulardan ko‘prok bilaman. Ularning to‘qimalariga zaharlar to‘planayotganligini va bir kuni nazoratdan chiqib ketishi mumkinligini men bilaman. O‘shanda odam olib ketadigan kasal yo‘liqadi.
Xa, ko‘pchilik mustahkam salomatlikni ajdodlardan merosga oladi. Ular ko‘pincha tabiat qonunlarini masxara qilib kulishadi va bu qonunlarning bizga aloqasi yo‘q deb o‘ylab ham qo‘yadilar. Lekin to‘lov kuni, albatta, bo‘ladi. Bu kun tabiat organizmdan zararli narsalarni chiqarib tashlay boshlanganda keladi. Tabiatan sog‘lom bo‘lgan xohlagancha ichib-yeyishlari, chekishlari, bir kunda ozgina uxlab 18 soatlab ishlashlari mumkin bo‘lgan bunday kishilarning ko‘pini ko‘rganman. Keyin dard ularni shunday buraydiki, hatto kasalxonaga jo‘natishga to‘g‘ri keladi. Ularning og‘riq zo‘rligidan buklanib qolganliklarini ko‘rib, ko‘zimga achchiq yosh kelgan holatlar bo‘lgan. Bunday baquvvat kishilarni bevaqt o‘lim kutayotganini achchiq bo‘lsa-da, aytishim kerak. Men buni aniq bilaman.
Bularning barchasini tushungan holda Nyu-Yorklik mijozim bilan juda extiyotlik bilan munosobatda bo‘ldim. U o‘zining dasturiga qat’iyat va bardosh bilan amal qilardi. Uning o‘jar dushmanlarini yengish uchun deyarli bir yil davomida davriy-davriy ochlik va tabiiy xayot tarzi kerak bo‘ldi. Xozir bu odam toza va sog‘lom nafas oladi. Badanidan daxshatli hid tarqamaydi. U butunlay boshqa kishiga aylanib qolli. U o‘zining organizmi ichidagi dushmanni nafaqat yengdi, balki 20 yoshga yashardi ham. Xozir u yosh ko‘rinadigan baquvvat yoqimtoy odam bo‘lib qolgan. U endi ancha xotirjam va bosiq kishiga aylangan.
Ko‘pchilik biron ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lishini kutadilar va shundan keyingina xarakatga tushadilar.
Lekin kasallikning oldini misqollab olish, qadoqlab davolanishdan afzalligini men bilaman.
Siz, shu kitobni o‘qiyotganlar, tabiat detoksikatsiya jarayoni bilan zarba berganga qadar kutib o‘tirmasligingiz lozim. Tanaga jismoniy xordiq berish yo‘li bilan o‘zini o‘zi tozalash uchun imkoniyat yaratish aqlan va mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. To‘plangan zaxarlardan xalos bo‘lish uchun tanangizga imkon bering. Axir, xozirgi murakkab tamaddun ustimizga ko‘plab zaxarli moddalarni ag‘darmoqda.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishini tayyorlagan Islom.uz mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*