Kun bo‘yi kompyuterda ishlaydiganlar uchun amaliy maslahatlar

Bugungi kunda kompyuter bizning eng ishonchli yordamchimizga aylanib qoldi, millionlab odamlar kompyuterda ishlaydi va bir kunda 8—12 soat vaqtini uning ekrani qarshisida o‘tkazadi!

Bunday vaqt kechirish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Qattiq charchash, uyqusizlik, bosh aylanishi, yelkalar va bo‘yindagi og‘riqlar – sizga ham tanish bo‘lsa kerak, shundaymi?

Yuz berishi mumkin bo‘lgan sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning oldini olish mumkinmi? Albatta mumkin! Faqat bizning foydali maslahatlarimizga amal qilishingiz kerak bo‘ladi.

Foto: takprosto.cc

Ko‘zlaringizni ehtiyot qiling

Kompyuterda ishlash oqibatida eng avvalo ko‘zlar zararlanadi. Uzoq vaqt davomida turg‘un holatda bo‘lish natijasida ko‘z mushaklari harakatsiz qoladi, ekranga tikilib qarash bilan biz ko‘zlarni toliqtirib qo‘yamiz. Qanday qilib buning oldini olish mumkin?

Avvalo, har soatda bir marta o‘rningizdan turib, xona bo‘ylab yurishga odatlaning. Buni muntazam ravishda bajarishni unutib qo‘ymaslik uchun budilnikdan foydalaning. Shuningdek qisqa dam olish vaqtlarida deraza yoniga kelib ko‘zlaringiz uchun bir nechta mashqlar bajaring:

“Uzoq-yaqin”. Ko‘rsatkich barmog‘ingizni qarshingizga qarab uzating. 5 soniya davomida nigohingizni unga qarating, keyin esa derazadan ko‘rinib turgan uzoqdagi biron-bir narsaga o‘tkazing. Bu mashqni 4—5 marta takrorlang.

“Ko‘zlarni aylantirish”. Buning uchun ko‘z qorachig‘i yordamida “chapga–pastga–o‘ngga–yuqoriga”, keyin esa “yuqoriga–pastga”, “chapga–o‘ngga” harakatlarini amalga oshiring.

“Ko‘z yumish”. Ko‘zlaringizni qattiq qisib yuming, beshgacha sanang va oching. Mashqni 5—7 marta takrorlang.

Bu mashqlarni muntazam ravishda bajarish ko‘z mushaklarini chiniqtirishga, qon aylanishini yaxshilashga va ko‘rish a’zolarining qon bosimini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Gavdangizni asrang

Kompyuter yonida o‘tirib ishlashda eng muhim qoida shunday: “Sizga qulay bo‘lishi kerak”. Kompyuter yonida noqulay va bo‘shashgan holatda uzoq vaqt o‘tirish umurtqa bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Qanday qilib buning oldini olish mumkin?

Avvalo o‘zingiz uchun qulay ish stoli tanlang va o‘tirg‘ichning balandligini oyoqlar havoda osilib qolmaydigan, tirsaklar esa stol ustiga tiralib turadigan qilib moslang.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  "Vakuum" mashqini bajarish texnikasi

Shu bilan birgalikda har soatda umurtqa uchun qon aylanishini tiklaydigan va ish qobiliyatini oshiradigan bir nechta mashqlar bajaring.

“Tebrangich”. Bu mashqni turib ham, o‘tirib ham bajarish mumkin. Qo‘llarni oldinga uzating, panjalarni qo‘l kaftlari tashqariga qaraydigan tarzda birlashtiring. Qo‘llarni yuqoriga cho‘zing, keyin esa faqat umurtqa egiladigan qilib chapga, o‘ngga, orqaga va oldinga qarab bir-ikki marta egiling.

“Bukilishlar”. Turing, tovonlarni birlashtiring, qo‘llarni esa tushiring. Ko‘krak bilan iloji boricha oldinga qarab ko‘proq egiling, qo‘llarni esa orqaga oling. Dastlabki holatga qayting. Mashqni 5—7 marta takrorlang.

© AiF / Daryo

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close