Ko‘proq erkaklarda uchraydigan 6 kasallik

Dunyoda kasal bo‘lmaydigan insonning o‘zi yo‘q. Olimlarning fikricha, sog‘lom turmush tarziga amal qiladimi yoki yo‘q, har qanday insonning organizmida kamida ikki turdagi kasallik mavjud bo‘ladi. Biroq ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklar orasida uchraydigan kasalliklar ham bor. E’tiboringizga,  «Qalampir.uz» nashri tomonidan tayyorlangan, ular haqidagi  qisqa ma’lumotlarni  taqdim etamiz.

Saraton

Saraton kasalligi har qanday yosh va jinsdagi insonda aniqlanishi mumkin. Biroq uning ayrim turlari ko‘proq erkaklar orasida uchraydi. Jigar, qizilo‘ngach saratoni erkaklar orasida ayollarga nisbatan 2-4 marta ko‘proq uchraydi.
Bundan tashqari, saratonning faqat ayollarda uchraydigan turlari bor. Bular ko‘krak saratoni, bachadon saratoni. Shuningdek, faqat erkaklar chalinadigan saraton turlariga prostata saratoni, erkaklar jinsiy a’zosi saratoni kabilar kiradi.

Autizm

Autizm kasalligi qizlarga qaraganda o‘g‘il bolalar orasida ko‘proq uchraydi. Fanda buning aniq sababi topilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar orasida autizm kasalligi qizlarnikiga qaraganda 4-5 marta ko‘proq uchrar ekan.

Qandli diabet

Diabetologiya tadqiqoti natijalariga ko‘ra, qandli diabetning ikkinchi bosqichi ko‘proq erkaklar orasida aniqlanadi.

Alkogolizm

Tabiiyki, spirtli ichimliklarni ichish va unga ruju qo‘yish erkaklar orasida ko‘proq uchraydi. Avvallari u illat sanalardi, hozirda ichuvchilar sonining ko‘pligi sababli surunkali kasallik hisoblanadi.

Shaxsning ijtimoiy hayotda o‘zini topa olmasligi

Erkaklar orasida bu ko‘rsatkich 2 foizdan 4 foizgacha bo‘lgan miqdorni, ayollar orasida esa 0,5 foizdan 1 foizgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Olimlar ushbu holatga ham izoh topa olishmagan.

Gripp

AQSHning Jons Xopkins nomidagi universiteti qoshidagi Johns Hopkins Bloomberg School of Public Health tadqiqot markazi ayollarda bo‘ladigan estrogen garmoni “influenza A” virusiga bo‘lgan moyillikni kamaytiradi. Estrogen garmonlari erkaklar organizmida ham mavjud, ammo juda kam miqdorda. Shu sababli odatda ayollar organizmi kasallikni tezda yengib o‘tib keta oladi, erkaklar esa gripp bilan bir necha kun ko‘proq og‘rishlari kuzatilgan.