Kompyuterdan ko‘zlaringiz charchasa, ularni dam oldirishda yordam beradigan sayt ochildi

Kompyuter oldida ko‘p o‘tirganda ko‘zlar toliqishi odatiy holat. Shu bois shifokor va mutaxassislar ma’lum vaqt oralig‘ida tanaffus qilib turish va ko‘zlar uchun maxsus mashqlarni tavsiya qilishadi.

Xuddi shunday mashqlarni o‘zida jamlagan, kompyuterdan ko‘zlar toliqqanda, ularni dam oldirishda yordam beradigan sayt — Blimb.su paydo bo‘ldi.

Uning rus, ingliz va ukrain tillaridagi versiyalari mavjud bo‘lib, undagi barcha topshiriqlarni bajarish uchun 3 daqiqa-yu 25 soniya ketadi.

Doimo foydalanishingiz mumkin, ajoyib va foydali sayt! O‘zida ma’lum va mashhur «Bets» ko‘z mashqini jamlagan.

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*