5
(1)

Mastoidit – chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. So‘rg‘ichsimon o‘simta  quloq suprasi pastki qismining orqasida joylashgan suyak hisoblanadi. Bu yallig‘lanishning xavflilik jihati shundaki, miya bilan bu o‘simtani yupqa suyak plastinkagina ajratib turadi. Ya’ni yallig‘lanish bevosita bosh miyaga ta’sir etishi mumkin. Mastoidit yuzaga kelishiga ko‘ra ikki turi turi tafovut etiladi.

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika va muolajalar

  • Birlamchi mastoidit – yallig‘lanish aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtada paydo bo‘ladi;
  • Ikkilamchi mastoidit – organizmdagi boshqa yallig‘lanish kasalliklarining asoratlari sifatida yuzaga keladi.
    Mastoidit

    Mastoidit

Mastoidit kelib chiqishiga sabab sifatida quyidagi holatlarni keltirishimiz mumkin:

  • Immunitet sustligi;
  • o‘rta quloq yallig‘lanishi va uni davolamatlik;
  • chakka suyagidagi travmalar;
  • zotiljam va uni o‘z vaqtida davolatmaslik;
  • o‘pka sili;
  • surunkali tonzillit;
  • quloqda yiringli ajralmalarning chiqishiga imkon bo‘lmasdan ularning ko‘plab to‘planib qolishi;
  • hamda deyarli barcha yallig‘lanish kasalliklariga befarq bo‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rmaslik kasallikning avj olib rivojlanishiga imkon tug‘diradi.

Kasallikning ilk davrda o‘simtaning bo‘shliqlari shilliq qavat va suyak ostidan ajralgan ajralma bilan to‘la boshlaydi. Hamda bo‘shliq to‘lgach, uning devorlarida buzilishlar ro‘y beradi, bu kasallikning ikkinchi bosqichga o‘tganligidan dalolat beradi. So‘ngra miya va o‘simtani ajratib turuvchi plastinka devorlarida ham yemirilish yuzaga keladi, yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan ajralma esa bevosita miyaga ta’sir eta boshlaydi. Buning oqibatida xavfi hisoblangan ensafalit, meningit, sepsis, falajlik kabi holatlar paydo bo‘lish ehtimolligi juda yuqorilaydi. Hattoki, kasallikka umuman e’tibor qaratilasa va davolash o‘tqazib yuborilsa bemorda o‘lim holati ham yuzaga kelishi mumkin.

So‘g‘ichsimon o‘simtada yallig‘lanish kuzatilsa, bemorda turli belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Masalan,

  • eshitish qobilyatining sustlashuvi;
  • quloq hamda uning ort tarafida yoqimsiz og‘riq, ayniqsa soha bosib ko‘rilganda yaqqol seziladi;
  • so‘rg‘ichsimon o‘simtaning ust qismi qizarib, ma’lum darajada shish ham yuzaga keladi;
  • quloq suprasining shish hisobiga oldinga bukilishi yuzaga keladi. Ya’ni supra shalpanglashadi;
  • tashqi eshituv yo‘lidan yiringli ajralmalar keladi;
  • umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Gripp asoratlari xavfli

Mastoiditni davolash jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Uning hayot uchun xavfliligini hisobga olgan holda yuqoridagi belgilarni o‘zingiz yoki yaqinlaringizda sezsangiz zudlik bilan otorinolaringolog (LOR) qabuliga boring!

Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi!