4.3
(79)

Ko‘pchiligimiz ko‘zimiz nuri kamaysa, ko‘zoynak emas aksincha, linza taqishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, u ko‘zoynakga nisbatan odamning yuz tuzilishini unchalik o‘zgartirmaydi. Lekin, tanganig ikkinchi tarafi ham bor, u ham bo‘lsa, linzaning zaralaridir.

Kontakt linzalar taqish muguz pardada yara paydo bo‘lish xavfini 10 karra oshiradi, deyishmoqda amerikalik mutaxassislar.

Shifokorlar linzadan foydalanuvchilar orasida zamburug‘ kasalliklari va muguz parda yarasi ko‘p uchrayotganidan tashvishlanishmoqda. Ularning aytishicha, bu kasalliklar yumshoq kontakt linzalar ishlatuvchilar orasida uchrayapti. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik linzalarni haftalab, hatto oylab yechmaydi va ko‘zlar ham dam olishi kerakligini unutadi. Natijada zamburug‘ paydo bo‘lib, ko‘zning muguz pardasini zararlaydi va avvaliga oddiy konyunktivitdagi kabi belgilar kelib chiqadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, agar kasallik o‘z vaqtida to‘xtatib qolinmasa, ko‘z salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, hatto ko‘rlikka sabab bo‘lishi mumkin. Muguz pardaning zamburug‘li zararlinishi tufayli ko‘z og‘riydi, achishadi, yorug‘likka sezgirlik oshadi. Kasallikning oldini olish uchun birinchi navbatda ko‘z gigiyenasi va kontakt linzadan foydalanish qoidalariga rioya qilish, infeksiyaning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan shifokorga murojaat etish lozim.